Said Shifo

Said Shifo ✅ Xorijiy malakali mutaxassislardan bepul konsultatsiya va Xorijda davolanish

❤️ Yurak uchun foydali mahsulotlar...🧄 Саримсоқ томирларга яхши таъсир кўрсатади ва юрак-томир касалликлари хавфини кама...
22/05/2023

❤️ Yurak uchun foydali mahsulotlar...

🧄 Саримсоқ томирларга яхши таъсир кўрсатади ва юрак-томир касалликлари хавфини камайтиради. Ҳар куни бир бўлак саримсоқ ейиш керак. Бундан аввал уни яхшилаб эзғилаб олиш лозим.

🐟Балиқ ва балиқ ёғи тромблар ҳосил бўлишига қаршилик кўрсатади, уларда сақланувчи омега-3 ёғ кислоталари юқори даражадаги антиоксидант хусусиятларга эга. Балиқни буғда ёки грилда пишириб истеъмол қилиш тавсия этилади.

🥜Ёнғоқ ва фундук омега-3 кислоталари, Е витамини, магний ва клетчаткага бой. Ҳафтада уч мартагача фундукдан 6-7 дона, ёнғоқдан эса 2-3 дона ейиш керак.

🍵Кўк чой эса антиоксидант хусусиятларга эга полифенолларга эгалиги ҳисобига юрак-томир касалликлари ривожланиши олдини олади.

📍 Наманган ш. Ғирвонсой кўча 18-уй
📌 Мўлжал: Таксопарк. 1-маршрут йўналиши

📞+998 95 307 0303
📞+998 95 308 0303
📞+998 95 309 0303

Buyrak ogʼriganda uyda davolash boʼyicha Ibn Sino quyidagilarni tavsiya qilgan:🔹 Oshqovoqdan olingan sharbat, buyrak xas...
05/05/2023

Buyrak ogʼriganda uyda davolash boʼyicha Ibn Sino quyidagilarni tavsiya qilgan:

🔹 Oshqovoqdan olingan sharbat, buyrak xastaliklariga davodir.
🔸 Zigʼir urugʼining qaynatmasini kuniga besh-olti martadan ikki hafta mobaynida ichish buyrak toshlariga davodir.
🔹 Kuniga 7-8 g. yalpiz ezilib, shakar va asal bilan aralashtirib yeyilsa, zaiflashgan buyrakga shifo boʼladi.
🔸 Buyrak ogʼriganda har kuni bodring va tarvuz yeng. Ularda yuvish, tozalash xususiyati bor.
🔹 Yarim litrli idishga bir choy qoshiqdan qora yoki koʼk choy solinib, ustiga 25-30 dona sedana tashlanadi. Qaynoq suv quyilgach, olovda 3-4 daqiqa dam oldiriladi. Soʼng shirinlik bilan isteʼmol qilinadi. Аsal bilan ichilsa, shifobaxshligi yanda kuchayadi.

Buyrak ogʼriganini qanday bilsa boʼladi?
Buyrakning yomon ishlashi haqida koʼzlar ostidagi qora, koʼkimtir dogʼlar yoki tanadagi yoqimsiz hid, oyoqlarda holsizlik darak berishi mumkin.

Buyrak ogʼrimasin desangiz...
Buyraklar bezovta qilmasligi uchun kuniga 1,5-2 litr toza suv (yurakda muammolar boʼlmasa) ichishni kanda qilmang.
Bu buyrakning oʼz funktsiyalarini toʼlaqonli bajarishiga madad boʼladi.

❗️Yaqinlarga Ham Ulashing

📍Namangan sh. G'irvonsoy koʼcha 18-uy
📌Moʼljal: Taksopark. 1-marshrut yoʼnalishi

📞+998 95 307 0303
📞+998 95 308 0303
📞+998 95 309 0303

GASTRITGA CHALINMASLIK UCHUN MASLAHATLAR...O‘smirlar orasida gastrit xastaligining ko‘p uchrayotganligiga asosiy sabab u...
27/04/2023

GASTRITGA CHALINMASLIK UCHUN MASLAHATLAR...

O‘smirlar orasida gastrit xastaligining ko‘p uchrayotganligiga asosiy sabab ularning ovqatlanish tartibiga rioya etmasligidir. Kasallik kelib chiqishini oddiygina tushuntirish mumkin. Masalan qorin ochganda me’da shirasi ajraladi, xuddi shu vaqtda oshqozonga ovqat tushmasa, bu shira me’daning shilliq qavatini (devorini) yallig‘lantiradi.

