
26/04/2024
Ayni damda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayevning tibbiyot oliy taʼlim muassasalaridagi bitiruvchi kurs talabalari bilan uchrashuvi boshlandi.
Mazkur uchrashuvni tashkil qilishdan asosiy maqsad – Toshkent viloyati sogʻliqni saqlash tizimida malakali mutaxassislarni ko‘paytirish, tibbiyot xodimlarining salohiyatini oshirish uchun zarur shart-sharoit yaratish hamda aholini sifatli tibbiyot bilan qamrab olishdir.
Maʼlumot oʻrnida, bugungi k***a viloyatimiz sog‘liqni saqlash sohasidagi tibbiyot muassasalarida 8 873 nafar shifokor shtat
birligi mavjud bo‘lib, shundan 7 832 shtat birligida 4 732 nafar shifokor faoliyat yuritib kelmoqda. Vakant o‘rinlar soni esa 1 041 tani tashkil qiladi.
Muloqotda Zoyir Mirzayev viloyatdagi mavjud vakant lavozimlarga bitiruvchi bakalavriat talabalar, magistr va klinik ordinatorlarni shartnoma asosida ishga qabul qilish taklifini ilgari surmoqda.