Respublika tez tibbiy yordam markazi Farg'ona viloyati filiali

Respublika tez tibbiy yordam markazi Farg'ona viloyati filiali O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-283-sonli Qarori asosida tashkil etilgan.

02/03/2026
27/02/2026

🔴Yangiliklar
27.02.2026

Respublika tez tibbiy yordam markazi Farg‘ona filialining o‘quv-simulyatsion markazida mutaxassislar bilimlarini oshirib bormoqdalar.

TEZ TIBBIY YORDAM XODIMLARI UCHUN MALAKA OSHIRISH O‘QUV SEMINARI TASHKIL ETILDITibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini ...
17/02/2026

TEZ TIBBIY YORDAM XODIMLARI UCHUN MALAKA OSHIRISH O‘QUV SEMINARI TASHKIL ETILDI

Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi professori, t.f.d. Elbek Mirshovkatovich Mirdjuraev tomonidan Respublika tez tibbiy yordam markazi Farg‘ona viloyati filiali xodimlari uchun malaka oshirish o‘quv seminari tashkil etildi.

Mazkur o‘quv seminari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 20-yanvardagi PQ-20-sonli “O‘tkir yurak-qon tomir va serebrovaskulyar kasalliklarning oldini olish chora-tadbirlarini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash doirasida o‘tkazildi.

Qarorning IV bo‘limiga muvofiq, viloyat darajasidagi tibbiyot muassasalari mutaxassislarini o‘tkir yurak-qon tomir va serebrovaskulyar kasalliklarni zamonaviy usullarda tashxislash, shoshilinch holatlarda jarrohlik amaliyotlarini o‘tkazish, samarali davolash hamda erta reabilitatsiya qilish bo‘yicha qisqa va uzoq muddatli malaka oshirish kurslarida o‘qitish belgilangan.

Seminar davomida tez tibbiy yordam xizmati shifokorlari va feldsherlari faol ishtirok etdilar. Mashg‘ulotlar jarayonida zamonaviy diagnostika usullari, klinik algoritmlar hamda shoshilinch holatlarda to‘g‘ri va tezkor tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar mustahkamlandi.

Ushbu o‘quv seminar tibbiyot xodimlarining kasbiy salohiyatini oshirish, shuningdek, aholiga ko‘rsatilayotgan shoshilinch tibbiy yordam sifati va samaradorligini yanada yaxshilashga xizmat qiladi.

04/02/2026

Respublika tez tibbiy yordam markazi - islohotlar makoni!

16/01/2026
09/01/2026

Address

Tabobat 24-uy
Farg`ona
150100

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Respublika tez tibbiy yordam markazi Farg'ona viloyati filiali posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The Practice

Send a message to Respublika tez tibbiy yordam markazi Farg'ona viloyati filiali:

Share