dori.market

dori.market � “Беш Юлдуз ММР” га тегишли дорихоналар тармоғи рас?

Xitoy internetda salbiy kayfiyat uyg‘otuvchi kontentlarga qarshi kurash boshladiBu orqali mamlakat rahbariyati yoshlarda...
28/09/2025

Xitoy internetda salbiy kayfiyat uyg‘otuvchi kontentlarga qarshi kurash boshladi

Bu orqali mamlakat rahbariyati yoshlarda tobora kuchayib borayotgan umidsizlik va pessimistik qarashlarning keng tarqalishini to‘xtatmoqchi. Shu sabab “mehnatning foydasi yo‘q” yoki “o‘qish keraksiz” kabi qarashlar aks etgan, zo‘ravonlikka undovchi materiallar, fitna nazariyalari, yolg‘on xabarlar hamda sun’iy intellekt orqali yaratilgan tajovuzkorona tasvirlar ma’lum muddatga taqiqlanmoqda.

Яқинларга улашинг!
👉https://t.me/+qa8RU1H9-983MTEy

Gel va kukun qoldiqlari – zararli: idishlarni yaxshi chaymaslik organizmda kasallik keltirib chiqarishi mumkinBugungi k*...
25/09/2025

Gel va kukun qoldiqlari – zararli: idishlarni yaxshi chaymaslik organizmda kasallik keltirib chiqarishi mumkin

Bugungi k***a deyarli har bir xonadonda idish-tovoqlarni yuvish uchun turli xil kimyoviy vositalar – gel, kukun (poroshok) yoki kapsulalardan (idish yuvish mashinalarida) foydalaniladi. Ular yog‘larni tez yo‘qotishi, idishlarni yaltiratib qo‘yishi bilan qulay. Biroq mazkur vositalar tarkibidagi kimyoviy moddalar sog‘liq uchun xavfli bo‘lib, idishlar yaxshi chayilmaganda moddalar sirtda saqlanib qolishi va organizmga tushib, tanani zararlashi mumkin. Mutaxassislar idish-tovoqlarni kimyoviy vositalar bilan yuvayotganda diqqatli bo‘lish, ularning o‘rniga tabiiy mahsulotlardan foydalanishni tavsiya etadi.

Яқинларга улашинг!
👉https://t.me/+qa8RU1H9-983MTEy

Kuzda bolalar kasal bo‘lmasligi uchun nima qilish kerak? – mutaxassis tavsiyasiSentyabr oyi boshidan havo salqinlab, har...
22/09/2025

Kuzda bolalar kasal bo‘lmasligi uchun nima qilish kerak? – mutaxassis tavsiyasi

Sentyabr oyi boshidan havo salqinlab, harorat asta-sekin pasayadi. Bu davrda gripp va boshqa mavsumiy virusli kasalliklar xavfi ortadi. Bolalarda immunitet sustlashib, shamollash holatlari ko‘payadi. Mazkur vaziyatda organizmning ichki kurash qobiliyatini oshirib, gigiyenik qoidalarga amal qilish muhim o‘rin tutadi. Mutaxassis kuzgi mavsumiy infeksiyalardan bolalarni himoyalash bo‘yicha o‘z tavsiyalari bilan bo‘lishdi.

👉 https://kun.uz/84359107

Яқинларга улашинг!
👉https://t.me/+qa8RU1H9-983MTEy

Dunyoda bolalar va o‘smirlar orasida semizlik darajasi birinchi marta kam vaznlikdan oshib ketdi – UNICEFMa’lum qilinish...
20/09/2025

Dunyoda bolalar va o‘smirlar orasida semizlik darajasi birinchi marta kam vaznlikdan oshib ketdi – UNICEF

Ma’lum qilinishicha, butun jahon bo‘ylab 5 yoshdan 19 yoshgacha bo‘lgan har 10 nafar boladan biri, ya’ni 188 million bola va o‘smir semizlikdan aziyat chekmoqda. Bunga asosiy sabab sifatida qayta ishlangan, kaloriya miqdori yuqori va narxi nisbatan arzon bo‘lgan mahsulotlar iste’moli ko‘paygani keltirilgan.

Яқинларга улашинг!
👉https://t.me/+qa8RU1H9-983MTEy

🤕Tomoq shishini dorilarsiz davolash usullari:• Iliq suv bilan tomoq chayishTuzli suv (yarim choy qoshiq tuz + bir stakan...
11/09/2025

🤕Tomoq shishini dorilarsiz davolash usullari:

• Iliq suv bilan tomoq chayish
Tuzli suv (yarim choy qoshiq tuz + bir stakan iliq suv) tomoqdagi shishni kamaytiradi, mikroblarni yo‘qotadi. Soda qo‘shilgan iliq suv ham yallig‘lanishni yengillashtiradi.

