FTTI

FTTI Фармацевтический институт образования и исследований

08/09/2025

🇺🇿 Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot institutida 2025–2026 o‘quv yili tantanali ravishda boshlandi

2025 yil 8 sentabr kuni Farmasevtika ta’lim va tadqiqot institutida yangi 2025–2026 o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan tantanali yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda institut rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, yuqori bosqich talabalari hamda ota-onalar ishtirok etdi.

Tantana O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangrashi bilan boshlandi. Shuningdek, institut ta’sischisi, farmatsevtika fanlari doktori, professor A.N. Yunusxo‘jaev so‘zga chiqib, yangi o‘quv yili munosabati bilan barchaga samimiy tabriklarini yo‘lladi.
U o‘z nutqida talabalarning yuksak mas’uliyatni his etgan holda ta’lim olishlari, zamonaviy farmatsevtika sohasida yetuk mutaxassis bo‘lib yetishishlari zarurligini ta’kidladi. Shu bilan birga, professor Yunusxo‘jaev institutda ta’lim va ilmiy faoliyatning sifatini oshirish, innovatsion yondashuvlarni joriy etish va xalqaro hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ham ma’lumot berdi.

Yig‘ilish yakunida talabalarga yangi o‘quv yilida ulkan muvaffaqiyatlar tilab, ulardan bilim olishga faol yondashish, tashabbuskorlik va mas’uliyat bilan harakat qilish talab etilishi ta’kidlandi.

🎓 TA’LIM TADQIQOTGA, TADQIQOT TARAQQIYOTGA YETAKLAYDI!

17/08/2025

❔QAYSI INSTITUTDA O‘QIGAN YAXSHI: davlatnikidami yoki xususiy?
❔Xusisiy institut diplomi qanday kuchga ega?

📌 Videoni ko‘rib o‘zingiz uchun to‘g‘ri xulosa chiqarasiz degan umiddamiz!

02/08/2025
30/07/2025

👍 BIZ OAV da

🇺🇿 Farmatsevtika ta'lim va tadqiqot institutida ilk qaldirg'ochlarga diplom berish tantanasi "MAHALLA" telekanali "JOYIDA" informatsiyon dasturida yoritildi.

🎓 TA’LIM TADQIQOTGA, TADQIQOT TARAQQIYOTGA YETAKLAYDI!

  Bugun Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot instituti uchun tarixiy va hayajonli kun.Bitiruvchilarimiz uchinchi bor magistr...
28/07/2025




Bugun Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot instituti uchun tarixiy va hayajonli kun.

Bitiruvchilarimiz uchinchi bor magistrlik unvoniga sazovor bo‘lishgan bo‘lsa, bakalavriyat bosqichida ilk qaldirg‘ochlarimiz uchirma bo‘lmoqda.

2021-yilda katta orzu umidlar bilan talaba bo‘lgan bakalavr bosqichi “Sanoat farmatsiyasi” yo‘nalishi talabalari bitiruv kechasiga yig‘ilishdi.

To‘rt yil tarix uchun qisqa davr. Ammo, yangi ochilgan ta’lim maskani uchun poydevor qo‘yish, o‘z mavqeyini mustahkamlash, oldinga qo‘yilgan rejalarni amalga oshirish uchun eng murakkab va ma’suliyatli davr. Va albatta ilk qaldirg‘ochlar bu institutning faxri, yuzi. Aynan ularning malakali mutaxassis bo‘ib yetishishi, sohada tanilishi institut mavqeyini belgilab beradi.
Ularning zimmalarida “institut tashrif qog‘ozi” bo‘lishdek ma’suliyatli vazifa yuklangan.
Bugun ana shu bitiruvchilarimizga diplomlar topshirildi.
🎓 “Bitiruvchi Qaldirg‘ochlar” deb nomlangan ushbu bayramona tadbir institut jamoasi, faxriy ustozlar, bitiruvchilarning ota-onalari, oila a’zolari hamda ko‘plab mehmonlar ishtirokida yuqori saviyada tashkil etildi.

