20/02/2026
⚡️Sanepidqo’mitada yoshlar bilan ishlash bo’yicha Qashqadaryo tajribasi yo’lga qo’yiladi.
🖥Bu haqida Qo’mita raisi B.Yusupaliyev yoshlar bilan o’tkazilgan “Rahbar va yoshlar” uchrashuvida aytib o’tdi.
⚡️“Endi yoshlar bilan ishlashni yangi bosqichga ko’taramiz, xorijiy tillarni bilgan va sohada tashabbuskorlik qilayotgan yoshlar xorijga malaka oshirish va tajriba almashishga yuboriladi. Har bir tumandan til o’rganishga ishtiyoqi bor yoshlarning 2 nafariga xorijiy til kurslariga toʻlovlar toʻlab beriladi faqat 6 oyda natija koʻrsatish lozim. Agar bu tajriba oʻzini oqlasa Respublikamizni boshqa hududlarida ham joriy qilinadi ” -dedi Qo’mita raisi.
Ko’tarinki ruhda o’tgan uchrashuvda yoshlarning muammolar va takliflari tinglandi. Ular uchuj sport musobaqalari, intelektual oʻyinlar va ilmiy ishlar uchun ko’mak berilishi ta’kidlandi.
Tadbir so’ngida 17 nafar qashqadaryolik yosh soha xodimlariga Qo’mita raisining tashakkurnomasi hamda 5mln so’mlik voucherlar tantanali topshirildi.