Demak, doimiy ravishda o‘z vaqtida ovqatlanmaslik yoki quruq taomlar yeyish va ko‘pincha och yurish natijasida o‘smir gastritga chalinadi.

Asosiy maslahatlarimiz quyidagicha:
Kuniga 6-8 mahal oz-ozdan yangi pishirilgan ovqat yeb turilsa hazm a’zolari bir maromda ishlaydi, me’da shirasi faol ravishda ajraladi.

Yangi uzilgan shirin ho‘l meva va sabzavotlar, shuningdek yong‘oq, turshak va mayiz dasturxonda bo‘lishi lozim. Qisqa fursatda tayyorlanadigan yeguliklar (gamburger, chizburger, xotdog, pissa, lavash) ni biroz cheklagan ma’qul. Tibbiy ko‘rikdan o‘tmagan, ko‘cha-kuyda qo‘lda tayyorlab sotilayotgan ovqatlarni yemagan yaxshi.

Kamqonlikning oldini oling, vitaminga boy ovqatlar, xususan ko‘katlar, qatiq, suzmalar temir moddasining organizmga so‘rilishini tezlashtiradi. Ovqatlanish vaqtida choy ichmang. (Choyni ovqatlangandan ikki soat keyin ichganingiz ma’qul) Qaynagan suv yoki ma’danli gazsiz ichimliklar ovqatlanish paytida choy o‘rnini bosadi.

Yangi uzilgan oshko‘katlar va sabzavotlardan tayyorlangan salatlar, meva sharbatlari organizm quvvatini oshiradi. O‘ta issiq yoki o‘ta sovuq ovqatlarni yeyish oshqozon-ichak tizimlariga zarar keltiradi. Har kuni bir xil vaqtda ovqatlanishga odatlangan yaxshi.

📍Namangan sh. G'irvonsoy koʼcha 18-uy
📌Moʼljal: Taksopark. 1-marshrut yoʼnalishi

📞+998 95 307 0303
📞+998 95 308 0303
📞+998 95 309 0303

🦶Oyoq tomiri tortishishi: sabablar, birinchi yordam va davolashTomir tortishishining keng tarqalgan sabablaridan biri qo...
20/04/2023

🦶Oyoq tomiri tortishishi: sabablar, birinchi yordam va davolash

Tomir tortishishining keng tarqalgan sabablaridan biri qon tarkibining buzilishidir. Ushbu noqulayliklar organizmda kalsiy, magniy, kaliy va D vitamini yetishmasligi sababli rivojlanadi.

⚡️Bu element va vitaminlar organizmdagi mushaklar faolligini nazorat qiladi va asab impulslarini boshqaradi.

👩‍⚕️Tomir tortishganda birinchi yordam:
➖ Ayrim insonlar tomir tortishishini avvaldan sezadilar, siz ham shular jumlasidan bo‘lsangiz, oldindan oyog‘ingizni bo‘shashtiring.

➖ Agar og‘riqqacha yetib borsa, oyoq kaftini o‘zingizga torting, so‘ngra tortishishni bo‘shashtiring va yana torting. Tomir tortishishi chekinmas, turing va ozroq yurishga harakat qiling.

➖ Mushaklarni yengilroq uqalab ham tomir tortishini bartaraf etish mumkin. Foydasi ko‘proq bo‘lishi uchun qizdiruvchi massajdan foydalaning.

➖ Shunda ham og‘riq chekinmasa, tortishayotgan nuqtani chimchilang yoki ignani yengilgina sanching.

➖ Tomir tortishishidan qutilgandan so‘ng qon yurishini ta’minlash va og‘riq qaytarilishi xavfini kamaytirish maqsadida oyoqlarni ko‘targan holda ozroq yotish talab qilinadi.

👨‍⚕️ Yoqimsiz og‘riqlardan qutilish uchun, faqat uning sabablarini aniqlash bilangina erishish mumkin. Tomir tortishishi sizni xavotirga solayotgan bo‘lsa, shifokor maslahatiga borganingiz ma’qul.

📍Namangan sh. G'irvonsoy koʼcha 18-uy
📌Moʼljal: Taksopark. 1-marshrut yoʼnalishi

📞+998 95 307 0303
📞+998 95 308 0303
📞+998 95 309 0303

🦠 TORCH infektsiyasi nima?T.O.R.C.H. qisqartmasi. homila uchun eng xavfli infektsiyalarning birinchi harflaridan paydo b...
16/04/2023

🦠 TORCH infektsiyasi nima?