Tadbirda taniqli san’atkorlarning ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar, talabalar va ustozlarning samimiy tilaklari tadbirga yanada yanada fayz berdi. Bitiruvchilar esa o‘z ustozlariga chuqur minnatdorlik bildirib, olgan bilimlarini yurt taraqqiyotiga xizmat qildirishga va’da berdilar.

Tadbirda Yunusobod tumani hokimi Abduvaliev Bahodir Abdulxaevich, institut faxriy professorlari, ilmiy-pedagogik jamoa a’zolari ishtirok etib, bitiruvchilarni tabrikladilar va ularning kelgusidagi faoliyatlariga omad tiladilar.

Bitiruv kechasi tantanasini institut ta’sischisi, farmatsevtika fanlari doktori, professor Ahmadxo‘ja Nig‘monovich Yunusxo‘jaev ochib berdi va bitiruvchilardan umidlari katta ekanligini alohida ta’kidlab o‘tdi.

🎤Kechaning tantanali qismi tugagach, bitiruvchilarni tabriklash uchun tashrif buyurgan san’atkorlar ishtirokida konsert dasturi namoyish qilindi. Sho‘x qo‘shiqlar raqslarga ulanib, kecha yanada fayzli o‘tdi.

Bugungi bitiruvchilar — ertangi yetuk mutaxassislar, fidoyi farmatsevtlar, olimlar va jamiyatimizning tayanchi bo‘lajak avloddir. Ularning har birlariga institutimiz sha’nini yuksak darajada himoya qilishlari va o'z kasblarini yetuk mutaxassislari bo'lishllariga ishonch bildirib qolamiz

💐 Hurmatli bitiruvchilar! Sizlarni chin dildan muborakbod etamiz. Kelgusi faoliyatingizda omad, mustahkam iroda va katta zafarlar yor bo‘lsin!

🎓 TA’LIM TADQIQOTGA, TADQIQOT TARAQQIYOTGA YETAKLAYDI!

15/07/2025

Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot institutida qabul davom etmoqda!

✅ Bakalavriat yo‘nalishlari:

➖ Farmatsiya – o‘qish muddati 5 yil;
➖ Sanoat farmatsiyasi – o‘qish muddati 4 yil;
➖ Davolash ishi – o‘qish muddati 6 yil;
➖ Tibbiy profilaktika ishi – o‘qish muddati 5 yil.

DIQQAT!

Tibbiyot texnikumlari va kollejlari bitiruvchilari
✅ Farmatsiya
✅ Sanoat farmatsiyasi
yo‘nalishlariga suhbat asosida qabul qilinadi.

⌛️ Hujjatlar onlayn va offlayn qabul qilinadi.

👉 Hujjat topshirish

Manzil: Yunusobod tumani, 19-mavze, 48-uy
Mo‘ljal: “UzMal oil” yoqilg‘i quyish shoxobchasi, Sayram Korzinka

📍Lokatsiya
👉 Batafsil ma’lumot

📄 Litsenziya (№ 0033, 8.09.2021-y.)

☎️ Murojaat uchun telefonlar:

+998 71 203-05-50
+998 97 138-00-50

 🇺🇿 Farmatsevtika ta’lim va  tadqiqot institutida ✔️ biotexnologiya;✔️ metrologiya;✔️ sanoat farmatsiyasi;✔️ agroekologi...
10/07/2025



🇺🇿 Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot institutida

✔️ biotexnologiya;
✔️ metrologiya;
✔️ sanoat farmatsiyasi;
✔️ agroekologiya yo‘nalishlarini bitirganlar uchun
📌 farmatsiyaga qayta tayyorlov kurslariga hujjatlar qabuli boshlandi!

⬇️Shoshiling, qulay imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!

Murojaat uchun telefonlar:
☎️974070021
☎️951117775

10/06/2025

MAGISTRLIK DISSERTATSIYASI HIMOYASI

🇺🇿 Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot institutida bu yil magistratura mutaxassisliklarida ta’lim olgan 26 nafar talaba dissertatsiya himoyasida ishtirok etdi.

3 kun davom etgan himoya jarayoni qizg‘in bahs va munozaralarga boy bo‘ldi.
Sohaning nufuzli professorlaridan tashkil topgan davlat attestatsiya komissiyasi a’zolari barcha bitiruvchilarning taqdimotlarini diqqat bilan tinglashdi. Har bir mavzu yuzasidan savol javoblar bo‘ldi.
Taqrizchilar dissertatsiya ishlari bo‘yicha o‘z fikr va mulohazalarini bildirishdi.

