doc.rahimova

doc.rahimova Ginekolog|Reproduktolog|Ona
Rahimova Feruza Ne'matjanovna
🔹️Online/offline konsultatsiya
🔹?

Bizning baxtimiz boshqalar baxti ortiga yashiringan ekan. Bu juda qiziq holat☝️O’tkazilgan tadqiqotlardan birida, insonl...
19/11/2022

Bizning baxtimiz boshqalar baxti ortiga yashiringan ekan. Bu juda qiziq holat☝️
O’tkazilgan tadqiqotlardan birida, insonlarga pul berilib istagan narsalarini sotib olishlari aytiladi. Haridlar tugaganidan so’ng esa:
“Baxtlimisiz?” -deb savol beriladi, tabiiyki ular
“Ha”-deb javob berishadi.
Ma’lum vaqt o’tgach ularga savol berishibdi:
“O’sha vaqtda istagan narsangizni sotib olgandingiz, haliyam baxtlimisiz”- deyilganida, odamlar u kundagi hursandchilik holatlarini unitishgan edi.

Odamlarga qayta pul berilib, bu safar kim uchundir narsa sotib olishlari aytiladi. Endi odamlar boshqalarga sovg’alar, zarur narsalarni sotib olishadi va taqdim qilishadi.
- Baxtlimisiz? -deb savol berilganida, ular haqiqiy baxtni his qilganliklarini aytishadi. Qarangki, qancha vaqt o’tsa ham bu insonlar ushbu kunni unutmaydilar, har safar sovg’alar tarqatilgan kun eslanganida, o’sha baxtli kundagi holatni his qiladilar…

Hullas azizlarim, bizga aytilgan minnatdorliklarda, hursandchiliklarda, hadiyalarda chin baxt yashiringan. Boshqalarnida baxtli qilib “ Biz baxtlimiz”.
Ichingizda sovg’a berib mazza qiladiganlar bormi? ☺️🤗

#вопросы #подарки

Ona koʻnglining rizosiMashhur Shayx hikoya qiladi:– Haj niyati bilan yoʻlga tushib, Sherozga yetdim. Bir masjidga kirdim...
18/11/2022

Ona koʻnglining rizosi

Mashhur Shayx hikoya qiladi:
– Haj niyati bilan yoʻlga tushib, Sherozga yetdim. Bir masjidga kirdim. Shayx Moʻminning xirqa yamab oʻtirganini koʻrdim. Salom berib, yonidan joy oldim.
–Niyating nima? – deb soʻradi.
–Haj qilish niyatim bor, – dedim.
–Onang bormi?
–Bor.
–Darhol uning xizmatiga bor!
Bu gap menga yoqmadi.
– Nega hayron boʻlasan? Men boshyalang, oyoqyalang, hamrohsiz va oziqsiz ellik marta haj qilganman. Hammasining savobini senga bagʻishladim, sen onang koʻnglining shodligini menga bagʻishla.

“Sharq hikoyat va rivoyatlari” kitobidan...

Hurmat bilan ginekologingiz

#гинеколог

Bilasizmi, inson 3 vaziyatda mutloq ishonchda bo’ladi. 1 chi holat, kichkina bolaning onasiga ishonchi, ojizgina bolajon...
18/11/2022

Bilasizmi, inson 3 vaziyatda mutloq ishonchda bo’ladi.
1 chi holat, kichkina bolaning onasiga ishonchi, ojizgina bolajon onasi oldidagina o’zini havfsiz his qiladi, buni mutlaq tavakkulning 1- ko’rinishi deb aytamiz.
2 chi vaziyatimiz, musulmon kishining Allohga tavakkuli. Bir mushkul holatda qolsak faqat Allohga suyanib tik oyoqda qolamiz, Olloh bizni tashlab qo’ymaydi deb mutlaq ishonamiz.
3 chi holat nima deb o’ylaysiz?
Ha, bu bemorning shifokorga bo’lgan ishonchi. Bemorlar tanasini, sog’ligini shifokorga ishonib topshiradi va hatto mutloq tavakkul qilib jarrohlik stoliga yotadi.
Yaratgan bandalari orasida faqat shifokorlargagina inson tanasi ustidan hukm chiqarish huquqini beribdi.
Qarang qanday ulug’langan, ma’suliyatli soha bu!
Alloh bemorlarimga shifo berib, meni sababchi qilib qo’ysin🤲

Siz qanday fikrdasiz? Shifokor bo’lgan bo’larmidingiz? Farzandingiznichi shifokor qilishni hohlaysizmi?

