Команда "Semashko"

Команда "Semashko" Contact information, map and directions, contact form, opening hours, services, ratings, photos, videos and announcements from Команда "Semashko", Cardiologist, Osiyo 4 Street, Tashkent.

Листайте карусель и загляните в комментарии для прочтения на русском языке👉Stentlash nima ekanligi va uning afzalliklari...
17/08/2022

Листайте карусель и загляните в комментарии для прочтения на русском языке👉

Stentlash nima ekanligi va uning afzalliklari haqida oldingi nashrlarimizda aytib o'tgan edik. Bugun esa operatsiyadan keyingi reabilitatsiya jarayoni haqida gaplashamiz, u nimasi bilan muhim va nimalarga e'tibor berish kerak.

Reabilitatsiya davrida siz bir necha asosiy qoidalarga amal qilish kerak:

🔻 Birinchi haftada yuklama minimal darajada bo'lishi kerak. Bu davrda hammomni qabul qilish ham taqiqlanadi, faqatgina dushni qabul qilsh mumkin.

🔻 Shifokor tomonidan buyurilgan dori-darmonlarni qabul qilish. Bunday dorivor terapiya qon bosimining ko'rsatkichlarini saqlab turishda, tromblarni shakllanishiga yo'l qo'ymaslik uchun qonni suyultirishda va aterosklerozni keltirib chiqaruvchi jarayonlarni bartaraf etishda kerak bo'ladi.

🔻Har kuni bajariluvchi mashg'ulotlar. Jismoniy faollik moddalar almashinuvi jarayonini yaxshilaydi, qon oqimini mo'tadillashtiradi, ateroskleroz o'smalarining keyingi shakllanishi ehtimolini kamaytiradi. Har bir mashqlar bemor uchun individual ravishda tanlanadi.

🔻Ovqatlanish tizimi. Xolesterin miqdorini normal chegaralarda ushlab turish juda muhim. Shu sababli, tana vaznining oshishiga yo'l qo'ymaslik maqsadida oziq-ovqatning kaloriya miqdorini sezilarli darajada kamaytirish kerak.

🔻Chekish. Qancha yil chekishingizdan qat'iy nazar, tamaki vositalarini chekishdan voz kechish kerak. Chekishni tashlab, siz miokard infarkti va yurak tomirlariga takroriy aralashuvlar xavfini sezilarli darajada kamaytirishga erishishingiz mumkin.
————
"Semashko" mutaxassislari jamoasi

🏥Manzil: Toshkent sh., Yunusobod tumani, Osiyo ko'ch., 4
☎️ +99888 844 44 00
☎️ +99899 060 09 09

05/08/2022

🫀Когда атеросклероз поражает сосуды сердца, единственным правильным решением проблемы является оперативное вмешательство.

☑️ Существуют два варианта решения проблемы - стентирование пораженного сосуда или шунтирование.

Что из себя представляют эти манипуляции и какая из них лучше расскажем в этом видео.

🇺🇿🇺🇿🇺🇿
🫀Ateroskleroz yurak tomirlariga ta'sir etgan paytda, muammoning yagona va to'g'ri yechimi — bu jarrohlikdir.

☑️ Mammolarni hal qilishning ikkita varianti mavjud bo'lib, ular: zararlangan tomirni stentlash yoki shuntlash hisoblanadi.

Ushbu manipulyatsiyalar nimani anglatishi va qaysi biri samarali ekanligi haqida ushbu video lavhada ma'lumot beramiz.
————
"Semashko" mutaxassislari jamoasi

🏥Manzil: Toshkent sh., Yunusobod tumani, Osiyo ko'ch., 4
☎️ +99888 844 44 00
☎️ +99899 060 09 09

👱‍♀️Biz o'z post-nashrlarimizda sizga BMW (bachadon miomasi embolizatsiyasi) haqida batafsil, foydali va dolzarb bo'lgan...
29/07/2022

👱‍♀️Biz o'z post-nashrlarimizda sizga BMW (bachadon miomasi embolizatsiyasi) haqida batafsil, foydali va dolzarb bo'lgan ma'lumotlarni taqdim etishga harakat qilamiz.

Albatta, barcha narsani yoritish biroz mushkul. Shuning uchun, agar sizda BME muolajasi bo'yicha mutaxassislarimizga beradigan savollaringiz bo'lsa, ularni izohlarda yozib qoldiring.📝 Biz eng ko'p beriladigan savollarni jamlaymiz va keyingi nashrlarda ular haqida mamnuniyat ila javob beramiz.

