Zomin Shifo

Zomin Shifo "Azim Zomin Shifo" — Kardiologiya, urologiya, ginekologiya, asab tizimi (funksional) kasalliklarin

🏆 106 ta nomzod orasida "Azim Zomin Shifo" 1-o'rinda!O'zbekiston Respublikasi Tibbiy turizm assotsiatsiyasi tomonidan o'...
06/01/2022

🏆 106 ta nomzod orasida "Azim Zomin Shifo" 1-o'rinda!

O'zbekiston Respublikasi Tibbiy turizm assotsiatsiyasi tomonidan o'tkazilgan tibbiy turizm va tibbiy xizmatlar eksporti bozori qatnashchilari "Medical Tourism Index - 2021" birinchi Respublika tanlovining "Eng yaxshi veb-sayt" nominatsiyasida 106 ta nomzod ichidan "Azim Zomin Shifo" sog'lomlashtirish va dam olish maskani 🥇 1-o'ringa loyiq deb topildi.

Ushbu e'tirofda maskanimizda faoliyat yuritayotgan har bir xodimning alohida hissasi bor. Qolaversa, xizmat ko'rsatish sifatini yanada oshirishimiz uchun bu ham bir turtki bo'lib xizmat qiladi.

Bizni kuzatishda davom eting ⤵️
🌐 2021-yilning eng yaxshi veb-sayti: zominshifo.uz

🪵 "Kedr bochkasi" — Buni albatta sinab ko'rishingiz kerak!Qadim zamonlardan beri sharq tabobatida qo'llaniladigan kasall...
22/12/2021

🪵 "Kedr bochkasi" — Buni albatta sinab ko'rishingiz kerak!

Qadim zamonlardan beri sharq tabobatida qo'llaniladigan kasalliklarni davolash va oldini olishning an'anaviy usuli — Kedr bochkasi yoki boshqacha qilib aytganda "fitosauna".

Kedr bochkasining noyob samaradorligi fizioterapevtik va fitoterapevtik murakkab ta'sirlar bilan izohlanadi. So'nggi yillarda ushbu davolash usuli anchayin ommalashdi.

Kedr bochkasi orqali davolash ushbu maqsadlarda qo'llaniladi:

▫️Bo'g'imlarning holatini yaxshilash;
▫️Immunitetni yaxshilash;
▫️Terini silliq va elastik qilish;
▫️ Inson tanasining umumiy holatini yaxshilash;
▫️Tanani toksinlardan tozalash;
▫️ Terining o'tkazuvchanligini oshirish;
▫️Ortiqcha vaznni olib tashlash;
▫️Tsellyulitni yo'q qilish.

Kedr bochkasining yuqoridagi samarali xususiyatlaridan kelib chiqib, ✅ "Azim Zomin Shifo" sizlarga davolashning aynan shunday usulini taqdim etadi.

🌐 Rasmiy saytimiz: zominshifo.uz

🧭  Nima uchun aynan bizni tanlashingiz kerak?Insonlar o'z yaqinlari uchun doimo eng yaxshilarini ilinadilar. Biz ham siz...
10/12/2021

🧭 Nima uchun aynan bizni tanlashingiz kerak?

Insonlar o'z yaqinlari uchun doimo eng yaxshilarini ilinadilar. Biz ham sizni yaqin olib, nima sababdan bizning sog'lomlashtirish va dam olish maskanimizni tanlashingiz borasida quyidagi tavsiyalarni berib o'tmoqchimiz:

▫️Toza havo
Zomin tog'larining sof havosi sizga yangi ishtiyoq baxsh etadi;

▫️Shinam xonalar
Barcha qulayliklarga ega shinam xonalar va oilaviy dam oluvchilar uchun kottedjlar;

▫️Mazali taom
Foydali vitamin va ozuqalarga boy, mazali parxez taomlari 3 mahal siz uchun;

▫️Malakali shifokorlar
Urolog, Kardiolog, Nevropatolog, Ginekolog, stomatolog va Endokrinolog xizmatlari;

▫️Fizioterapevtik muolajalar
Maskanimizdagi muolajalar sog'lig'ingizni yaxshilashga xizmat qiladi;

▫️Laboratoriya diagnostikasi
Zamonaviy texnologiyalar asosida tananing holati va jarayoni haqida aniq ma'lumotlar taqdim etiladi.