• Ko‘proq suyuqlik ichish
Iliq choy, asal qo‘shilgan iliq suv yoki dorivor o‘simlik damlamalari (moychechak, yalpiz, zanjabil) tomoqni yumshatadi. Sovuq, gazli yoki juda issiq ichimliklardan saqlanish lozim.

• Issiq bug‘ bilan nafas olish
Bir idishda qaynagan suv bug‘iga ozgina tuz yoki dorivor o‘t (evkalipt, romashka) qo‘shib, 5–10 daqiqa nafas olish foydali. Bu nafas yo‘llarini yumshatib, shishni kamaytiradi.

• Dam olish va ovozni asrash
Ko‘p gapirmaslik, baqirmaslik va ovozga ortiqcha yuk bermaslik tomoqning tezroq tiklanishiga yordam beradi. Issiq sharflar bilan tomoqni iliq tutish ham foydali.

• Tabiiy mahsulotlardan foydalanish
Asal yallig‘lanishga qarshi, tinchlantiruvchi ta’sir ko‘rsatadi. Zanjabil tomoqni yumshatadi, mikroblarga qarshi kurashadi. Sarimsoq esa tabiiy antiseptik hisoblanadi.

• Havoni nam saqlash
Quruq havo tomoq shishini kuchaytirishi mumkin. Uydagi havoni namlab turish nafas olishni yengillashtiradi.

👨🏻‍⚕️ Agar tomoq shishi:
• 3–4 k***an ortiq davom etsa,
• Nafas olish yoki yutishda qiyinchilik tug‘dirsa;
• Isitma yoki kuchli og‘riq bilan kechsa, albatta, shifokorga murojaat qilish lozim.

Яқинларга улашинг!
👉https://t.me/+qa8RU1H9-983MTEy

📱Instagram odamlar ruhiyatini buzyapti(mi?)Mazkur platforma dunyodagi eng ommabop ijtimoiy tarmoqlardan biri. Millionlab...
10/09/2025

📱Instagram odamlar ruhiyatini buzyapti(mi?)

Mazkur platforma dunyodagi eng ommabop ijtimoiy tarmoqlardan biri. Millionlab insonlar har kuni unga video va surat joylaydi, u orqali do‘stlari va mashhurlar hayotini kuzatadi.

👩🏻‍💼 Psixolog va sotsiologlarning ta’kidlashicha, ushbu platforma ilhomlantirish bilan birga, odamlarda norozilik, o‘zidan qoniqmaslik va tushkunlik kayfiyatini ham uyg‘otmoqda.

Odatda, Instagramda foydalanuvchilar hayotidagi eng yorqin lahzalarni ko‘rsatadi: sayohatlar, ziyofatlar, qimmat buyumlar, mukammal kiyinish va latofatli ko‘rinish. Ammo bu — real hayotning to‘liq manzarasi emas.

📲Tarmoqqa kirgan odam o‘zini boshqalar bilan solishtira boshlaydi. Natijada oddiy k***alik hayot unga zerikarli va juda past darajadagidek tuyula boshlaydi. Bu jarayon psixologiyada "ijtimoiy taqqoslash" deb ataladi.

Tadqiqotchilarning tavsiyasiga ko‘ra, Instagramdagi "baxtli hayot"larning barchasi real vaziyatda ham shunday emasligini inobatga olish, ularga ishonib, turmush tarzidan norozi bo‘lmaslik kerak.

❗️Aks holda bu stress, oilaviy nizolar, turli kasalliklar va erta qarishga sabab bo‘lishi mumkin.

Яқинларга улашинг!
👉https://t.me/+qa8RU1H9-983MTEy

🏃🏻Tizza nega qirsillaydi?Zinadan tushayotganda yoki bukilib o‘tirgandan so‘ng, tizzadan qirsillagan ovoz chiqishi odamla...
08/09/2025

🏃🏻Tizza nega qirsillaydi?

Zinadan tushayotganda yoki bukilib o‘tirgandan so‘ng, tizzadan qirsillagan ovoz chiqishi odamlarda ko‘pincha xavotir uyg‘otadi. Mazkur holat turli sabablar tufayli yuzaga keladi va ularning hammasi ham kasallik alomati hisoblanmaydi.

