Toshkent davlat tibbiyot universiteti

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Ташкентская медицинская академия - официальная страница

Toshkent davlat tibbiyot universiteti — O‘zbekistonning yetakchi tibbiyot oliy o‘quv yurtlaridan biri bo‘lib, mamlakatda malakali shifokor va tibbiyot mutaxassislari tayyorlashga ixtisoslashgan.

25/07/2025

📢 Toshkent davlat tibbiyot universitetida biznes karyera marafoni bo‘lib o‘tdi!2025-yil 24-iyul kuni universitetimizda “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida “Tibbiyotda karyera, biznes va liderlik sinergiyasi” mavzusidagi biznes karyera marafoni muvaffaqiyatli tashkil etildi.Tadbirda yosh mutaxassislar, talabalar, bitiruvchilar, startap asoschilari hamda yetakchi ishbilarmonlar ishtirok etib, o‘z bilim va tajribalari bilan bo‘lishdilar.🔹 Motivatsion sessiyalar🔹 Master-klasslar🔹 Panel muhokamalar🔹 Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasiEng faol ishtirokchilar va eng yaxshi startap g‘oya mualliflari esdalik sovg‘alari va inkubatsiya dasturi bilan taqdirlandilar.Ushbu marafon tibbiyot sohasidagi yoshlar uchun karyera, tadbirkorlik va liderlik salohiyatini rivojlantirishda yangi imkoniyatlar ochdi!Toshkent davlat tibbiyot universiteti – kelajakka ishonch bilan!Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | LinkekdIn

25/07/2025

🗣 Ўзбекистон Соғлиқни сақлаш вазирининг аҳоли ва соҳа ходимларига МУРОЖААТИ

❗️ Ҳурматли ҳамкасблар! Азиз юртдошлар!

✅ Коррупция — давлат ва жамият учун жиддий хавф. Шу боис юртимизда барча соҳалар қатори соғлиқни сақлаш тизимида ҳам бу иллатга қарши кескин ва муросасиз курашиш, турли бюрократик ҳамда инсон омили билан боғлиқ ҳолатларга барҳам беришга қаратилган кенг кўламли чора-тадбирлар амалга ошириляпти.

📌 Албатта, жамоатчиликнинг фаол иштироки ва юртдошларимиз кўмагисиз ушбу мақсад ва марраларга эришиш, тиббиётни коррупциядан холи, тўлақонли халқчил тизимга айлантириш мушкул. Шу сабабли бу йўналишдаги саъй-ҳаракатларимизни бирлаштириш ва ўзаро ҳамкорликда ўз ечимини кутаётган оғриқли муаммоларимизни елкама-елка туриб, самарали ҳал этиш юзасидан Сизларга мурожаат қилмоқдаман!

💬 Президентимиз Шавкат Мирзиёев таъкидлаганларидек, “Коррупцияга қарши курашиш умуммиллий вазифа, ҳар бир ватанпарвар юртдошимизнинг виждон иши. Коррупцияга “жамият танасидаги саратон” сифатида қараш керак”.

➡️ Шу маънода, бугун соҳадаги ютуқни – ютуқ, камчиликни – камчилик, деб айтиб, тизимдаги “касалликлар”га тўғри ташхис қўйиб, уларнинг давосини топишга биргаликда ҳаракат қилишимиз зарур.

🔎 Аммо, афсуски, ҳали ҳам соғлиқни сақлаш муассасаларида коррупция, бюрократия, таъмагирлик, манфаатлар тўқнашуви каби айрим салбий ҳолатлар сақланиб қоляпти. Бу эса, тизимдаги ислоҳотлар самарадорлигига путур етказиб, халқимизнинг тиббиётга, фидойи мутахассисларимиз меҳнатига бўлган ишончини заифлаштирмоқда.

➡️ Ана шу ҳолатлардан келиб чиқиб, тизимда коррупцияга қарши курашишнинг замонавий механизмларини кенг жорий этишга алоҳида эътибор қаратяпмиз. Соҳа фаолиятида очиқликни таъминлаш, жамоатчилик олдида ҳисобдорликни ошириш бўйича зарур чоралар кўрилмоқда.