✅ "Azim Zomin Shifo" haqida batafsil ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizda ham tanishasiz.

✅ "Azim Zomin Shifo" O'zbekiston-360 virtual sayohat saytida!🌍 O'zbekiston-360 virtual sayohat saytiga bizning dam olish...
13/02/2021

✅ "Azim Zomin Shifo" O'zbekiston-360 virtual sayohat saytida!

🌍 O'zbekiston-360 virtual sayohat saytiga bizning dam olish maskanimiz ham joylashtirilgan bo'lib, qiziqish bildirganlar uydan chiqmagan holda "Azim Zomin Shifo" dam olish va sog'lomlashtirish maskaniga g'oyibona sayohatni amalga oshirishlari mumkin.

Afsuski ushbu sayt hali hidlarni yetkazishni yo'lga qo'ymagan, aks holda siz Zomin archalarining o'zgacha hidini his qilgan bo'lardingiz 😊.

🔗 Ushbu havola orqali bizni ko'rishingiz mumkin: uzbekistan360.uz/uzb/location/1Hgm

Qolgan barcha yangiliklarni esa ijtimoiy tarmoqlarimizda kuzatib boring.

🌐 Rasmiy saytimiz: zominshifo.uz

🗻 Davolashning "Tuzli g'or" usulini esh*tganmisiz?Tuz bilan davolash ya'ni sun'iy mikroiqlim, galoterapiya xalqimiz oras...
04/02/2021

🗻 Davolashning "Tuzli g'or" usulini esh*tganmisiz?

Tuz bilan davolash ya'ni sun'iy mikroiqlim, galoterapiya xalqimiz orasida "Tuzli g'or" nomi bilan tanilgan bo'lib, bu usul nafas yo'llari kasalliklarini davolash va oldini olishda yaxshi natija beradi.

🧬 Rinit, rinofaringit, traxeit, bronxit, surunkali bronxit, bronxial astma, surunkali obstruktiv bronxit va boshqa ko'plab nafas yo'llari kasalliklarini aynan galoterapiyada davolash mumkin.

✅ Yuqorida tilga olingan nafas yo'llari kasalliklari nomi sizga yaxshigina tanish bo'lsa, "Azim Zomin Shifo" maskaniga kelib ularni butunlay unutishingiz mumkin.

"Tuzli g'or"ning ijobiy ta'siri, kimlarga tavsiya etilishi va kimlarga man etilganligi haqida batafsil ushbu havolada:
🔖 (https:// telegra. ph/Azim-Zomin-Shifo--Tuz-bilan-davolash-Suniy-mikroiqlim-Galoterapiya-02-04)

(Post rasmi vizual tasavvurni shakllantirish maqsadida qidiruv tizimlaridan olindi)

🌐 Qo'shimcha ma'lumotlar ushbu saytda: zominshifo.uz

🎉 1-fevral — Xalqaro Hijob kuniBilasizmi? 2013-yildan buyon 1-fevral sanasi dunyoda Xalqaro Hijob kuni sifatida nishonla...
01/02/2021

🎉 1-fevral — Xalqaro Hijob kuni

Bilasizmi? 2013-yildan buyon 1-fevral sanasi dunyoda Xalqaro Hijob kuni sifatida nishonlanadi. Birinchi marta Butunjahon Hijob kuni Nyu-York shahrida istiqomat qiluvchi Nozima Xonning tashabbusi bilan oʻtkazilgan. Bugungi kunga kelib Butunjahon hijob kuni dunyoda ommalashib bormoqda.

🧕 Hijob kiyish – allaqanday oqimlarga oidlikning belgisi emas, balki Alloh taolo bandalariga farz qilib qo‘ygan Namoz kabi Alloh bergan hadsiz ne’matlarga bandasining shukronasi hamdir.