🍬Vitamin va minerallar yetishmovchiligi
Kalsiy, D vitamini, magniy yetishmasa, suyak va bo‘g‘imlarda mustahkamlik pasayadi. Bu holat pay va boylamlarning elastikligini kamaytiradi, natijada tizzadan tovush chiqishi ortadi.

🫧 Suyuq pufakchalar
Bo‘g‘im ichidagi suyuqlikda gaz pufakchalari hosil bo‘lib, harakat paytida yorilishi natijasida tovush chiqadi. Bu mutlaqo normal jarayon hisoblanadi.

😫 Ortiqcha zo‘riqish va og‘irlik
Sportchilar yoki jismoniy mehnat bilan shug‘ullanuvchilar orasida tizzada qirsillash ko‘proq kuzatiladi. Ortiqcha vazn ham tizzaga bosimni oshirib, bo‘g‘im yuzalarining tezroq ishqalanishiga sabab bo‘ladi.

❗️Kasalliklar bilan bog‘liq sabablar
Agar qirsillash muntazam bo‘lsa va og‘riq, shish, qotish bilan birga kuzatilsa, bu quyidagi kasalliklar belgisi bo‘lishi mumkin:
- Artroz (gonartroz): bo‘g‘im xaftagining yemirilishi;
- Artrit: bo‘g‘imda yallig‘lanish.
- Tog‘ay (menisk) shikastlanishi: sport mashg'ulotlari bilan ko'p shug'ullanish yoki jarohatlar natijasi;
- Osteoxondroz: umurtqa va bo‘g‘im kasalliklari tufayli tizzaga yuk tushishi.

👩‍⚕️ Qirsillash bilan birga og‘riq, shish kuzatilsa, harakat paytida tizza “qotib qolsa” yoki “uzilib ketgandek bo‘lsa, shifokorga murojaat qilish zarur.

Яқинларга улашинг!
👉https://t.me/+qa8RU1H9-983MTEy

Telefonni hojatxonaga olib kirish gemorroy xavfini oshiradi - tadqiqotAQSh olimlari o‘tkazgan yangi izlanishga ko‘ra, un...
06/09/2025

Telefonni hojatxonaga olib kirish gemorroy xavfini oshiradi - tadqiqot

AQSh olimlari o‘tkazgan yangi izlanishga ko‘ra, unitazda smartfon “titib”, uzoq vaqt o‘tirish odati bavosil kasalligini yuzaga keltirishi ehtimoli mavjud. Negaki bunday holatda to‘g‘ri ichakdagi (orqa chiqaruvdagi) qon tomirlarga bosim kuchayadi, mazkur jarayon ko‘p takrorlansa, u yerdagi pay va to‘qimalar bo‘shashib qoladi. Oqibatda qon tomirlari shishib, tugunchalar hosil bo‘ladi. Bu kasallik xalq orasida bavosil (gemorroy) deyiladi.

Яқинларга улашинг!
👉https://t.me/+qa8RU1H9-983MTEy

💧Qaynagan yoki xom suv: qay biri foydaliroq?Xom suv tarkibida kislorod va tabiiy minerallar ko‘proq saqlanadi. Unga  “ti...
02/09/2025

💧Qaynagan yoki xom suv: qay biri foydaliroq?

Xom suv tarkibida kislorod va tabiiy minerallar ko‘proq saqlanadi. Unga “tirik suv” deb qaraladi. Ayniqsa, tog‘ yoki buloq suvlari tabiiy tozaligi bilan qadrlanadi. Ammo shahar sharoitida ichiladigan xom suv har doim ham xavfsiz emas. Chunki:

- suv quvurlaridan o‘tishda unga zang, mikroblar va kimyoviy moddalar aralashishi mumkin;
- ichak infeksiyalari, gepatit, parazitlar tarqalishi ehtimoli bbor;
- dezinfeksiya uchun qo‘shiladigan xlor moddasi ba’zida sog‘liq uchun zararli ta’sir ko‘rsatadi.

📘Shu bois, xom suvni muntazam ichish — xavfli. Lekin filtrlash, tozalash yoki ishonchli manbadan olish sharoitida u foydali bo‘lishi mumkin.

Suvni qaynatish — eng qadimiy va eng ishonchli dezinfeksiya usuli. Yuqori harorat natijasida bakteriyalar, viruslar va parazitlar nobud bo‘ladi. Shu sababli, shifokorlar bolalar va immuniteti past kishilar uchun qaynatilgan suvni tavsiya qiladi.