O'ylaymizki, bu ko'pchilik uchun qiziqarli bo'ladi. Agar sizga jamoamiz mutaxassislari bilan shunday muloqot qilish uslubi yoqsa, biz uni tez-tez o'tkazib turamiz.🫀
————
"Semashko" mutaxassislari jamoasi

🏥Manzil: Toshkent sh., Yunusobod tumani, Osiyo ko'ch., 4
☎️ +99888 844 44 00
☎️ +99899 060 09 09

🇷🇺🇷🇺🇷🇺

👱‍♀️В своих постах мы стараемся дать вам максимально подробную, полезную и актуальную информацию по поводу ЭМА (Эмболизация миомы матки).

Но, конечно, все объять невозможно. Поэтому, если у вас есть вопросы к нашим специалистам касательно процедуры ЭМА, пишите в комментариях.📝 Мы соберем самые часто задаваемые вопросы и ответим на них с радостью в следующей публикации.

Думаем, это многим будет интересно. Если вам понравится такой формат общения со специалистами нашей команды, то мы будем часто делать такие опросники.🫀
————
Команда специалистов "Semashko"
🏥Адрес: г. Ташкент, Юнусабадский район, ул. Осиё, 4
☎️ +99888 844 44 00
☎️ +99899 060 09 09

21/07/2022

✈️ Yurak-qon tomir tizimidagi kasalliklar, yozgi sayohatdan voz kechish va ta'tilni rejalashtirmaslik uchun yetarli sabab deb bilishadi ko'pchilik.

🌴 Agar sizda yurak-qon tomir kasalliklari mavjud bo'lsa, ta'til paytida nimalarga e'tibor qaratish kerakligi borasida kichik eslatmalarni e'tiboringizga taqdim etamiz, uni albatta saqlab qo'ying!
————
"Semashko" mutaxassislari jamoasi

🏥Manzil: Toshkent sh., Yunusobod tumani, Osiyo ko'ch., 4
☎️ +99888 844 44 00
☎️ +99899 060 09 09

🇷🇺🇷🇺🇷🇺

✈️ Многие люди уверены, что болезни сердечно-сосудистой системы — это достаточно веский повод отказаться от летних путешествий и не планировать отдых.

🌴 Сохраняйте нашу небольшую памятку о том, что важно помнить на отдыхе, если у вас есть сердечно-сосудистые заболевания!
————
Команда специалистов "Semashko"
🏥Адрес: г. Ташкент, Юнусабадский район, ул. Осиё, 4
☎️ +99888 844 44 00
☎️ +99899 060 09 09

17/07/2022

💉 Har qanday yoshda tanangizdagi xolesterin miqdorini tekshirish va bilish nima uchun muhimligini ushbu post-nashrlarimizda batafsil yoritamiz.

🫀Bugun "Semashko" jamoasi mutaxassisi xolesterin miqdorini kimlar va qanchalik tez-tez tekshirib turishi kerakligi haqida ma'lumotlarni beradi.

Agar sizga ushbu ma'lumotlar foydali bo'lgan deb hisoblasangiz, ❤️ qoldiring.
————
"Semashko" mutaxassislari jamoasi

🏥Manzil: Toshkent sh., Yunusobod tumani, Osiyo ko'ch., 4
☎️ +99888 844 44 00
☎️ +99899 060 09 09

🇷🇺🇷🇺🇷🇺

💉Мы часто в своих постах рассказываем вам, почему важно в любом возрасте проверять и знать уровень холестерина в вашем организме.

🫀Сегодня специалист команды "Semashko" поделится информацией, кому и как часто нужно проверять уровень холестерина.

Ставьте ❤️, если вам была полезна данная информация.
————
Команда специалистов "Semashko"
🏥Адрес: г. Ташкент, Юнусабадский район, ул. Осиё, 4
☎️ +99888 844 44 00
☎️ +99899 060 09 09

Листайте карусель и загляните в комментарии для прочтения на русском языке👉👩🏻‍⚕️Soatlab davom etuvchi yoki harakatlanish...
14/07/2022

Листайте карусель и загляните в комментарии для прочтения на русском языке👉

👩🏻‍⚕️Soatlab davom etuvchi yoki harakatlanishda/nafas olishda kuchayuvchi yurak sohasidagi og'riqlar, sanchiq va simillagan og'riqlar. Bu sizga tanish bo'lgan holatmi?