✅ Maʼlumot uchun, "Azim Zomin Shifo" maskanida ham Namozxon dam oluvchi va davolanuvchilar uchun maxsus Namozxonalar tashkil etilgan boʻlib, ushbu amalni bekamu-koʻst bajarishlari uchun barcha qulayliklar yaratilgan va bu boʻyicha hech qanday muammo yoʻq.

Ijtimoiy tarmoqlarda bizni kuzatishda davom eting.

🌐 Kerakli barcha ma'lumotlar esa ushbu saytda: zominshifo.uz

📶 Bizning Wi-Fi bu — sizning Wi-Fi!Butun maskan hududini bepul Wi-Fi kezib yurgan shunday bir paytda, uyda yotishingiz n...
31/01/2021

📶 Bizning Wi-Fi bu — sizning Wi-Fi!

Butun maskan hududini bepul Wi-Fi kezib yurgan shunday bir paytda, uyda yotishingiz nimasi?! O'rta Osiyo bo'yicha eng yuqori tezlikdagi internet bizda bo'lsa ... bo'ldi Ahad Qayumni boshqa aralashtirmaymiz 😅.

✅ "Azim Zomin Shifo" sihatgohida avval ham xabar berganimizdek, dam olish xonalarimiz va oilaviy dam olishga mo'ljallangan kottedjlarimiz yuqori sifatdagi xizmat ko'rsatish va barcha zamonaviy qulayliklarga ega. Ushbu komfort sharoitlar oldida bepul Wi-Fi dengizdan bir tomchi bo'lsada, unga alohida to'xtalishga qaror qildik.

📲 Internetsiz, ijtimoiy tarmoqlarsiz o'zini tasavvur qila olmaydigan barchamiz uchun maskanimizdagi Wi-Fi to'lqinlari ayni muddao bo'lsa kerak. Behijolat tashrif buyurishingiz mumkin!

Ijtimoiy tarmoqlardan, bizni kuzatib borish orqali, o'z foydangiz uchun foydalaning.

🌐 Web saytimiz ham siz uchun foydali: zominshifo.uz

⏲ Samarali "УЗИ" maskanimizning barcha dam oluvchilari uchun!UTT (Ultratovushli tahlil) ya'ni o'zbekcha qilib aytganda, ...
26/01/2021

⏲ Samarali "УЗИ" maskanimizning barcha dam oluvchilari uchun!

UTT (Ultratovushli tahlil) ya'ni o'zbekcha qilib aytganda, УЗИ (Ультразвуковое исследование) 😉

✅ "Azim Zomin Shifo" sog'lomlashtirish va dam olish maskanida keng qamrovli yangi texnologiyalar asosida quyidagi ultratovush tekshiruvlari o'tkaziladi:
➖Buyrak;
➖Prostata bezi;
➖Siydik qopi;
➖Jigar va o't qopi;
➖Oshqozon osti bezi;
➖Taloq;
➖Bachadon, tuxumdon;
➖Sut bezlari;
➖Qalqonsimon bez;
➖ЭХОКС - лорат УЗИ.

Tekshiruvlar uchun ultratovush apparati 4 turdagi datchiklar bilan jihozlangan:
▪️Kardiologik
▪️Chiziqli
▪️Konveksli
▪️Qin ichi (Вагинальный)

⚠️ Tekshiruvlar o'z ishining malakali mutaxassislari tomonidan amalga oshiriladi.

O'zingizni qiziqtirgan har qanday savolingizni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifamiz orqali yuborishingiz mumkin.