T.O.R.C.H. qisqartmasi. homila uchun eng xavfli infektsiyalarning birinchi harflaridan paydo bo'ldi:
➖ T (toksoplazmoz) - toksoplazmoz
➖ O (boshqa) - boshqa infektsiyalar (gepatit B, sifilis, xlamidiya, turli viruslar va bakteriyalar keltirib chiqaradigan boshqa infektsiyalar)
➖ R (qizilcha) - qizilcha
➖ C (sitomegali) - sitomegalovirus infektsiyasi
➖ H (herpes) - herpes I-II, II turdagi

🦠 TORCH infektsiyalari qanchalik xavfli?
Homiladorlik davrida TORCH infektsiyalari guruhining birlamchi infektsiyasi xavflidir. Ya'ni, immunitet rivojlanmagan infektsiya bilan uchrashuv. Homilador ayolda infektsiyaning mavjudligi har qanday vaqtda abortga olib kelishi mumkin. Xomilaning patologiyasini rivojlanish xavfi surunkali infektsiyaga qaraganda o'tkir infektsiya bilan yuqori ekanligini bilish ham muhimdir.

🆘 Qachon sinovdan o'tishingiz kerak?
Tekshiruv rejalashtirilgan homiladorlikdan 2-3 oy oldin va homiladorlik davrida har 2 oyda bir marta o'tkazilishi kerak. Shuningdek, homiladorlikning 16-18 xaftaligida qizilcha virusi mavjudligini tekshirish majburiydir. TORCH ni aniqlash - homiladorlikdan oldin infektsiya terapevtik yoki profilaktika choralarini o'tkazish, shuningdek, kelajakda homiladorlikdan oldin va homiladorlik paytida natijalarni solishtirish imkonini beradi.

Tadqiqotga tayyorgarlik:
➖ och qoringa qon topshirish;
➖yuz va tishlarni yuvmasdan shifoxonaga borish;
➖ tadqiqotdan oldin 3 hafta ichida antibakterial va antiviral preparatlarni qabul qilmang!

👨‍⚕️ Tadqiqot natijalarini olgandan so'ng, shifokoringiz bilan maslahatlashing.

📍Namangan sh. G'irvonsoy koʼcha 18-uy
📌Moʼljal: Taksopark. 1-marshrut yoʼnalishi

📞+998 95 307 0303
📞+998 95 308 0303
📞+998 95 309 0303

✅ Osteoxondroz — bu umurtqalarning tog’ay to’qimalarida degenerativ-distrofik o’zgarishlar tashxislanadigan kasallik bo’...
12/04/2023

✅ Osteoxondroz — bu umurtqalarning tog’ay to’qimalarida degenerativ-distrofik o’zgarishlar tashxislanadigan kasallik bo’lib, unga umurtqalararo disklarning tuzilishi va vazifalarining buzilishlari bilan kechadi. Shikastlangan to’qimalarning joylashishiga qarab, bo’yin, ko’krak va bel sohalari osteoxondroziga ajratiladi.

☝️ Osteoxondrozning rivojlanishida asosiy omili — umurtqaga tushadigan yukning notekis taqsmlanishi hisoblanadi

👇 Qo’shimcha xavf omillariga esa:

➖ Gipodinamiya (kamharakatlik)
➖ Kamharakat hayot tarzi
➖ Ortiqcha vazn
➖ Orqa, oyoq jarohatlari
➖ Yassi oyoqlik va tayanch-harakat apparatining boshqa buzilishlari
➖ Yosh o’tishi sayin umurtqa pog’onasining qon bilan ta’minlanishidagi o’zgarishlar kiradi

📍Namangan sh. G'irvonsoy koʼcha 18-uy
📌Moʼljal: Taksopark. 1-marshrut yoʼnalishi

📞+998 95 307 0303
📞+998 95 308 0303
📞+998 95 309 0303

PARAFINParafin bilan davolash - parafindan davo maqsadida foydalanish; asosan, applikatsiya, bogʻlov, vanna yoki maska h...
08/04/2023

PARAFIN

Parafin bilan davolash - parafindan davo maqsadida foydalanish; asosan, applikatsiya, bogʻlov, vanna yoki maska holida qoʻllanadi. Davo kursi 10—25 marta, k***a yoki kunora qoʻyiladi. Parafin ogʻriq qoldirish va soʻrib olish xossasiga ega, moddalar almashinuvi, qon aylanishi, toʻqimalar oziqlanishini kuchaytiradi, chandiqlanishga yoʻl qoʻymaydi.

