Uzpharmcontrol

Uzpharmcontrol Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazining "Facebook"dagi rasmiy sahifasi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Eldor Erkinovich Adilov O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash...
06/05/2026

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Eldor Erkinovich Adilov O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish departamenti sho‘ba mudiri lavozimidan ozod etildi.

Bundan ilgariroq E.Adilov nomzodi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan ma’qullangan edi.

Указом Президента Республики Узбекистан Элдор Эркинович Адилов назначен на должность министра здравоохранения Республики Узбекистан и в связи с этим освобожден от должности заведующего сектором Департамента правовой экспертизы и комплексного анализа Администрации Президента Республики Узбекистан.

Ранее кандидатура Э.Адилова была одобрена депутатами Законодательной палаты Олий Мажлиса.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan:

Asilbek Anvarovich Xudayarov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri lavozimidan ozod etildi.

Указом Президента Республики Узбекистан:

Худаяров Асилбек Анварович в связи с переходом на другую работу освобожден от должности министра здравоохранения Республики Узбекистан.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan:

Otabek Sunnatovich Imamov O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi;

Jaloliddin Sharafutdinovich Asamutdinov O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining Komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi;

Adxam Yusupovich Xudaykulov O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi;

Sherzod Dilmuratovich Muxamedov O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi;

Ilxomjon O‘rinboy o‘g‘li Umrzaqov O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining o‘rinbosari – Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish departamenti direktori lavozimidan ozod etildi.

Постановлением Президента Республики Узбекистан:

Имамов Отабек Суннатович назначен на должность первого заместителя министра здравоохранения Республики Узбекистан;

Асамутдинов Жалолиддин Шарафутдинович назначен на должность заместителя министра здравоохранения Республики Узбекистан по комплаенсу и внутреннему антикоррупционному контролю;

Худайкулов Адхам Юсупович назначен на должность заместителя министра здравоохранения Республики Узбекистан;

Мухамедов Шерзод Дилмуратович назначен на должность заместителя министра здравоохранения Республики Узбекистан;

Умурзаков Илхомжон Уринбой угли назначен на должность заместителя министра здравоохранения Республики Узбекистан и в связи с этим освобожден от должности заместителя министра экономики и финансов Республики Узбекистан - директора Департамента развития государственно-частного партнерства.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan:

Alisher Shukrullayevich Boboyev boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimidan;

Elmira Irkinovna Basitxanova boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari lavozimidan;

Farxodjon Muxammadjonovich Tashpulatov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.

Постановлением Президента Республики Узбекистан:

Бобоев Алишер Шукруллаевич в связи с переходом на другую работу освобожден от должности первого заместителя министра здравоохранения Республики Узбекистан;

Баситханова Эльмира Иркиновна в связи с переходом на другую работу освобождена от должности заместителя министра здравоохранения Республики Узбекистан;

Ташпулатов Фарходжон Мухаммаджонович в связи с переходом на другую работу освобожден от должности заместителя министра здравоохранения Республики Узбекистан.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan:

Abdulla Abdisalamovich Azizov O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Tibbiyot va farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori lavozimidan ozod etildi.

Постановлением Президента Республики Узбекистан:

Азизов Абдулла Абдисаламович назначен на должность директора Агентства по развитию медицинской и фармацевтической отрасли при Министерстве здравоохранения Республики Узбекистан и в связи с этим освобожден от должности директора Агентства по развитию фармацевтической отрасли при Министерстве здравоохранения Республики Узбекистан.

05/05/2026

Giyohvandlik vositalari va kuchli ta’sir qiluvchi moddalar nazorati qanday amalga oshiriladi?

Bu jarayonda Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi Narkotiklarni nazorat qilish qo‘mitasining roli qanday? Xalqaro standartlardan tortib, prekursorlar reyestrigacha, litsenziyalashdan tortib, kvotalar ajratishgacha bo‘lgan barcha muhim jarayonlar haqida yuqoridagi videoda batafsil tanishasiz.

Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazining Andijon filiali faoliyati o‘rganildiMarkaz direktorining o‘rinbosari ...
05/05/2026

Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazining Andijon filiali faoliyati o‘rganildi

Markaz direktorining o‘rinbosari Mirzohidjon Qodirov “Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” davlat muassasasining Andijon filialida amalga oshirilayotgan ishlar, ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati hamda laboratoriya infratuzilmasining joriy holatini o‘rgandi.

Tashrif davomida filialga O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi huzuridagi “O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi” davlat muassasasining Namangan va Andijon filiallari tomonidan beg‘araz asosda taqdim etilgan 30 dan ortiq turdagi zamonaviy laboratoriya sinov uskunalari va yordamchi vositalarning texnik imkoniyatlari bilan yaqindan tanishildi. Ushbu uskunalar farmatsevtika mahsulotlarini chuqur va aniq tahlil qilish imkoniyatlarini kengaytirishi bilan ahamiyatlidir.