🌐 Ultra aniqlikda ishlovchi sayt: zominshifo.uz


🌿 Davolashning tabiat bilan uyg'unligiFizioterapiya — yunon tilidan tarjima qilinganda "physis" - tabiat, "therapy" - da...
24/01/2021

🌿 Davolashning tabiat bilan uyg'unligi

Fizioterapiya — yunon tilidan tarjima qilinganda "physis" - tabiat, "therapy" - davolamoq so'zlarining birlashmasi bo'lib, klinik tibbiyotning bir sohasi hisoblanadi. Bu usul yordamida tabiiy tarzda quyosh nuri, havo, suv, shifobaxsh balchiq va sun'iy tarzda elektr toki, magnit maydoni, sun'iy yorug'lik manbalari, ultratovush va boshqalar bilan davolash-profilaktika ishlari amalga oshiriladi.

✅ "Azim Zomin Shifo" sog'lomlashtirish va dam olish maskanida ham yuqoridagi davolash usullaridan keng foydalanib kelinmoqda.

Maskanimiz fizioterapevtik muolajalarining foydali jihatlarini bizda davolanuvchi mijozlarimiz ham ijobiy 👍 baholashadi. Bizda mavjud fizioterapevtik muolajar ro'yxati bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin: telegra. ph/Azim-Zomin-Shifo---Fizioterapevtik-muolajalar-royxati-01-24

Dam olish va salomatlikni yaxshilash bo'yicha tavsiyalarimizni ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz orqali kuzatib boring.

🌐 Foydali saytni esa bilasiz: zominshifo.uz

Oddiy xonaning o'zi yo'q. Bizda bori "Люкс" va "Полулюкс"! 😎✅ "Azim Zomin Shifo" zamonaviy sog'lomlashtirish va dam olis...
23/01/2021

Oddiy xonaning o'zi yo'q. Bizda bori "Люкс" va "Полулюкс"! 😎

✅ "Azim Zomin Shifo" zamonaviy sog'lomlashtirish va dam olish maskanining barcha xonalari shinam (люкс) va yarim shinam (полулюкс) xonalar bo'lib, ular ikki va uch o'ringa mo'ljallangan. 👨‍👩‍👧‍👦 Qolaversa oilaviy dam olishga kelishni xohlovchilar uchun uch va besh o'rinli maxsus kottedjlarimiz ham mavjud bo'lib, u yerda oilangiz bilan o'zingizni huddi o'z uyingizdagidek his etasiz.

Xonalarda barcha qulayliklar, jumladan, SmartTV, bepul Wi-Fi, muzlatgich ... va hattoki elektr choynak 😄 ham mavjud.

Qulayliklarimizni batafsil ta'riflashni uddalay olmayapmiz, ijtimoiy tarmoqlarimizni kuzatib boring, to'liq tanishtirib boramiz.

🌐 Ma'lumot olish uchun qulay sayt: zominshifo.uz

🍃 Har dardga davo — Fitobar!Dorivor oʻsimliklar asosida tayyorlanuvchi shifobaxsh choy va sharbatlarimiz sizga albatta y...
21/01/2021

🍃 Har dardga davo — Fitobar!

Dorivor oʻsimliklar asosida tayyorlanuvchi shifobaxsh choy va sharbatlarimiz sizga albatta yoqadi. Jumladan, Naʼmatak, Doʻlana, Arslonquyruq, Qoʻshtirnoq guli, Moychechak, Qora qiz kabi giyohlarning damlamalari sizning salomatligingizni mustahkamlashda yordam beradi.

🍹 Fitobarimizning asoslaridan biri bu — kislorodli kokteyl boʻlib, u quyidagi foydali hususiyatlarga ega:

➖Qon aylanishini yaxshilaydi;
➖Arterial bosimni moʻtadillashtiradi;
➖Qonni toksinlardaan tozalaydi;
➖Atrof-muhitning zararli taʼsirlarini kamaytiradi;
➖Gipoksiyani bartaraf qiladi, ishchanlik qobiliyatini oshiradi;
➖Modda almashinuv jarayonini tezlashtiradi;
➖Ovqat hazm qilishni yaxshilaydi;
➖Bosh ogʻrigʻini bartaraf qiladi, xotirani yaxshilaydi;
➖Surunkali charchoqni yoʻqotadi, uyquni yaxshilaydi;
➖Qarish jarayonini sekinlashtiradi, teri tonusini oshiradi;
➖Gripp profilaktikasida samarali yordam beradi.