📉 Ammo qaynatishning ayrim salbiy tomonlari ham bor:

- kislorod bug‘lanib ketadi, suvning “tirikligi” pasayadi;
- ayrim minerallar cho‘kib qoladi;
- qaynatilgan suv uzoq turganda tezda “og‘ir”lashadi va ichishga yoqimsiz bo‘lib qoladi.

🔖Imkon bo‘lsa, sertifikatlangan buloq suvlari yoki tozalash tizimidan chiqqan ichimlik suvlarini iste'mol qilish eng yaxshi tanlov sanaladi.

Яқинларга улашинг!
👉https://t.me/+qa8RU1H9-983MTEy

😁 Tishlarning sog‘lom va yorqin bo‘lishini ta‘minlovchi 5 mahsulotChiroyli tabassum asosi – mustahkam va oppoq tishlar. ...
30/08/2025

😁 Tishlarning sog‘lom va yorqin bo‘lishini ta‘minlovchi 5 mahsulot

Chiroyli tabassum asosi – mustahkam va oppoq tishlar. To‘g‘ri gigiyena bilan birga iste’mol qilinadigan oziq-ovqat mahsulotlari ularni mustahkamlashda muhim rol o‘ynaydi. Quyida tishlaringizni sog‘lom saqlashga yordam beruvchi 5 ta foydali mahsulot haqida ma‘lumot beramiz:

🥛 Sut va sut mahsulotlari

Sut, qatiq va pishloq tarkibida kalsiy hamda fosfor ko‘p bo‘lib, ular tish emalini mustahkamlaydi. Ayniqsa, pishloq tish yuzasidagi kislotalarni neytrallashga ko‘maklashadi va kariyes xavfini kamaytiradi.

🍏 Olma

Olma tishlar uchun tabiiy “cho‘tkacha” hisoblanadi. Uni chaynash jarayonida tishlar mexanik ravishda tozalanadi, og‘iz bo‘shlig‘ida so‘lak ko‘payib, bakteriyalar kamayadi. Bundan tashqari, olma tarkibidagi vitaminlar milklarni mustahkamlaydi.

🥕Sabzi

Sabzi nafaqat ko‘zlar uchun, balki tishlar uchun ham foydali. Uni chaynash tishlarga massaj ta’sirini ko‘rsatadi, qon aylanishni yaxshilaydi. Uning tarkibidagi beta-karotin esa tish va milk to‘qimalarini mustahkamlashga yordam beradi.

🌰 Yong‘oqlar

Bodom, yong‘oq va pista kabi mahsulotlar oqsil, kalsiy, magniyga boy. Bu moddalar tish emalini mustahkamlashda, shuningdek, tishlarning yorqinligini saqlashda muhim ahamiyatga ega.

🍵 Ko‘k choy

Ko‘k choy tarkibidagi polifenollar og‘izdagi bakteriyalarni kamaytiradi, yomon hidni bartaraf etadi va tish emalini himoya qiladi. Shuningdek, u tish rangi tez sarg‘ayishining oldini oladi.

Яқинларга улашинг!
👉https://t.me/+qa8RU1H9-983MTEy

Quvvat ulashib, uyquni qochiradi, ammo sog‘liqni yemiradi: energetik ichimliklar organizmni qanday shikastlaydi?Bunday s...
27/08/2025

Quvvat ulashib, uyquni qochiradi, ammo sog‘liqni yemiradi: energetik ichimliklar organizmni qanday shikastlaydi?

Bunday suyuqliklar tarkibida yuqori miqdorda kofein va shakar mavjud. Mazkur moddalar yurak urishini tezlashtiradi, qon bosimini oshiradi hamda miyadagi nerv hujayralarini “uyg‘otib”, faollashtiradi. Quvvat ulashuvchi ichimliklarni tez-tez qabul qilish uyqusizlik, charchoq va ruhiy beqarorlikka olib keladi. Me’yordan ortiq iste’mol esa yurak ritmi buzilishi, asabiylashish va hatto hushdan ketish holatlarini yuzaga keltirishi mumkin. Mutaxassislar bunday ichimliklar organizmni vaqtincha tetiklashtirsa-da, uzoq muddatli ta’sirda sog‘liq uchun katta xavf tug‘dirishini ta’kidlaydi.

Яқинларга улашинг!
👉https://t.me/+qa8RU1H9-983MTEy

Address

Andjija
Shakhrikhan

Telephone

+998335000303

Website

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when dori.market posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The Practice

Send a message to dori.market:

Share

Share on Facebook Share on Twitter Share on LinkedIn
Share on Pinterest Share on Reddit Share via Email
Share on WhatsApp Share on Instagram Share on Telegram