05/12/2025
[Qayta tayyorlash markazi “Epidemiologiya yo‘nalishi bo‘yicha qayta tayyorlash dasturi” doirasida o‘tkazilgan 3-Bosqich Sog‘liqni saqlash statistikasi bo‘yicha TOT (2025-yil 17–21-noyabr)]
Assalomu alaykum.Biz Koryo Universiteti Atrof-muhit tibbiyoti ilmiy-tadqiqot instituti huzuridagi Xalqaro sog‘liqni saqlash strategiyalari markazimiz.
KOICA va Saniytariya-epidimiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo’mitasi ko‘magi hamda Qayta tayyorlash markazi hamkorligida 2025-yil 17-noyabrdan 21-noyabrgacha besh kun davom etgan 3-bosqich Sog‘liqni saqlash statistikasi bo‘yicha trenerlar uchun trening (TOT) Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi binosida muvaffaqiyatli tashkil etildi. Ushbu trening Koryo Universitetidan prof. An Hyongjin va Chungbuk Universitetidan prof. Ji Heejong tomonidan O‘zbekistonga tashrif buyurib o‘tkazildi.
Mazkur o‘quv dasturida Toshkentdagi sog‘liqni saqlash va epidemiologiya yo‘nalishidagi asosiy muassasalarda faoliyat yurituvchi 11 nafar mutaxassis ishtirok etdi. Ishtirokchi tashkilotlar quyidagilar:
△ Toshkent davlat tibbiyot universiteti (TDTU) △ TDTU Chirchiq filiali △ Saniytariya-epidimiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo’mitasi △ Saniytariya-epidimiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo’mitasi qoshidagi malaka oshirish va qayta tayyorlash markazi △ Sanitariya-gigiyena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot instituti
Trening mazmuni epidemiologiya va sog‘liqni saqlash sohasida faoliyat yuritayotgan mutaxassislarning amaliy statistikadan foydalanish ko‘nikmalarini kuchaytirishga yo‘naltirildi.
Koreyalik professorlar ishtirokchilarning ehtiyojlarini inobatga olgan holda oldindan tizimli o‘quv materiallarini tayyorlab kelishdi. Trening avval 2-bosqich sog‘liqni saqlash statistikasi seminarida ko‘rib chiqilgan mavzularni takrorlash bilan boshlandi. Asosiy amaliy mashg‘ulotlar esa MedCalc dasturi asosida olib borildi. Professorlar tomonidan o‘tilgan asosiy mavzular va amaliyot quyidagilarni o‘z ichiga oldi:
△ Uch guruh o‘rtacha ko‘rsatkichlarini solishtirish (ANOVA) △ Ikki omilli dispersiya tahlili (Two-way ANOVA) va parametrik bo‘lmagan testlar△ ANOVA bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar △ Kovariatsiya tahlili (ANCOVA) △ Korrelyatsiya va regressiya tahlili△ Kohort tadqiqotlari bo‘yicha amaliy mashg‘ulot△ Epidemiologik tadqiqot metodologiyasi bo‘yicha takrorlash
Trening davomida nazariy ma’ruzalar va amaliyot o‘zaro uyg‘un holda olib borildi hamda ishtirokchilarga sog‘liqni saqlash statistikasi va tadqiqot dizaynini bevosita amaliyotga tatbiq etish imkonini beruvchi tajribaga yo‘naltirilgan o‘quv muhiti yaratildi.
Ushbu 3-bosqich Sog‘liqni saqlash statistikasi TOT orqali O‘zbekiston epidemiolog mutaxassislarining amaliy statistik ko‘nikmalari yanada mustahkamlandi hamda ikki davlat o‘rtasidagi sog‘liqni saqlash sohasidagi hamkorlik yanada kuchayishi kutilmoqda.
PMCning mahalliy loyiha jamoasi bundan buyon ham Saniytariya-epidimiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo’mitasi bilan yaqin hamkorlikda ishlashni davom ettiradi va loyihaning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi uchun bor kuchini sarflaydi. Doimiy e’tibor va qo‘llab-quvvatlaganingiz uchun chuqur minnatdorchilik bildiramiz.
--
[재교육센터 “역학 분야 재교육과정” 훈련지원 및 역량강화를 위한 제3차 보건통계 TOT(2025년 11월 17–21일) 실시]
안녕하세요. 고려대학교 환경의학연구소 국제보건전략센터입니다.
KOICA와 SEWPHC 지원과 재교육센터의 협력으로 2025년 11월 17일(월)부터 11월 21일(금)까지 5일간, *제3차 보건통계 TOT(Training of Trainers)*가The Academy of Public Policy and Administration에서 성공적으로 진행되었습니다. 이번 교육은 보건통계 전문가인 고려대학교 안형진 교수와 충북대학교 지희정 교수가 직접 우즈베키스탄을 방문하여 진행하였습니다.
이번 교육에는 타슈켄트 내 보건 및 역학 분야 주요 기관에서 근무하는 총 11명의 전문가가 참여하였습니다. 참가 기관은 다음과 같습니다:
△타슈켄트 국립의과대학교(TMU) △타슈켄트 국립의과대학교 치르칙 분교 △SEWPHC △SEWPHC 재교육센터 △위생·위생학·직업병 과학연구소
교육 과정은 각 기관에서 활동하는 역학 및 보건 전문가들의 실무 중심 통계 활용 역량 강화에 중점을 두고 설계되었습니다.
한국 교수진은 참가자들의 학습 수요에 맞춰 사전에 체계적인 교안과 교재를 준비하였으며, 교육은 먼저 2차 보건통계 세미나에서 다룬 주요 주제들을 복습하는 것으로 시작되었습니다.
이후 교육의 핵심 실습은 MedCalc 프로그램을 중심으로 진행되었으며, 교수진이 다룬 주요 주제와 실습 내용은 다음과 같습니다:
△세 집단 평균 비교(ANOVA) △이원 분산분석(Two-way ANOVA) 및 비모수 검정 △분산분석(ANOVA) 실습 △공분산분석(ANCOVA) △상관분석 및 회귀분석 △코호트 연구 실습 △역학 연구 방법론 복습
이번 교육은 이론 강의와 현장 사례 중심 실습이 적절히 조화되어 진행되었으며, 참가자들이 보건 통계 분석 및 연구 설계 역량을 실제 업무에 바로 적용할 수 있도록 실무 중심의 학습 경험을 제공하였습니다.
이번 제3차 보건통계 ToT를 통해 우즈베키스탄 역학조사관들의 실무 중심 통계 역량이 한층 강화되었으며, 나아가 양국 간 보건 분야 협력 관계가 더욱 공고해질 것으로 기대됩니다.
PMC 현지 사업팀은 앞으로도 SEWPHC와 긴밀히 협력하며, 프로젝트의 성공적 수행을 위해 최선을 다할 것이며, 지속적인 관심과 성원에 깊이 감사드립니다.