15/12/2025
🇺🇿Madhiyamiz — millat g‘ururi va qalblar sadosi
1992-yil 10-dekabr — O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi qabul qilinganligi munosabati bilan Navoiy Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida madaniy tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida Davlat madhiyasining yaratilish tarixi, uning mazmun-mohiyati hamda milliy ramz sifatidagi ahamiyati haqida ma’lumotlar berildi. Shuningdek, talaba-yoshlar tomonidan vatanparvarlik ruhidagi she’rlar, sahna ko‘rinishlari va badiiy chiqishlar namoyish etildi.
Mazkur madaniy tadbir yoshlar qalbida Vatanga muhabbat, milliy g‘urur va davlat ramzlariga hurmat tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.