Boʻgʻimlar, pay qini, boylam va muskullarning oʻtkir va su-runkali kasalliklarida; shikastlarda, nerv sistemasining ogʻriq bilan kechadigan kasalliklari (radikulit, ishias, nevrit, nevralgiya)sl, trofik yara, ovqat hazm qilish sistemasi kasalliklari (yara kasalligi, kolit, ga-stritda) samarali foyda beradi.

✔️ Bizning klinikamizda parafin muolajasi boshqa muolajalar bilan birgalikda kompleks tarzda olib boriladi

📍Namangan sh. G’irvonsoy koʼcha 18-uy
📌Moʼljal: Taksopark. 1-marshrut yoʼnalishi

📞+998 95 307 0303
📞+998 95 308 0303
📞+998 95 309 0303

KAMQONLIK HAQIDA!Eng keng tarqalgan anemiyaning turidan biri bu — temir moddasining tanqisligidir. Uning oziq-ovqatlarda...
05/04/2023

KAMQONLIK HAQIDA!

Eng keng tarqalgan anemiyaning turidan biri bu — temir moddasining tanqisligidir. Uning oziq-ovqatlardagi yetishmovchiligi uning organizmdagi defisitga olib keladi. Qon tizimi yetarli darajada temir moddasini qabul qilmasa, u o‘z navbatida gemoglobinning yetarli miqdorini ham ishlab chiqara olmaydi. Oqibatda esa eritrositlar unga yetarli darajada qoniqmasdan, organizm yetarli miqdorda kislorodga erishmaydi.

Anemiyada bolaning terisi rangsiz, oq bo‘lib, bolaning tirnoqlari ostida, lablari va ko‘zning shilliq qatlamining shunday rangda bo‘lishi kuzatiladi. Agarda ushbu holatda bola o‘zini toliqqan, e’tiborning susayishi, holsizlik hamda ishtahaning pasayishi qo‘shilsa albatta vrachga murojaat eting. Anemiya faqat qon taxlilidan so‘ng aniq belgilanadi. Muhim: aksariyat bolalar rangsiz yuz va toliqqan ko‘rinishda bo‘lsalar ham, kamqonlik kasalligidan aziyat chekmaydilar.

Simptomlar:
➖ Rangsiz lablar va tirnoqlar.
➖ Rangsiz ko‘zlar.
➖ Toliqish.
➖ Nafasning bo‘g‘ilishi
➖ Ishtahaning yo‘qligi
➖ Tez yurak urishi

📍Namangan sh. G’irvonsoy koʼcha 18-uy
📌Moʼljal: Taksopark. 1-marshrut yoʼnalishi

📞+998 95 307 0303
📞+998 95 308 0303
📞+998 95 309 0303

HIJAMA HAQIDA 6 TA QIZIQARLI FAKTLAR.⠀✔️ Hijama arteriyalar va kapillyarlarni tozalaydi.✔️ Tanadagi ortiqcha kislotalarn...
03/04/2023

HIJAMA HAQIDA 6 TA QIZIQARLI FAKTLAR.

✔️ Hijama arteriyalar va kapillyarlarni tozalaydi.

✔️ Tanadagi ortiqcha kislotalarni olib tashlaydi.

✔️ Immunitet tizimini mustahkamlaydi.

✔️ Ko'krag og'rig'i va nafas qisishi kasalliklariga davo bo'ladi.

✔️ Uyquni yaxshilaydi.

✔️ Ruhiy holatni normallashtiradi.

Hijama muolajasi asosan qonni ortiqcha zararli moddalar va tromblardan tozalash uchun ishlatiladi.

🏥 Klinikamizda mijozlarni organizmini tozalash maqsadida hijoma muolajasi ham qoʻllaniladi.

📍Namangan sh. G'irvonsoy koʼcha 18-uy
📌Moʼljal: Taksopark. 1-marshrut yoʼnalishi

📞+998 95 307 0303
📞+998 95 308 0303
📞+998 95 309 0303

🐝 Ari chaqtirib davolash foydalimi?— Asalarini xalq orasida qanotli farmatsevtlar, asalari yashiklari qoʻyilgan joyni es...
01/04/2023

🐝 Ari chaqtirib davolash foydalimi?