Qayd etilishicha, PF-35-son Farmonga muvofiq, farmatsevtika sohasida ilmiy-sinov va sifat nazorati tizimini takomillashtirish, laboratoriya infratuzilmasini mustahkamlash bo‘yicha izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. O‘rganish jarayonida o‘rnatilgan uskunalarning ishga tushirilishi, ularning amaldagi texnik holati hamda mutaxassislar malakasini oshirishga oid masalalar muhokama qilinib, tegishli tavsiyalar berildi.

Namangan viloyatida tegishli hujjatlarsiz faoliyat yuritgan dorixona fosh etildiTezkor tadbir davomida fuqaro (https://t...
05/05/2026

Namangan viloyatida tegishli hujjatlarsiz faoliyat yuritgan dorixona fosh etildi

Tezkor tadbir davomida fuqaro (https://t.me/Department_uz/12354) S.A. “Bo‘ston” MFY hududidagi dorixonada tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tmasdan, sifatini tasdiqlovchi hujjatlarsiz dori vositalari va tibbiy buyumlar savdosi bilan shug‘ullanib kelgani aniqlandi. Natijada undan 140,9 mln so‘mlik, 1 197 turdagi 29 289 dona mahsulot ashyoviy dalil sifatida musodara qilindi.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni o‘tkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki o‘tkazish, dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar muomalasi bilan bog‘liq faoliyat uchun berilgan litsenziyala...
05/05/2026

Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar muomalasi bilan bog‘liq faoliyat uchun berilgan litsenziyalar reestri yangilandi

Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi Narkotiklarni nazorat qilish qo‘mitasi tomonidan (04.05.2026):

↗️ Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar muomalasi bilan bog‘liq faoliyat uchun berilgan litsenziyalar reestri;

↗️ Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni olib kirish, olib chiqish uchun berilgan sertifikatlar reestri to‘g‘risidagi axborotlar yangilandi.

Ushbu ma’lumotlar bilan Markazning rasmiy veb-sahifasida tanishishingiz mumkin. (https://uzpharm-control.uz/ru/pages/register-of-licenses-for-activities-related-to-trafficking-in-narcotic-drugs)

Narkotiklar nazorati qo‘mitasi faoliyati bilan bog‘liq savollar bo‘yicha quyidagi elektron pochta manzili nnqkomitet@ssv.uz va quyidagi raqamlar (71) 242-84-59, 203-01-01 (ichki 2180-2185) orqali murojaat qilishingiz mumkin.

Chakana savdo subyektlari tomonidan majburiy raqamli markirovka qoidalariga rioya etilmasligi dori vositalari aylanmasid...
05/05/2026

Chakana savdo subyektlari tomonidan majburiy raqamli markirovka qoidalariga rioya etilmasligi dori vositalari aylanmasida jiddiy huquqbuzarlik hisoblanadi.

Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, bunday holatlar tegishli javobgarlikka sabab bo'ladi.

Стандартные образцы USP — международный эталон в фармацевтическом анализеОбеспечение качества и безопасности лекарственн...
05/05/2026

Стандартные образцы USP — международный эталон в фармацевтическом анализе

Обеспечение качества и безопасности лекарственных средств требует точных и надежных лабораторных испытаний. В этом процессе ключевую роль играют эталонные стандартные образцы (Reference Standards), которые используются для подтверждения достоверности аналитических результатов.

United States Pharmacopeia (USP) — одна из ведущих международных организаций, разрабатывающих фармакопейные стандарты для лекарственных средств, вспомогательных веществ и биологических продуктов. USP Reference Standards широко применяются во всем мире в качестве эталонных материалов для проведения лабораторных исследований.

Основные области применения USP Reference Standards:

идентификация лекарственных средств и фармацевтических субстанций
количественное определение действующего вещества (assay)
контроль примесей (impurity testing)
валидация аналитических методов
обеспечение точности и воспроизводимости лабораторных результатов

Международная практика

Сегодня стандартные образцы USP используются:

фармацевтическими производителями
лабораториями контроля качества
научно-исследовательскими центрами
регуляторными органами
по всему миру.

Использование USP Reference Standards способствует повышению надежности лабораторных данных и помогает обеспечивать соответствие качества лекарственных средств международным фармакопейным требованиям.

🌐 Официальный сайт: https://www.usp.org

Контакт по вопросам USP в Узбекистане
Khilola Nazrullayeva

Strategic Customer Development Consultant
USP (United States Pharmacopeia)

📩 khilola.nazrullaeva@usp.org

Ulgurji savdo subyektlari tomonidan majburiy raqamli markirovka qoidalariga rioya etilmasligi dori vositalari aylanmasid...
01/05/2026

Ulgurji savdo subyektlari tomonidan majburiy raqamli markirovka qoidalariga rioya etilmasligi dori vositalari aylanmasida jiddiy huquqbuzarlik hisoblanadi.

Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, bunday holatlar tegishli javobgarlikka sabab bo'ladi.

Samarqand shahrida sifati kafolatlanmagan 2,6 mlrd so‘mlik dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olindiO‘tkazilgan tez...
01/05/2026

Samarqand shahrida sifati kafolatlanmagan 2,6 mlrd so‘mlik dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olindi

O‘tkazilgan tezkor tadbirda “N.M.” MCHJ ekspeditori T.S. va fuqaro Sh.X.lar internet ijtimoiy tarmoqlari orqali sotib olingan dori vositalarini sanitariya talablariga javob bermaydigan omborxonada (https://t.me/Department_uz/12323) saqlab, dorixonalarga yetkazib berayotganliklari aniqlanib, ulardan umumiy bahosi 2,6 mlrd so‘mlik 90 turdagi 29 122 dona sifati kafolatlanmagan dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni o‘tkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki o‘tkazish, dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilish, shuningdek tarkibida kuchli taʼsir qiluvchi moddalar mavjud bo‘lgan dori vositalarini retsept bo‘yicha chakana realizatsiya qilish tartibini buzish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

❗️ССВ: “Электрон рецепт” тизими бекор қилинмайди🖥 Ижтимоий тармоқларда “Электрон рецепт” тизими бекор қилинди” мазмунида...
01/05/2026

❗️ССВ: “Электрон рецепт” тизими бекор қилинмайди

🖥 Ижтимоий тармоқларда “Электрон рецепт” тизими бекор қилинди” мазмунида хабарлар тарқалмоқда. Бунга Соғлиқни сақлаш вазирлигининг Норматив-ҳуқуқий ҳужжатлар лойиҳалари муҳокамаси порталига жойлаштирилган “Электрон рецепт” тизимини босқичма-босқич жорий этиш тартибини ўз кучини йўқотган деб топиш тўғрисида”ги буйруқ лойиҳаси асос қилиб келтириляпти.

⬇️ Вазирлик ушбу ҳолат юзасидан қуйидагиларни маълум қилади.

📌 Аввало, мазкур буйруқ лойиҳаси ижтимоий тармоқларда нотўғри талқин қилинмоқда.

✅ Соғлиқни сақлаш вазирлигининг 2025 йил 15 декабрдаги 25-сон буйруғида “Электрон рецепт” тизими асосида бериладиган дори воситаларининг рўйхати босқичма-босқич шакллантирилиши кўзда тутилган.

💫 Яъни биринчи босқичда тизимли таъсирга эга антибиотиклар, синтетик антибактериал препаратлар ҳамда гормонал дори воситалари учун электрон рецепт мажбурий бўлиши белгиланган.

‼️Янги буйруқ лойиҳасида эса Тошкент шаҳри ҳамда тажриба-синов лойиҳаси амалга оширилаётган 15 та туман (шаҳар)да жойлашган барча тиббиёт ташкилотлари ва дорихоналарда рецепт билан бериладиган дори воситалари электрон рецепт тизимига тўлиқ ўтказилиши назарда тутилмоқда (алоҳида тоифадаги кучли таъсир қилувчи моддалар, таркибида гиёҳвандлик воситалари ва психотроп моддалар сақловчи дори воситалари ҳамда реимбурсация дастури билан боғлиқ жараёнлар бундан мустасно).

🚑 Соғлиқни сақлаш вазирлиги
Матбуот хизмати.

Majburiy raqamli markirovkalash tizimi — mahsulotlar xavfsizligi va ularning qonuniy aylanmasini ta’minlashda muhim mexa...
30/04/2026

Majburiy raqamli markirovkalash tizimi — mahsulotlar xavfsizligi va ularning qonuniy aylanmasini ta’minlashda muhim mexanizm hisoblanadi.

Biroq amaliyotda ayrim ishlab chiqaruvchi va import qiluvchi korxonalar tomonidan ushbu talablarning buzilishi holatlari uchramoqda. Amaldagi qonunchilikka muvofiq, bunday qoidabuzarliklar mahsulotni markirovkasiz realizatsiya qilishdan tortib, soxtalashtirilgan kodlardan foydalanishgacha bo‘lgan bir qator jiddiy huquqbuzarliklarni o‘z ichiga oladi.

Address

Тошкент ш. , Озод кўчаси, К. Умаров тор кўчаси, 16-уй
Tashkent
100002

Opening Hours

Monday 08:30 - 17:30
Tuesday 08:30 - 17:30
Wednesday 08:30 - 17:30
Thursday 08:30 - 17:30
Friday 08:30 - 16:30

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Uzpharmcontrol posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Share