Davlat attestatsiya komissiyasi raisi X.G‘.G‘anieva magistrlik dissertatsiyasi himoya ishlari mukammal tayyorlanganligini aytib o‘tdi va barcha bitiruvchilar magistr darajasini olishga loyiq ekanligini ta’kidladi.

Shuningdek komissiyaning boshqa a’zolari ham so‘zga chiqib, dissertatsiyalar yuzasidan o‘z fikr va mulohazalarini bildirishdi. Kelgusida ahamiyat qaratish kerak bo‘lgan jihatlarini aytib o‘tishdi.

TA’LIM TADQIQOTGA, TADQIQOT TARAQQIYOTGA YETAKLAYDI!

09/06/2025

Hamkorimiz Euromed o‘quv markazi o‘quvchilari test sinovlarini topshirishdi

29/05/2025



📌 ⭕️⭕️⭕️

ABITURIENTLAR DIQQATIGA!

🗓 2025 YILNING 1 IYUL SANASIDA

FARMATSEVTIKA TA’LIM VA TADQIQOT INSTITUTIDA

KIRISH IMTIHONLARI BO‘LIB O‘TADI.

❗️DIQQAT!

RO‘YXATGA OLISH soat 07.30 dan - 08.30 gacha davom etadi.

TEST SOAT 09.00 da boshlanadi.

‼️O‘zingiz bilan ID kart hamda ruhsatnoma bo‘lishi shart.

📍Локация

Bizning manzil: Toshkent shahri Yunusobod tumani, 19 mavze, 48 uy, mo‘ljal: "Uz Mal-oil" yoqilg‘i quyish shaxobchasi, Korzinka supermarketi (Sayram Korzinka).

☎️ murojaat uchun:

+998 71 203-05-50

📌 ESLATMA: Ro‘yxatdan o‘tishga kech qolganlar imtihonga kiritilmaydi.

29/05/2025



🇺🇿 Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot instituti

📊 Farmatsevtikada boshqaruv va iqtisodiyot kafedrasi xodimlari talabalar turar joyida istiqomat qilayotgan talabalar uchun “Kafedra kuni” tadbirini tashkil qilishdi.

Unda eng avval talabalarga Farmatsevtikada boshqaruv kafedrasining tashkil qilinish tarixi, unda faoliyat olib borgan professor-o‘qituvchilar haqida qiziqarli ma’lumotlarga boy taqdimot namoyish etildi.
Kafedrada o‘qitiladigan fanlar, yetuk mutaxassis bo‘lib yetishishda ushbu fanlarning o‘rni borasida ma’lumot berildi.
Qiziqarli o‘tgan davra suhbati yakunida talabalarga Tomasa-Kilman testi tarqatildi. Odatda ushbu test orqali ish beruvchi talabgorning ziddiyatli vaziyatlarda o‘zini qanday tutishi, ikki kishining manfaati bir-biriga mos kelmaydigan vaziyatlarda shaxsning xulq atvorini bilib oladi.
Talabalarni bu testdan o‘tkazishdan maqsad mustaqil ishlay boshlaganlarida qanday jihatlarga e’tibor qaratish lozimligini o‘rgatishdan iborat edi.
“Kafedra kuni” qiziqarli va esda qolarli o‘tdi.

TA’LIM TADQIQOTGA, TADQIQOT TARAQQIYOTGA YETAKLAYDI!

Address


Opening Hours

Monday 09:00 - 17:00
Tuesday 09:00 - 17:00
Wednesday 09:00 - 17:00
Thursday 09:00 - 17:00
Friday 09:00 - 17:00
Saturday 09:00 - 17:00

Telephone

+998971370050

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when FTTI posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The Practice

Send a message to FTTI:

  • Want your practice to be the top-listed Clinic?

Share

Share on Facebook Share on Twitter Share on LinkedIn
Share on Pinterest Share on Reddit Share via Email
Share on WhatsApp Share on Instagram Share on Telegram