— Asalarini xalq orasida qanotli farmatsevtlar, asalari yashiklari qoʻyilgan joyni esa tabiiy dorixona deyishlari bejiz emas. Demak, ari chaqqanida 50ga yaqin turdagi mikroelementlar va oz miqdordagi zahar organizmimiz salomatligi uchun xizmat qilar ekan. Bu zahar esa mayda arteriya va qon tomirlarini kengaytiradi, inson tanasiga qon oqimining kelishi oshadi.

Ari zahri bilan davolash, yaʼni apiterapiya xalq tabobatida qadim zamonlardan beri qoʻllanib kelinadi. Apiterapiya tarkibiga asal bilan yelka va boʻgʻimlardan tuzlarni sugʻurib olish, propolisdan suv va spirt asosida tindirma (nastoyka) tayyorlash ham kiradi. Propolis va asaldan tayyorlangan aralashmani yoshi ulugʻ insonlar tanovul qilsa, organizmga quvvat baxsh etadi. Apiterapiya usulining boshqa davo vositalaridan asosiy farqi shundaki, u kompleks taʼsir qiladi. Meʼyor unutilmasa, zarracha ham salbiy taʼsir koʻrsatmaydi.

Bugunga kelib apiterapiya ham bir necha kasalliklarni davolashda samarali vosita boʻlib hisoblanmoqda. Boshqacha aytganda, asalarilar moʻʼjizaviy shifo beruvchi haqiqiy bir martalik tabiiy shprislardir. Darvoqe, hozir Yevropa mamlakatlarida ham asalariga chaqtirib davolash usuli keng qoʻllanilmoqda.

Dastlab bemor tanasining asalari zahriga sezgirligi tekshirib koʻriladi. Buning uchun 1 dona ariga chaqtirib, ignasi 10 daqiqadan soʻng olib tashlanadi. Agar allergiyaning belgilari 10-15 daqiqada paydo boʻlmasa, shundan keyin asalariga chaqtirib davolashni boshlash mumkin. Ari chaqqanidan keyin bemorning qon aylanishi va uyqusi yaxshilanadi, ogʻriq kamayadi, qon bosimi tushadi.

Qaysi bemorga qancha asalari qoʻyish kerakligini mutaxassis belgilaydi. Davolash kursi bemorning tashxisiga, holatiga va organizmning ari zahriga reaksiyasiga qarab belgilanadi. Oʻrta hisobda 10-11 kun davomida muolaja kursi davom etadi.

📍Namangan sh. G'irvonsoy koʼcha 18-uy
📌Moʼljal: Taksopark. 1-marshrut yoʼnalishi

📞+998 95 307 0303
📞+998 95 308 0303
📞+998 95 309 0303

🪡 Igna sanchib davolash, akupunktura — organizmning yumshoq toʻqimalariga maxsus ignalar kiritib davolash. Reflektor ter...
30/03/2023

🪡 Igna sanchib davolash, akupunktura — organizmning yumshoq toʻqimalariga maxsus ignalar kiritib davolash. Reflektor terapiya usullaridan biri.

Xitoy, Koreya, Yaponiya xalq tibbiyotida Igna sanchib davolash qadimdan maʼlum. Bunda gavdaning muayyan (700 ga yaqin) nuqtalariga kiritilgan ignalar nerv uchlarini taʼsirlaydi. Taʼsirlanish bosh yoki orqa miyaga, u yerdan turli aʼzolarga oʻtadi.

Periferik nerv sistemasi kasalliklari, uyqu buzilishi, moddalar almashinuvining oʻzgarishi, shikastlanish va boshqalar natijasida, paydo boʻladigan boʻgʻim va muskul kasalliklarida qoʻllaniladi. Zarurat tugʻilganda Igna sanchib davolash bilan birga dori-darmonlar ham buyuriladi.

👨‍⚕️ Muolajani shifokor tavsiyasi bilan shifokorni o'zi qo'llaydi akas holda jiddiy muammolar keltirib chiqarishi mumkin.

🏥👨‍⚕️ Klinikamizda ushbu amaliyot malakali mutaxassislar bilan birgalikda kompleks ravishda olib boriladi.

📍Namangan sh. G'irvonsoy koʼcha 18-uy
📌Moʼljal: Taksopark. 1-marshrut yoʼnalishi

📞+998 95 307 0303
📞+998 95 308 0303
📞+998 95 309 0303

Address

Наманган шахар, Ғирвонсой кўчаси 17/18-уй
Namangan
160100

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Said Shifo posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Share

Share on Facebook Share on Twitter Share on LinkedIn
Share on Pinterest Share on Reddit Share via Email
Share on WhatsApp Share on Instagram Share on Telegram