19/02/2026
UZ | RU | EN
JSST va O‘zbekiston: Sog‘liqni saqlash diplomatiyasi muloqotida
O‘zbekiston delegatsiyasi, Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Alisher Boboyev boshchiligida, 2026 yil 16–18 fevral kunlari Ashxobod shahrida o‘tgan Global sog‘liqni saqlash diplomatiyasi bo‘yicha yuqori darajadagi muloqotda ishtirok etdi. Tadbir JSST Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasiga a’zo 10 davlat vakillarini birlashtirib, o‘zaro ishonch, hamkorlik va sog‘liq xavfsizligini mustahkamlashga qaratildi.
Alisher Boboyev o‘z nutqida shunday ta’kidladi:
“Ushbu muloqotni muvofiqlashtirilgan yondashuvlarni shakllantirish va mintaqaviy hamkorlikni yanada kuchaytirish uchun muhim siyosiy platforma sifatida baholaymiz.”
Ikki tomonlama uchrashuv
Shuningdek, O‘zbekiston delegatsiyasi JSSTning Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy direktori doktor Hans Kluge bilan ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazdi. Unda “O‘zbekiston–2030” strategiyasi doirasidagi sog‘liqni saqlash tizimi islohotlari hamda JSSTning Yevropa ish dasturi (EPW2), Mamlakat bilan hamkorlik strategiyasi (CCS) va 2030 yilgacha mo‘ljallangan Ikkinchi Markaziy Osiyo yo‘l xaritasi (CARM2) doirasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Tashabbus haqida
Mazkur muloqot JSSTning Yevropa mintaqaviy direktori doktor Hans Kluge tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yilgan AHEAD (AHEAD – Action for Health through Engagement, Advocacy, and Diplomacy - "Sog'liqni saqlash sohasidagi hamkorlik, himoya va diplomatiya orqali harakatlar") flagman dasturi doirasida o‘tkazildi. Dastur sog‘liqni saqlash rahbarlari va diplomatlarni birlashtirish, umumiy yondashuvlarni shakllantirish hamda global qarorlar markazida inson salomatligi va sha’nini saqlab qolishga qaratilgan.
RU
ВОЗ и Узбекистан: в диалоге о дипломатии в сфере здравоохранения
Делегация Узбекистана во главе с заместителем министра здравоохранения Алишером Бобоевым приняла участие в Диалоге высокого уровня по глобальной дипломатии в сфере здравоохранения, который прошёл 16–18 февраля 2026 года в Ашхабаде. Мероприятие объединило представителей 10 государств-членов Европейского региона ВОЗ для укрепления доверия, сотрудничества и безопасности в сфере здоровья.
В своём выступлении Алишер Бобоев отметил:
«Мы придаём этому Диалогу большое значение как ключевой политической платформе для выработки согласованных подходов и дальнейшего укрепления регионального сотрудничества».
Двусторонняя встреча
Также делегация Узбекистана провела двустороннюю встречу с Региональным директором ВОЗ по Европе доктором Хансом Клюге. В центре обсуждения были реформы системы здравоохранения в рамках Стратегии «Узбекистан–2030», а также сотрудничество по Европейской программе работы ВОЗ (EPW2), Стратегии сотрудничества со страной (CCS) и Второй Центральноазиатской дорожной карте (CARM2) до 2030 года.
Об инициативе
Диалог состоялся в рамках флагманской программы ВОЗ AHEAD (AHEAD - Action for Health through Engagement, Advocacy, and Diplomacy - "Действия во имя здоровья посредством взаимодействия, защиты интересов и дипломатии"), инициированной Региональным директором доктором Хансом Клюге. Её цель — объединить руководителей здравоохранения и дипломатов, выработать общие подходы и сохранить вопросы здоровья и человеческого достоинства в центре глобальных решений.
EN
WHO and Uzbekistan: in the High-Level Dialogue on Global Health Diplomacy
Uzbekistan’s delegation, led by Deputy Minister of Health Alisher Boboev, took part in the High-Level Dialogue on Global Health Diplomacy in Ashgabat on 16-18 February 2026. The event brought together representatives from 10 Member States of WHO European Region to strengthen trust, cooperation and health security.
In his remarks, Mr Boboev noted: “We attach great importance to this Dialogue as a key political platform for shaping coordinated approaches and further strengthening regional cooperation.”
Uzbekistan’s delegation also held a bilateral meeting with WHO Regional Director for Europe, Dr Hans Kluge. The discussion focused on ongoing health system reforms under the Uzbekistan–2030 Strategy, and collaboration under WHO’s European Programme of Work (EPW2), Country Cooperation Strategy (CCS), and the Second Central Asian Roadmap (CARM2) for the period till 2030.
The Dialogue is part of WHO’s AHEAD (Action for Health through Engagement, Advocacy, and Diplomacy) flagship programme, launched by WHO Regional Director Dr Hans Kluge. Its goal is to connect health leaders and diplomats, build common ground, and keep health and human dignity at the center of global decisions.