Bunday og'riqlar ko'p hollarda yurakka hech qanday aloqasi yo'q.

Bularning sababi, umurtqa pog'onasi (osteoxondroz), qovurg'a xondriti, o'pka mushaklarining kuchlanishi, stress, tashvish yoki qo'rquv, protruziya, umurtqalararo churraga bog'liq.

📍Osteoxondroz - umurtqa pog'onasidagi yuklamaning notekis taqsimlanishi bilan (jarohatlar, og'irliklarni ko'tarish, noto'g'ri turish) umurtqalararo disklar deformatsiga uchraydi. Ular ko'krak umurtqasidagi asab ildizlarini siqadi, yurak og'rig'iga taqlid qiladigan og'riqlarni paydo qiladi. U hafta, oylar mobaynida davom etadi, vaqti-vaqti bilan bir necha kun davomida kuchayadi.

📍Qovurg'a xondriti (Titse sindromi) - qovurg'alar va to'sh suyagini bog'lovchi qismining yallig'lanishi qayerdan paydo bo'lganligi aniq emas. U mutlaqo zararsiz. U o'z-o'zidan kelib chiqadi.

📍 Mushaklar kuchlanishi. Misol uchun, kuchli yo'tal tufayli qovurg'alararo mushak va bo'g'imlarga zarar yetkazishi yoki yallig'lanishiga olib kelishi mumkin. Bu og'riq doimiy bo'lib, harakat ortidan kuchayadi.

13/07/2022

🤔 Insult va infarkt holati faqatgina keksa yoshdagi insonlarda uchraydi deb hisoblanadi. Ammo, ushbu kasallik yoshlarda ham uchraydi. Insult holatining taxminan 10% — 45 yoshgacha bo'lgan bemorlarda uchraydi.

👆 Ushbu video lavha orqali istalgan yoshda infarkt yoki insultga duch kelishga, aynan nima sabab bo'lishi mumkinligini batafsil tushuntiramiz.
————
"Semashko" mutaxassislari jamoasi

🏥Manzil: Toshkent sh., Yunusobod tumani, Osiyo ko'ch., 4
☎️ +99888 844 44 00
☎️ +99899 060 09 09

🇷🇺🇷🇺🇷🇺

🤔 Инсульт и инфаркт принято считать заболеваниями людей старшего возраста. Однако данные заболевания встречаются и у молодых людей. Около 10% инсультов приходится на пациентов возрастом до 45 лет.

👆В этом видео расскажем вам, что может стать причиной инфаркта или инсульта в любом возрасте.
————
Команда специалистов "Semashko"
🏥Адрес: г. Ташкент, Юнусабадский район, ул. Осиё, 4
☎️ +99888 844 44 00
☎️ +99899 060 09 09

Листайте карусель и загляните в комментарии для прочтения на русском языке👉Hozirda qandli diabet (QD) kasalligi juda tez...
11/07/2022

Листайте карусель и загляните в комментарии для прочтения на русском языке👉

Hozirda qandli diabet (QD) kasalligi juda tez sur'atlarda o'sib bormoqda!
So'nggi 10 yil ichida QD bilan kasallanganlarning soni ikki baravarga oshgan.

Qandli diabet bilan og'rigan bemorlarning o'limiga, yurak va qon tomirlaridan kelib chiqadigan asoratlar sababchi bo'lmoqda, chunki qandli diabet aterosklerozga olib keladi❗️

Bundan tashqari, qandli diabet yurak mushagining tuzilishiga va koronar arteriyalarning gipertenziya yoki aterosklerozi bo'lmagan taqdirda ham uning ishiga ta'sir qiladi.

‼️ Qandli diabet paytida yurak OG'RIMASLIGI MUMKIN — shunday ekan, odam yurak xurujini o'tkazib yuborishi mumkin, chunki u buni shunchaki "sezmaydi"!

Keling, har qanday qandli diabet turida bilishingiz kerak bo'lgan asosiy parametrlarga to'xtalib o'tamiz.

✅ Qon, siydikning umumiy tahlili;
✅ Qonning biokimyoviy tekshiruvi;
✅ Lipid profili (lipidogramma);
✅ EKG;
✅ Qon bosimining (AB) nazorati.