🖥 Хусусан, қисқа вақт ичида қатор электрон модулларни ўзида жамлаган Ягона тиббиёт ахборот тизими (DMED) яратилиб, амалиётга татбиқ этилмоқда. Шунингдек, “Ситуацион марказ” ташкил қилиниши соҳада бюджет маблағларининг мақсадсиз сарфланиши ҳамда коррупция рискларини барвақт аниқлаш ва олдини олишга хизмат қилаётгани билан аҳамиятлидир.

🔎 Бинобарин, тиббиёт ходимларини ишга қабул қилишда рақамлаштирилган янги механизм ишга туширилгани ва Бухоро вилоятида тажриба-синов лойиҳаси сифатида жорий этилгани муҳим янгиликлар сирасидан.

🧑🏻‍🏫 Ўз навбатида, соҳа раҳбар-кадрлари бугунги кун талабларидан келиб чиқиб, замонавий менежмент асослари бўйича ўқитилмоқда. Тиббиёт муассасалари ҳисобчиларининг молиявий билим ва кўникмаларини ошириш бўйича ўқув курслари ташкил қилиняпти.

✅ Албатта, бу ҳали етарли эмас. Олдинда ўз ечимини кутаётган муаммолар, давлатимиз раҳбари олдимизга қўйган талаб ва вазифалар кўп. Буни тўлақонли уддалаш учун бутун юртдошларимиз бирлашиб курашиши зарур. Шундан келиб чиқиб, биз коррупцияга қарши курашишда кучли жамоатчилик назоратини ўрнатишни муҳим мезон, деб биламиз.

❗️ Ҳурматли фуқаролар!

📲 Вазирлик марказий аппарати, ҳудудий бошқармалари, тизим ташкилотлари ва муассасалари ходимларининг коррупциявий хатти-ҳаракатларига гувоҳ бўлсангиз ёки қонунчиликка зид бошқа ҳуқуқбузарлик ҳолатларига алоқадорлиги юзасидан маълумотга эга бўлсангиз, вазирликнинг “1203” қисқа рақамли “Ишонч телефони” ҳамда https://t.me/ssvantikor_bot расмий телеграм боти ёхуд info@ssv.uz электрон почта манзили орқали ўз мурожаатингизни йўллашингиз мумкин.

‼️ Шу ўринда, нафақат коррупцион ҳолатларни баратараф этиш, балки соҳани янада такомиллаштиришда Сизнинг фикр ва мулоҳазаларингиз биз учун жуда муҳим эканлигини яна бир бор эслатиб ўтмоқчиман. Ҳар бир мурожаат Соғлиқни сақлаш вазирлиги томонидан қисқа муддатларда кўриб чиқилиб, зарур амалий чоралар кўрилишини маълум қиламан.

Асилбек ХУДАЯРОВ,
Ўзбекистон Республикаси
Соғлиқни сақлаш вазири.

24/07/2025
🗣RASMIY MUNOSABATToshkent davlat tibbiyot universiteti matbuot kotibi Gulchexra Mirzayeva bayonoti2025-yil 23-iyul kuni ...
23/07/2025

🗣RASMIY MUNOSABAT

Toshkent davlat tibbiyot universiteti matbuot kotibi Gulchexra Mirzayeva bayonoti

2025-yil 23-iyul kuni “ElTuz” nomli blog sahifasida Toshkent davlat tibbiyot universiteti nomiga nisbatan asossiz va sha’niga putur yetkazuvchi ma’lumotlar e’lon qilindi.

Blog muallifi tomonidan ilgari surilgan iddao — ya’ni, universitet matbuot kotibligi lavozimi “pul evaziga” berilgani haqidagi yolg‘on ma’lumot — mutlaqo haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Toshkent davlat tibbiyot universitetida bu kabi noqonuniy harakatlar na amalga oshirilgan, na amalga oshirilishi mumkin.

Kadrlar tanlovi universitetda doimo amaldagi qonunchilikka, ochiqlik, tanlov va meritokratiya tamoyillariga asoslanib amalga oshiriladi. Matbuot xizmatiga tayinlangan har bir xodim kasbiy tayyorgarligi, ilmiy salohiyati va tajribasi asosida, shaffof tartibda tanlab olinadi.

