19/06/2022
TANISHAMIZMI?
1. Men Yulduzxon Habibullayeva, 27 yoshman, turmushga chiqmaganman.
2. Kasbim - PEDAGOG (Ingliz tili), PSIXOLOG, PSIXOANALITIK, NEYROGRAF, YOGINI.
3. Mutahassislik bo'yicha 2017-yil Urganch Davlat Universitetining Ingliz tili yo'nalishi, 2020-yili esa Pedagogika va Psixologiya yo'nalishini tamomlab diplomni 2 ta qilganman)
4. Psixologiya faniga qiziqish bolaligimdan boshlangan. Lekin aynan 2015-yildan boshlab Amaliy psixologiya orqali bu fanni chuqur o'rganishni boshlaganman. Va haligacha davom etadigan o'zimning shaxsiy rivojlanishim ustidagi mehnat ham aynan o'sha yili boshlagan.
5. Psixologlik faoliyatimni 2019-yil "MASTER KIT" Ong va Ongosti programmalarini o'zgartirish metodikasi orqali shaxs transformatsiyasini ta'minlovchi kompaniyaga biznes hamkor va psixologlik huquqi orqali boshlaganman.
2020-yil din va ezoterikaga asoslangan bilimlarimni kengaytirish orqali faoliyatimni kengaytirdim.
6. Asosiy ustozlarim ko'p. Couch va konsultatsiyalar o'tkazish bo'yicha ustozlarim: Mushtariy Yuldasheva, Nargiz Sattarova, Светлана Керимова.
7. Yolg'iz qolganimda komediya va Ong o'stiruvchi, qahramonlik haqidagi filmlarni tomosha qilishni yaxshi ko'raman.
8. Bolalikdan badiiy asarlarni ko'p o'qiganim uchun ochig'i ulardan juda charchaganman. Kitoblardan faqat biznes, shaxsiy rivoj, kvant fizikasi, NLP haqidagilarini sevib o'qiyman.
9. Insonlardagi soxtaliklarsiz tabiiylik va 'ekologik toza' yumorni juda qadrlayman.
10. Tabiatni, jonivorlarni judayam yaxshi ko'raman💜
11. Mazza qilaman: couch va konsultatsiyamga, kurslarimga kelgan o'quvchilarim hayotidagi soxta o'yinlardan chiqib, ko'zlarida quvonch bilan natijalarini bo'lishishganida!
12. Hayotimdagi menga quvonch beradigan asos: doim qobiliyatlarimni ochib borish va uni o'zimdan tashqari boshqalarning ham rivojiga hissa qo'shishidan rohatlanish!
Men ham Sizlar bilan tanishishni juda istardim!😊
Albatta o'qiyman, yozing!Siz kimsiz va nimalarga qiziqasiz?