Biz taqdim etgan ro'yxat asosiy bo'lib, shifokor sizning holatingiz xususiyatlarini hisobga olgan holda bir qator qo'shimcha tahlillardan o'tishni tavsiya qilishi mumkin.
————
"Semashko" mutaxassislari jamoasi

🏥Manzil: Toshkent sh., Yunusobod tumani, Osiyo ko'ch., 4
☎️ +99888 844 44 00
☎️ +99899 060 09 09

Yorqin quyosh ila bayram - Qurbon hayiti kuningizni yoritsin! Xomadoningizda, qalbingizda va hayotingizda quvonchli va t...
09/07/2022

Yorqin quyosh ila bayram - Qurbon hayiti kuningizni yoritsin!

Xomadoningizda, qalbingizda va hayotingizda quvonchli va tantanali lahzalar ko'p bo'lsin! Ushbu ulug' bayram, siz va yaqinlaringizga hamjihatlik, o'zaro munosabatlaringizga yorqinlik baxsh etsin. Shodiyona k***a samimiy niyatlar amalga oshib, baxt, ezgulik va sog'lik tilaklari doimo hamrohingiz bo'lsin❤️

🇷🇺🇷🇺🇷🇺

Пусть ярким солнцем взойдёт светлый праздник — Курбан Байрам!

Пусть радостно и торжественно будет в вашем доме, вашей душе и вашей жизни! Пусть этот праздник подарит вам светлые минуты радости общения с родными близкими и любимыми людьми. Пусть звучат теплые поздравления и искренние пожелания счастья, добра и здоровья❤️

Листайте карусель и загляните в комментарии для прочтения на русском языке👉KARDIOLOG HUZURIGA TASHRIF BUYURISHNING 10 TA...
06/07/2022

Листайте карусель и загляните в комментарии для прочтения на русском языке👉

KARDIOLOG HUZURIGA TASHRIF BUYURISHNING 10 TA SABABI.

Agar siz, kardiologga qachon murojaat qilish kerakligini bilmasangiz, u holda yurak xastaligi belgilari bilan tanishing.

1️⃣ Ko'krak qafasi sohasidagi og'riqlar. Ilgari, yurak faqatgina qari yoshda og'riydi, deb hisoblangan. Afsuski, bugungi k***a, hattoki ayni kuchga to'lgan davrda ham inson, stenokardiya yoki miokard infarktiga duch kelmoqda.

2️⃣ Qon bosimining yuqoriligi (QB). Bu – insult, miokard infarkti va yurak yetishmovchiligi kabi asoratlar uchun xavfli omilidir.

3️⃣ Nafas qisilishi. Jismoniy mashqlar paytida nafas qisilishi – yurak yetishmovchiligining alomatidir.

4️⃣ Oyoqlarning shishishi. Ushbu alomat ko'plab yurak kasalliklari bilan birga keladi. Shishlar asosan to'piqlarda aniq ko'rinadi.

5️⃣ Xolesterin miqdorining yuqoriligi. Yuqori xolesterin "og'ritmaydi", ammo insultga, miokard infarktiga, tana uchlaridagi arteriyalarining shikastlanishiga olib keladi.

6️⃣ Xurrak otish. Uyqu paytida nafas olishda to'xtash bilan birga xurrakni ham otasizmi? Bu yurak va qon tomirlari uchun jiddiy xavf hisoblanadi.

7️⃣ Qandli diabet. Qandli diabet bilan og'rigan bemorlarda ishemik kasalligi, (stenokardiya, miokard infarkti) ushbu kasallikka duchor bo'lmaganlarga qaraganda 4 barobar ko'proq yuz beradi.

8️⃣ Puls. Yuragingizning urish tezligini o'zingiz o'lchashingiz qiyinchilik tug'dirmaydi. Agar qon tomirlarining chastotasi daqiqasiga 100 martadan oshsa yoki daqiqasiga 50 martaga yetmasa, kardiolog huzuriga tashrif buyurishni kechiktirmaslik lozim.

9️⃣ Irsiyat. Biz qarindoshlarimizdan nafaqat jingalak sochlarni, moviy ko'zlarni, balki yurak kasalliklari, yuqori qon bosimi, xolesterinni ham meros qilib olamiz.