Mazkur maqolada hech qanday aniq manba, sana yoki hujjat keltirilmagan. Bu esa uni faqat jamiyatda chalg‘ituvchi kayfiyat, yolg‘on muhit yaratishga qaratilgan provokatsion urinish sifatida baholashga asos bo‘ladi.

Bunday axborot xurujlarini biz – xalqning ta’lim va sog‘liqni saqlash tizimiga bo‘lgan ishonchiga putur yetkazish, axborot maydonini ifloslantirishga qaratilgan ataylab uyushtirilgan chaqnash deb hisoblaymiz.

Toshkent davlat tibbiyot universiteti yolg‘on axborot tarqatayotgan manbalarni jurnalistik etikaga rioya qilishga, qonuniy me’yorlar asosida faoliyat yuritishga chaqiradi. Asossiz materiallar yuzasidan zarur huquqiy choralar ko‘riladi.

Biz har doim ochiqlik, ishonch va faktlarga tayangan muloqot tarafdorimiz. Shu sababli, asossiz axborot tarqatgan blog mualliflarini jamoatchilik oldida rasmiy ravishda uzr so‘rashga chaqiramiz.

Toshkent davlat tibbiyot universiteti matbuot kotibi - Gulchexra Mirzayeva

So‘nggi kunlarda internet nashrlarida, jumladan (The New Indian Express va Dayro.uz) tomonidan tarqatilgan “Hindiston ta...
23/07/2025

So‘nggi kunlarda internet nashrlarida, jumladan (The New Indian Express va Dayro.uz) tomonidan tarqatilgan “Hindiston talabalarni O‘zbekistondagi tibbiy oliygohda o‘qimaslikka chaqirdi” sarlavhali maqolada yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.

1. Akademik va klinik standartlarga rioya qilinmoqda

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Chirchiq filiali (keyingi o‘rinlarda – Filial) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-iyuldagi PQ-244-son qaroriga asosan O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti huzurida tashkil etilgan tibbiyot fakultetini («Davolash ishi» ta’lim yo‘nalishi) yanada kengaytirish orqali tashkil etilgan.

Filial 2023-yilda yuridik tashkilot sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tgan va rasmiy guvohnomaga ega, 2024-yil dekabr oyidan to‘laqonli faoliyatini boshladi, 2024/2025 o‘quv yilidan birinchi kursga o‘qishga talabalar qabul qilindi. Hozirgi k***a 2 ta fakultetning 4 ta bakalavriat ta'lim yo‘nalishida jami 801 nafar talaba tahsil olmoqda hamda 13 ta mutaxassislik bo'yicha klinik ordinator tayyorlanmoqda. Shundan 5 nafar Hindistonlik, 1 nafar Iordaniyalik, 8 nafar Pokistonlik va 7 nafar Misrlik xorijiy talabalar tahsil olmoqda.

Filialda ta’lim jarayoni O‘zbekistonda amaldagi tibbiy ta’lim standartlari hamda Jahon tibbiy ta’lim federatsiyasi (WFME) talablariga mos keladigan xalqaro talablarga javob beradigan va xalqaro akkreditatsiyadan o'tgan zamonaviy o‘quv dasturlari, simulyatsion markazlar va 10 ga yaqin Toshkent viloyati va Chirchiq shahrida joylashgan o'quv klinik amaliyot bazalari mavjud bo‘lib, talabalar ushbu muassasalarda malakali mutaxassislar rahbarligida ta’lim olishmoqda.

Ma'lumot uchun Filiali Butunjahon tibbiy ta’lim federatsiyasi (World Federation for Medical School) hamda Xalqaro tibbiy ta'limni rivojlantirish jamg'armasi (Foundation for Advancement of International Medical Education) tomonidan tashkil etilgan Jahon tibbiyot maktablari katalogi (The World Directory of Medical Schools) ro’yhatidan joy olgan.

2. Infratuzilma va moddiy-texnika bazasi

Filialda zamonaviy infratuzilma, laboratoriyalar, elektron ta’lim platformalari, axborot-resurs markazi (kutubxona) va talabalar turar joylari barcha sharoitlar bilan ta’minlangan.

