26/02/2024
❇️ QO‘ZIQORINDAN ZAHARLANISHNING OLDINI OLING!
⚠️ Bahor faslida yog‘ingarchilik ko‘p bo‘lishi zamburug‘lar, sodda qilib aytganda "qo‘ziqorinlar" ko‘payishiga olib keladi. Tabiatda qo‘ziqorinlar iste’molga yaroqli va yaroqsiz turlarga bo‘linadi. Yer yuzida qo‘ziqorinlarning 100 000 dan ortiq turlari mavjud bo‘lib, O‘zbekiston hududida ularning 300 dan ziyod turi mavjud. Biroq shulardan atiga 25 turigina iste’mol uchun yaroqli hisoblanadi. Iste’mol uchun yaroqli qo‘ziqorinlar mikroelementlar, oqsil, C va V guruhlariga mansub vitaminlarga juda boydir.
🔴 Yeyiladigan qo‘ziqorinlar turlariga: plastinkali, shampinon, volnushka, gruzdi, svinuka, lisinka, sroyejkalar, yeyilmaydigan zaharli qo‘ziqorinlar turlariga: oq paganka, qizil va kulrang muxomor, chortov qo‘ziqorinlari kiradi.
‼️ Shunisi xavfliki, ayrim qo‘ziqorinlarni tatib ko‘rganda ham zaharlanish sodir bo‘lishi mumkin. Qo‘ziqorindan zaharlanish ham huddi ovqatdan zaharlanish kabi oddiy kechadi. Zaharli qo‘ziqorinni bilmay iste’mol qilgan kishilar 6-12 soat vaqt o‘tganidan so‘ng ko‘ngli aynib, tez-tez qayt qiladi. Oshqozon-ichak faoliyati buzilib, qorinda og‘riq paydo bo‘ladi va butun a’zoyi badani bo‘shashib ketadi.
🫀Agar o‘z vaqtida tibbiy yordam ko‘rsatilmasa oqibati hunuk bo‘lishi ehtimoldan holi emas. Uning zahari avvalo insoning asab tizimlarini, oshqozon-ichak yo‘llari, yurak-qon tomirlari, harakat a’zolarini zararlaydi.
🥘 Qo‘ziqorindan zaharlanish yaxshi tayyorlanmagan yoki eskirib qolgan qo‘ziqorinlarni iste’mol qilish natijasida kelib chiqadi. Shuningdek, qo‘ziqorin ikrasi va qiymasini tayyorlashda sanitariya talablariga rioya qilinmasa, zaharlanish kuzatiladi. Madaniy sharoitda yetishtirilayotgan qo‘ziqorinlar va ulardan tayyorlangan konserva mahsulotlariga sanitariya-epidemiologiya xizmatining laboratoriyalarida tahlil qilinib, inson sog‘ligi uchun zararsiz, deb topilgan taqdirda gigiyenik sertifikat beriladi. Ana shunday qo‘ziqorinlar va ulardan tayyorlangan mahsulotlarni savdo shoxobchalaridan xarid qilish hech qanday xavf tug‘dirmaydi.
🆘 Qo‘ziqorindan zaharlanish alomatlari vujudga kelgan taqdirda bemorga 1-2 litr osh tuzi eritmali iliq suv ichirilib, sun’iy qayt qildiriladi, me’dasi yuviladi. Agar me’da yuvilib, undagi zaharli moddalardan xalos etilmasa, ular qonga so‘riladi va zaharlanish yanada og‘irlashadi. Qo‘ziqorindan zaharlanishning dastlabki belgilaridayoq zudlik bilan shifokorga murojaat qilish zarur.