🔟 Yurak faoliyatidagi o'zgarishlar. Yuragingizning urishi hech qanday sababsiz ortib borayotganini yoki to'satdan to'xtab qolayotganini sezsangiz, tashrifni kechiktirmang. Ushbu holat zaiflik holati bilan ham birga kuzatilishi mumkin.
————
"Semashko" mutaxassislari jamoasi

🏥Manzil: Toshkent sh., Yunusobod tumani, Osiyo ko'ch., 4
☎️ +99888 844 44 00
☎️ +99899 060 09 09

Листайте карусель и загляните в комментарии для прочтения на русском языке👉Mikroinsult 👀⠀🧠 Miyada qon aylanishi faoliyat...
05/07/2022

Листайте карусель и загляните в комментарии для прочтения на русском языке👉

Mikroinsult 👀

🧠 Miyada qon aylanishi faoliyatining buzilishi holati mikroinsult deb ataladi.
Mikroinsult va insult o'rtasidagi asosiy farq shundaki, u juda qisqa vaqt davom etadi - bir necha daqiqadan bir kungacha. Shundan so'ng, miyaning barcha funksiyalari to'liq yoki qisman tiklana boshlaydi. Mikroinsultdan olingan jarohatlar unchalik keng ko'lamli bo'lmaganligi uchun, o'z vaqtida amalga oshirilgan davolanish choralari orqali sog'ayish va to'liq tiklanish ehtimoli oshadi.

Alomatlar:
🩸 bosh aylanadi;
🩸 nutq qiyinlashadi;
🩸 oyoq-qo'llar uvishadi.

📈Statistik ma'lumotlarga ko'ra, mikroinsultni boshdan kechirgan bemorlarning 60 foizi, ma'lum vaqtdan keyin to'liq yoki ishemik insultga duch kelishi mumkin. Shunday ekan, birinchi navbatda kasallikni o'z vaqtida aniqlash va profilaktika choralarini ko'rish juda muhimdir.

📈Mikroinsultni boshdan o'tkazish - hayot tarzingizni qayta ko'rib chiqish uchun jiddiy sababdir. Avvalo, ovqatlanish tizimini, jismoniy faoliyat, ishlash va dam olish vaqtlarini muvozanatlash kerak. Gipertoniya, qandli diabet, ateroskleroz yoki qon ivish tizimining patologiyasi kabi insultning avj olishiga sharoit yaratadigan boshqa kasalliklar mavjud holatda, albatta mutaxassisga murojaat qilish zarur.

❗️Bizning issiq iqlim sharoitimizda bosh aylanishi, ko'ngil aynishi, bosh og'rig'i, umumiy holsizlikni boshdan kechirgan insonlar, ko'pincha boshdan issiqlik o'tdi deb yanglish o'ylashadi, aslida esa bunday paytda mikroinsultni oyoqda o'tkazganligining ehtimoli katta. Jazirama ob-havo suvsizlanishga va qonning quyuqlashishiga olib keladi, oqibatda esa tromblarning yuzaga kelish ehtimoli oshadi.
————
"Semashko" mutaxassislari jamoasi

🏥Manzil: Toshkent sh., Yunusobod tumani, Osiyo ko'ch., 4
☎️ +99888 844 44 00
☎️ +99899 060 09 09

Ramazon — muqaddas oy! Allohning marhamati ulug' bo'lib, harakatlarimiz va gunohlarimizni tuzatishga kuch bersin. Xonado...
02/04/2022

Ramazon — muqaddas oy! Allohning marhamati ulug' bo'lib, harakatlarimiz va gunohlarimizni tuzatishga kuch bersin. Xonadoningiz fayzga, qalbingiz esa saxovat va mehrga to'la bo'lsin.
————
"Semashko" mutaxassislari jamoasi

🏥Manzil: Toshkent sh., Yunusobod tumani, Osiyo ko'ch., 4
☎️ +99888 844 44 00
☎️ +99899 060 09 09

🇷🇺🇷🇺🇷🇺
Рамадан — священный месяц! Пусть милость Всевышнего будет столь велика, чтобы мы смогли увидеть свои проступки и прегрешения и нашли силы исправить их. Пусть будет благословенен ваш дом, а сердце щедрым и добрым.
————
Команда специалистов "Semashko"
🏥Адрес: г. Ташкент, Юнусабадский район, ул. Осиё, 4
☎️ +99888 844 44 00
☎️ +99899 060 09 09

Address

Osiyo 4 Street
Tashkent

Telephone

+998888444400

Website

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Команда "Semashko" posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The Practice

Send a message to Команда "Semashko":

Share

Category