23/02/2026
" U*I ga borgandim homila yuragi soğlom deyishgandi. Tuġilganda tekshirishsa yuragida porogi (nuqsoni) bor ekan"
🤔 Savol : Qanday qilib homiladorlik vaqtida soġlom deyilgan yurak keyin nuqsonli bòlib qoldi?
Demak skrining xato kòrgan.🙅❌
Bunday xulosa chiqarishga shoshilmang.
Sababi yurak poroklari (nuqsonlari) aniqlanish vaqtiga qarab 2 xil bòladi.
1⃣ Homiladorlik vaqtida aniqlanadigan poroklar.
2⃣ Tuğilgandan keyin aniqlanadigan poroklar.
🔴 Homila davrida yurakda va undan chiquvchi 2ta asosiy tomir (aorta va òpka arteriyasi) orasida 1ta teshik va yopilib ketishi kerak bòlgan tomir bòladi. Bu ikkalasi homilada bòlishi norma. Ya'ni shu ikkalasi bòlmasa homila ona qornida nobud bòladi. Tuğilganda esa bular yopilib bitib ketishi kerak.
🔴 Tuğilgandan keyin ham bitmay qolishi yoki razmerlari me'yoridan katta bòlishi bu nuqson hisoblanadi.
Asosiy sabab mana shu ✅.
Mavzu bòyicha qòshimcha savol bòlsa yozib qoldiring.