FiruzaIkram.uz

FiruzaIkram.uz Ota-terapiya, Ona-terapiya, Ichki bola terapiyasi, Intensiv va boshqa kurslar muallifi

04/12/2023

Aгар аёл бирор нимани истаса, у албатта унга эришади❤️

Ва бу ерда сизда савол пайдо бўлиши мумкин, қандай қилиб? 🧐
Мисол учун, менда ҳали хоҳлаган ҳамма нарсам йўқ. Чунки бирор нарсага эга бўлиш учун бир қатор шартлар мавжуд - аввало бунга лойиқ бўлишингиз керак.

Aйтайлик, болаликда бир қизга аввал хонани тозала, кейин сенга ширинлик бераман деб айтишади. Aввал буни қил, кейин, шундан кейингина сен истаганингни оласан ва биз ҳар доим ўзимизга ёқмайдиган, хоҳламаган ишларни қилишимиз, чидашимиз ва кейингина ўзимизникини олишимиз керак эди 🫤

Натижада, бизда "ҳамма нарса биз хоҳлагандек дарҳол амалга ошмайди" - биз кутишимиз, ўз устимизда ишлашимиз, ҳаракат қилишимиз, чидашимиз керак ... деган тушунча шаклланади

❗️Кимлардир учун эса азоб чекиш жуда муҳим: ўшанда улар хоҳлаган нарсага лойиқ эканларини ҳис қиладилар. Бу кўпинча аёлнинг кўп ишлаганида, кейин кроватга йиқилиб, юраги эзилиб бақиришида намоён бўлади: “Мен бир ҳафта танаффуссиз ишладим, уйни тозаладим, овқат пиширдим, кир ювдим!
Икки соат дам олишга ҳаққим бор!”

Шу кичик ҳодисалард тасирида миямизда қандай мумкин ва қандай мумкин эмаслиги ҳақидаги занжир ҳосил бўлади.

Шунинг учун ҳар бир аёл ҳам қанчалик истамасин ўз орзусидаги эркак билан яшашга тайёр бўлмаганидек, мўл-кўлчилик ва фаровонликда яшашга ҳам тайёр эмас.

Ва ўзингиздан, эрингиздан, дунёдан хафа бўлишдан олдин, ўз ички дунёингизга назар ташланг - ривожланиш жараёнида қандай сценарийлар сизда шакланган.

Қанчалик кўп ўзингизни чеклайсиз ва эришмоқчи ёки қилмоқчи бўлган амалларингизга рухсат бермайсиз?

04/12/2023

TEST JAVOBLARI 👇🏻

1️⃣ Tog' - bu hayotingizdagi Ota timsoli. Tog' sizning erkaklik shaxsingizni ham aks ettiradi. Toqqa chiqish qanchalik qiyin boʻldi? Tog' izlanishlaringizga to'sqinlik qildimi yoki aksincha, yordam berdimi? Tog' sizga nisbatan qanchalik qattiq qoʻl yoki mehribon edi? Bu hammasi otalar va sizning erkaklik shaxsingizga haqida

2️⃣ Siz izlayotgan tosh - bu siz psixologik etuklik yo'lida kashf qilishingiz kerak boʻlgan kuchli tomonlaringiz. Ular hozircha yashiringan ☝🏻

Toshning qiymati va og'irligi oʻz qadringizni his qilishni anglatadi 💎

Toshni topish istagining kuchi esa o'z salohiyatingizni ochish ehtimolini aks ettiradi

3️⃣ Birinchi marta tosh t**a olmaganingizda sizni hatti-harakatingiz hayotdagi qiyinchiliklarga bo'lgan munosabatingiz va ularni hal qilish uslubingizni aks ettiradi.

O'z izlanishlarida ehtiros va qat'iyat ko'rsatgan odamlar hayotdagi maqsadlariga erishishda xuddi shunday qat'iylikni ko'rsatadilar.

Taslim bo'lganlar .. haqiqatda qiyinchiliklarga dosh bera olmaydilar

4️⃣ Tog' bilan xayrlashayotganda aytilgan so'zlar, otaga aytmoqchi bo'lgan, lekin aytishga imkoni bo'lmagan so'zlardir.

Tog'ning javobi esa - otangizning his-tuyg'ulari haqidagi fikringiz. Yoki undan kutgan, ammo hech qachon esh*tmagan xabaringiz...

Izohlarda oʻz natijalaringiz bilan oʻrtoqlashing, ular test ko'rsatkichlari bilan mos keldimi?

04/12/2023

Barcha manbalaringiz qayerga yo'naltirilganligini bilasizmi?

• hayolingizda hali sodir bo'lmagan vaziyatlar haqida soatlab o'ylaganingizda - siz kelajakdasiz;
• agar siz odamlarni xatti-harakatlarini qoralashga vaqt sarflayotgan boʻlsangiz - siz o'tmishdasiz.

Va bu, hozirgi paytda sizda baxtli hayotni amalga oshirish uchun hech qanday manba yo'qligini anglatadi.

Butun kuchingizni kimga yoki nimaga sarflayapsiz?

04/12/2023

Sizning energiya darajangiz, siz kun davomida qanday ruhiy holatlarda bo’lishingizga bog’liq.

Siz pul topishingiz va ish samaradorligingiz kursatkichi esa shu ruhiy energiyangizga bog’liqdir.

Inson o’zidagi ruhiy energiyani ko’pincha irodasining kuchsizligiga, ishga qiziqishi yo’qligiga, qilayotgan ishiga diqqat e’tiborini qaratolmaganiga va boshqa har xil narsalarni sabab qiladi.
Ayrimlar esa, atrofidagi “quvvat tortib oluvchi- vampir” lar, ya’ni boshliq, hamkasblar, injiq mijozlar, erkatoy farzandlari yoki talabchan ota- onalarini sabab qilishadi.
Lekin buni sababi butunlay boshqa….
Inson ruhiy quvvatsizligining asosiy sababi, ongsiz ravishda paydo bo’luvchi odatiy his tuyg’ulardir. Ya’ni: kimdurdan hafalik, g’azab, hasad, qoralash, o’zini boshqalar bilan solishtirish, uyat va boshqalar…..

Hissiy quvvatsizlikni qanday yengish mumkunligi haqida storis orqali gapirib boraman va texnikalar bilan bo’lishaman❤️‍🔥

Address

Узбекистан
Узбекистан

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when FiruzaIkram.uz posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Share

Share on Facebook Share on Twitter Share on LinkedIn
Share on Pinterest Share on Reddit Share via Email
Share on WhatsApp Share on Instagram Share on Telegram

Category