3. Talabalar uchun ochiq va shaffof muhit yaratilgan

Filial faoliyatida shaffoflik, akademik erkinlik va talabalar huquqlarini himoya qilish ustuvor hisoblanadi. Hech qanday bosim yoki majburlash holatlariga yo‘l qo‘yilmaydi. Barcha o‘qish shartlari, to‘lov miqdori va akademik talablar rasmiy manbalar orqali ochiq e’lon qilinadi.

4. Xalqaro hamkorlik va talabalar kontingenti

Filialida hozirda Hindistondan kelgan ko‘plab talabalar muvaffaqiyatli tahsil olib bormoqda. Ular uchun maxsus adaptatsiya dasturlari, ingliz tilida o‘qitish guruhlari va klinik amaliyot tashkil qilingan. Filial xalqaro hamkor universitetlar va tibbiy markazlar bilan ham faol ish olib bormoqda.

5. Hindiston MTK bilan ochiq muloqotga tayyormiz

Filial Hindiston Milliy tibbiy komissiyasi (NMC) tomonidan bildirilgan ma'lumotlar joyda o'rganishlarga asoslanmaganligi va bildirilgan xavotirlarga jiddiy yondashadi hamda har qanday tekshiruv va muloqot uchun ochiq ekanligini ma’lum qiladi. Biz ikki mamlakat o‘rtasidagi ta’lim sohasidagi hamkorlikni mustahkamlashdan manfaatdormiz.

Xulosa:

Yuqoridagi asossiz ma’lumotlar orqali universitet filiali obro‘siga zarar yetkazish harakatlarini qoralaymiz va xalqaro hamjamiyat, ayniqsa Hindistondagi talabalar va ularning ota-onalariga ishonch bilan ma’lum qilamizki, Toshkent davlat tibbiyot universiteti Chirchiq filialida tibbiy ta’lim sifati va xalqaro standartlarga muvofiqlik doimiy ravishda ta’minlanadi.

ToshDavTU Chirchiq filiali matbuot xizmati

📌  Prezident tashabbusi bilan boshlangan “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazis...
18/07/2025

📌

Prezident tashabbusi bilan boshlangan “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, sog‘lomlashtirish va kasb-hunarga yo‘naltirish ishlari olib borilmoqda.

🏟 Toshkent davlat tibbiyot universitetidagi Shifokor sport majmuasida chora-tadbirlar rejasi asosida sport to‘garaklari tashkil etildi.

⚽️🥋 Ayni paytda universitet atrofidagi Xislat, Jiydali va Shifokorlar mahallalaridan 100 nafar yosh futbol, 30 nafari esa karate to‘garagida professional murabbiylar bilan shug‘ullanmoqda.

🎯 Loyiha yoshlarni band qilish, sog‘lom va vatanparvar avlodni tarbiyalashga xizmat qilmoqda.

16/07/2025

🇲🇾🤝🇺🇿 | Toshkent davlat tibbiyot universitetiga Malayziya delegatsiyasi tashrif buyurdi

⏺Bugun Toshkent davlat tibbiyot universitetida Malayziyaning Advance Pact Sdn Bhd tashkiloti delegatsiyasi mehmon bo‘ldi.

🔘Mehmonlarni universitet rektori, professor Shuhrat Boymuradov samimiy kutib oldi.
Uchrashuv davomida tomonlar tibbiy ta’lim, ilmiy hamkorlik va sog‘liqni saqlash sohasidagi innovatsion loyihalarni yo‘lga qo‘yish masalalarini muhokama qildilar.

🔘Mazkur tashrif ikki davlat o‘rtasidagi tibbiy hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qilishi kutilmoqda.

Address

Forobiy Ko'chasi 2
Tashkent
100109

Opening Hours

Monday 08:00 - 18:00
Tuesday 08:00 - 18:00
Wednesday 08:00 - 18:00
Thursday 08:00 - 18:00
Friday 08:00 - 18:00
Saturday 08:00 - 15:00

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Toshkent davlat tibbiyot universiteti posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The Practice

Send a message to Toshkent davlat tibbiyot universiteti:

Share