#доверия

Xar bir  ayol homiladorlik davrida turli qiyinchiliklar (toksikoz, asabiylashish, sog'liqdagi nohushliklar) bilan to'qna...
17/11/2022

Xar bir  ayol homiladorlik davrida turli qiyinchiliklar (toksikoz, asabiylashish, sog'liqdagi nohushliklar) bilan to'qnash keladi

Shikoyatlari bilan shifokorga murojat qilsa, bir dunyo analiz va tekshiruvlar, hamda bir talay dorilar yozib beradi.

Oila a'zolar esa ikki inson uchun ovqatlanishni va ko'ngil tusagan narsalarni yeyishni tavsiya qilishadi.

Dugonalar va internetdan xar xil qo'rqinchli voqealarni esh*tib olgan homilador ayol esa, tug'ruq jarayonidan havotirda, qo’rquvda yashaydi.

Homiladorlikdagi ko'p muammolarni to'g'ri ovqatlanish bilan va vitaminlarni sizga keraklisini to’g’ri tanlash bilan hal qilish mumkin.

Qanday deysizmi!? Meni kuzatib boring va bu bilimlarni men sizlarga berib boraman.
Hurmat bilan sizning shifokoringiz Feruza Ne’matjonovna❤️

#болезни #подружки

Eng katta xato - vrach aynan menga kerakli hamma narsani biladi, deb o‘ylash!Tug‘ruqda vrach menga o‘rgatadi:- qanday na...
17/11/2022

Eng katta xato - vrach aynan menga kerakli hamma narsani biladi, deb o‘ylash!

Tug‘ruqda vrach menga o‘rgatadi:
- qanday nafas olishni
- tug‘ruqni og‘riqsizlantirishni
- dardlarni tezlashtirib, tabiiy yo‘llar bilan yengilikni...

Vrachlar davlat standarti, protokollar asosida ishlaydi! Ular tug’ruq vaqtida har bir homiladorga o'rgatib chiqishga ulgurmaydilar ham.

❗Agar siz tug‘ruq jarayoni qanday kechishini bilsangiz, tanangizga quloq solishni o‘rgansangiz va tug‘ruq yo‘lini bosib o'tishda tanaga yordam bersangiz, ishoning, tug‘ruq qanchalik sizga rohat olib kelishidan o‘zingiz ham hayron qolasiz.
Maqsadim, millatimiz ayollarining tibbiy bilimlarini oshirish, sog'lomlashtirish, ayollarimizga tibbiy bilimdan ham ko’prog’ini berish. Yaniki, tug’ilajak bolajonlarimizni ona qornidan boshlab ham jismonan, ham ruhan sog’lom bo’lishlariga o’z hissamni qo’shish😊🫶🏻

Ho‘sh, aytingchi aziz bo’lajak onajonlar, siz onalikka har taraflama tayyormisiz!?

#врач #цель

Ko’rikka yozilish uchun va on line konsultatsiyaga yozilish uchun ushbu raqamlarga murojaat qilishingiz mumkin +998 99 5...
21/10/2022

Ko’rikka yozilish uchun va on line konsultatsiyaga yozilish uchun ushbu raqamlarga murojaat qilishingiz mumkin +998 99 531 62 87

10/10/2022

Ayollarda erkaklik garmoni ko'payishi .

Ayollardagi erkaklik garmoni haqida bilishni istasangiz ba'tafsil videoda 😉

Hamkorimiz .uz


28/09/2022

Ayollar “Prokladka”sini tanlashni o’rganamiz.

Videoni ba'tafsil ko'ring va o'zingiz bilmagan ma'lumotlarga ega bo'ling.

Tirnoqlar haqidagi storisni post qilib qoldirishimni ko’pchilik so’ragan edi😊    Tirnoqlarning ko’rinishiga qarab saloma...
27/09/2022

Tirnoqlar haqidagi storisni post qilib qoldirishimni ko’pchilik so’ragan edi😊 Tirnoqlarning ko’rinishiga qarab salomatligimiz haqida ko’p narsalarni bilib olishimiz mumkin. Shunaqa foydali postlar sizga yoqsa like bosishni, saqlab qo’yishni unutmang, instagram buni boshqalarga ham ko’rsatishi uchun. Savollar va fikrlaringizni kommentariyada qoldiring❤️

Address

Tashkent
100022

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when doc.rahimova posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The Practice

Send a message to doc.rahimova:

Share

Share on Facebook Share on Twitter Share on LinkedIn
Share on Pinterest Share on Reddit Share via Email
Share on WhatsApp Share on Instagram Share on Telegram