04/06/2022
QANDAY QILIB OYOQNING KALTA-UZUNLIGINI ANIQLASH MUMKIN?
Ko’p tajribaga ega bo’lmay turib ham uy sharoitida o’zgarishlarni aniqlash imkoni mavjud. Ota-onalar o’zlar sinov o’tkazishlari mumkin.
1️⃣ Nazoratdan oldin bolani to’g’ri yotqizish kerak. Optimal variant — stol yuzasiga. Stolning ustiga choyshab yoki boshqa mato to’shash mumkin, faqat u qalin va yumshoq bo’lmasligi, ya’ni bolaning bir qismi qismi unga «cho’kmasligi» kerak.
2️⃣To’g’ri vaqtni tanlash kerak. Bolalarni ko’pincha injiqliksiz yotqizish qiyin, chunki bolalar ulardan nimani xohlashlarini tushunishmaydi.
3️⃣Chaqaloqni avval qornini pastga qilib yotqizish kerak. Mushaklarini bo’shashtirish uchun uni orqa tomonini uqalash mumkin. So’ng u chalqancha qilib yotqiziladi. Bu holatda unga yotish qulaymi yoki yo’qligini e’tiborga olish kerak. So’ng, unga barmoqlaringizni ushlab olishga bering. Agar bola faol ravishda ushlasa, cho’zilishga harakat qilsa, ritmik tarzda harakatlansa, oyoq qo’llari bilan avtomatik tarzda simmetrik harakatlantirsa, bu bolaning sog’lom ekanligini anglatadi. Mushak tonusining yuqoriligida uning oyoqlari chalkashib ketadi.
4️⃣Shundan so’ng oyoqlarni yonga ochishning cheklanishini e’tiborga olish kerak bo’ladi: bolaning oyog’ini tizzalari va sonida bukib, keyin ehtiyotkorlik bilan yon tomonlarga ochish kerak. Displaziya mavjud bo’lganda, buni amalga oshirib bo’lmaydi.
5️⃣Agar chaqaloq olti oylikdan katta bo’lsa, unda assimetriya mvjudligi predmetiga tanasini tekshirib ko’rish, shuningdek, bo’g’imlarning simmetriyasini o’rganish kerak.
6️⃣Bir yoshdan oshgan bolalarda oyoqlar mushaklari simmetriyasi tekshiriladi. Agar ulardan biri (son va kichik boldirda) ingichkaroq bo’lsa, bu holda unga kamroq yuk tushishi ma’lum bo’ladi.
Agar shubha qiladigan bo’lsangiz, albatta shifokor bilan maslahatlashish kerak, masalan, bolalar jarrohi, ortoped yoki nevrolog bilan kerak. Patologiyaning sababiga qarab, u davolash usulini tanlaydi.
OYOQNING KATTA-KICHKINA BO’LISHI OQIBATLARI
Ko’pgina ota-onalar oyoqning turli xil uzunlikda bo’lishi albatta oqsoqlikka olib keladi deb o’ylashadi. Bu har doim ham to’g’ri emas. Patologiya davolanmasa, bola organizmida metamorfoz yuzaga keladi.