⏰ Soat 08:00 dan 17:00 gacha maskanimizning barcha dam oluvchi va davolanuvchilari uchun Fitobar xizmatda.

20/01/2021

Maskandagi muolajalar sizni kardiologiya, urologiya, ginekologiya va asab tizimi kasalliklaridan qutqarishda ko'maklashadi.

♻️ Fizioterapiya, suv bilan davolash, sun'iy-marvaridli, yod-bromli, igna bargli vannalar hamda sauna.

🩺 Tashxis qo'yish uchun zamonaviy tibbiy uskunalar ham yetarlicha.

"Azim Zomin Shifo" — uzoq umr ko'rish sirlari yashiringan manzil!

 ✅ Men qoldirib ketayotgan zo'r tabiblarimning biri – tozalik, ikkinchisi – parhez, uchinchisi – badantarbiya, qolganlar...
20/01/2021



✅ Men qoldirib ketayotgan zo'r tabiblarimning biri – tozalik, ikkinchisi – parhez, uchinchisi – badantarbiya, qolganlari – mijoz bilan kayfiyatdir.

(c) Abu Ali Ibn Sino

🔬 Eng yangi tadqiqot usullari orqali sogʻligʻingizni mustahkamlaymiz!Laboratoriya tashxisi tibbiyotning asosiy qismlarid...
19/01/2021

🔬 Eng yangi tadqiqot usullari orqali sogʻligʻingizni mustahkamlaymiz!

Laboratoriya tashxisi tibbiyotning asosiy qismlaridan biri boʻlib, uning yordamida oʻz vaqtida tibbiy yordam koʻrsatiladi.

✅ "Azim Zomin Shifo" sogʻlomlashtirish va dam olish maskani laboratoriya xonasida qisqa vaqt ichida, eng zamonaviy texnologiyalar asosida tananing holati va jarayoni haqida aniq va sifatli maʼlumotlar taqdim etiladi.

Bizning laboratoriyamizda oʻz sohasining tajribali mutaxassislari, eng yangi tadqiqot usullari va ilgʻor texnologiyalardan foydalangan holda tahlil natijalarining sifatliligini taʼminlaydilar.

Va albatta ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimizni kuzatishda davom eting.

🌐 Barcha tekshiruvlardan muvaffaqiyatli oʻtgan sayt: zominshifo.uz

🍲 Oshxonamizga marhamat!Boʻsh qop tik turmasligi haqida och qoringa oʻylash umuman odamga yoqmasligini hisobga olib, bug...
18/01/2021

🍲 Oshxonamizga marhamat!

Boʻsh qop tik turmasligi haqida och qoringa oʻylash umuman odamga yoqmasligini hisobga olib, bugun maskanimizning oshxonasi haqida maʼlumot beramiz.

🍽 Bizning mini restoran 85 oʻringa moʻljallangan boʻlib, qoʻli shirin oshpazlarimiz tomonidan har bir dam oluvchining tibbiy holatidan kelib chiqqan holda, 3 mahal, mazali parhez taomlari bilan ta'minlanadi.

❕Eʼtibor berishingizni soʻrardikki, bizda takrorlanuvchi menyu mavjud emas. Bu degani 7 kun, 7 xil menyuda taomlar tortiq qilinadi. Ming marta esh*tgandan bir marta yeb koʻrgan maʼqul deganlaridek, kelsangiz koʻrasiz.

Aytgancha, mijozlar buyurtmasi asosida taomlar ham tayyorlab beriladi. Masalan, payshanba kuni kechga 4-stol Qozon kabob buyurtma qildi. ✔️ Muammo yoʻq!

⚪️ Oshqozoningiz sizni yana qandaydir savollar berishga undayotgan boʻlsa, bemalol ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz orqali bizga bogʻlanishingiz mumkin.

🌐 Foydali sayt manzili esa oʻzgarmadi: zominshifo.uz

#зомин #замин

👩🏻‍⚕️ Issiq joningizni yuqori malakali shifokorlar nazoratiga topshiring!✅ "Azim Zomin Shifo" sog'lomlashtirish va dam o...
11/01/2021

👩🏻‍⚕️ Issiq joningizni yuqori malakali shifokorlar nazoratiga topshiring!

✅ "Azim Zomin Shifo" sog'lomlashtirish va dam olish maskanida tom ma'nodagi Ibn Sino avlodlari sizning sog'ligingiz haqida qayg'urishadi.

Bizning maskanda quyidagi yo'nalishlar bo'yicha o'z ishining ustalari faoliyat yuritib kelmoqda:

🔹Urolog 🔹Kardiolog
🔹Nevropatolog 🔹Ginekolog
🔹Stomatolog 🔹Endokrinolog

So'z isboti bilan deganlaridek, har bir shifokorning shaxsi va kasbiy malakalari bilan tanishtiramiz. Siz esa bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatishda davom eting.

🌐 O'z salomatligiga befarq bo'lmaganlar uchun sayt: zominshifo.uz

09/01/2021

🏞 «Oʻzbekiston Shveysariyasi»da dam olishga nima deysiz?

Shveysariya oʻzining ajoyib tabiati va banklari bilan mashhur. U yerdagi togʻlarni koʻrish uchun sayyohlar anchagina yo'l bosishadi. Aksariyat badavlat insonlar esa oʻz mablagʻlarini ushbu mamlakat banklarida saqlashadi. U banklar haqida hech narsa deya olmaymiz ammo tabiati haqida ikki oʻgʻiz fikrimiz bor, yaʼni, ushbu muhit oʻzimizda ham mavjud:

🌊 Dengiz sathidan 2500 metr balandlik, betakror tabiat, qalin archazorga burkangan togʻlardan tushayotgan zilol suv va shifobaxsh buloqlar... Xushboʻy oʻtlarning har biri qaysidir kasallikka shifo.

🏔 Ana shunday kishini sehrlab qoʻyadigan goʻzallikka boy va shifobaxsh maskanda joylashgan «Azim Zomin Shifo» sanatoriyasida dam olishni endi bir tasavvur qilib koʻryapsizmi!?

Tasavvuringizni kengroq olishingiz uchun ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimizni kuzatib borganingiz maʼqul.

🏦 Shveysariya banklaridek ishonchli sayt: zominshifo.uz

#замин

🏔 Zominga keling!Zomin. Bu so'zni esh*tishingiz bilan tabiiyki, so'lim tabiat, dam olish maskanlari, baland tog'lar va a...
07/01/2021

🏔 Zominga keling!

Zomin. Bu so'zni esh*tishingiz bilan tabiiyki, so'lim tabiat, dam olish maskanlari, baland tog'lar va albatta sanatoriya ko'z oldimizdan o'tadi.

✅ Tabiat qo'ynida dam olish bilan birgalikda o'z sog'lig'ingizni ham yaxshilab olishingiz mumkin bo'lgan ushbu tumanda ekansiz, albatta borishingiz kerak bo'lgan bir maskan bor — "Azim Zomin Shifo" dam olish va sogʻlomlashtirish maskani.
Ushbu joy Jizzax viloyati Zomin tumanining soʻlim tabiat qoʻynida joylashgan boʻlib, oʻz ish faoliyatini 2017-yil iyun oyidan beri davom ettirmoqda.

⁉️ Nimaga aynan biz? Nima uchun aynan "Zomin Shifo"? Bu kabi savollarga javob olish va bunday savollarga o'rin qoldirmaslik uchun bizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimizni kuzatib borishingizni tavsiya qilamiz.

🌐 Sog'lig'ingiz uchun foydali sayt: zominshifo.uz

Address

Qo'riq Massivi
Zomin
130800

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Zomin Shifo posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The Practice

Send a message to Zomin Shifo:

Share

Share on Facebook Share on Twitter Share on LinkedIn
Share on Pinterest Share on Reddit Share via Email
Share on WhatsApp Share on Instagram Share on Telegram