dmclinicberuniy

dmclinicberuniy Смотри на Мир - с любовью!
Ваша клиника "DMC"
Мы на связи: (61) 524 50 03

Kataraktaning oldini olishda muhim tavsiyalar!Katarakta alomatlarini minimallashtirish uchun siz muntazam ravishda, ayni...
28/02/2022

Kataraktaning oldini olishda muhim tavsiyalar!

Katarakta alomatlarini minimallashtirish uchun siz muntazam ravishda, ayniqsa qarilik davrida, 👨🏻‍⚕️shifokoringizga murojaat qilishingiz kerak.

📌Quyidagi maslahatlar katarakta rivojlanish xavfini kamaytirishga yordam beradi:

🚬Chekishni tashlash: Chekish ko’plab ko’z kasalliklarini rivojlanish xavfini oshiradi va katarakta xavfini 3 baravar oshiradi. Bundan tashqari, chekuvchilar katarakta alomatlarini boshqalardan ko’ra erta his qilishlari mumkinligi haqida dalillar mavjud.

🍲Ovqatlanish: Sog’lom ovqatlanish, kasallik, shu jumladan ko’rish muammolari xavfini kamaytiradi. Sog’lom ovqatlanish ko’plab meva, sabzavot, donli don, qayta ishlanmagan uglevodlar va yuqori sifatli yog’lardan iborat.

🤐Semirib ketish va qandli diabet: Semirib ketish katarakta rivojlanish xavfi bo’lgan 2-toifa diabet rivojlanish xavfini sezilarli darajada oshiradi. Sog’lom vaznni saqlash va diabetni nazorat qilish ushbu xavfni kamaytirishga yordam beradi.

⚡️Kataraktalardan himoya qilishga yordam beradigan boshqa omillar:

☑️Quyosh nurlari ostida ultrabinafsha nurlanishiga to’sqinlik qiladigan ko’zoynak
☑️8 soatlik yaxshi uxlash
☑️Boshqa yomon odatlardan voz kechish
☑️Ko’z mashqlari

☎️Ko'rikka yozilish uchun telefon: (61)524- 50-03; 55 103 50 03
📍 Manzil: Beruniy tumani, Kat ko'chasi
📌 Mo'ljal: Paxta tozalash zavodi ro'parasi.

Burun qonaganda birinchi tibbiy yordam ko'rsatish.Faoliyati davomida tabiiy ravishda burni qonamagan odam bo'lmasa kerak...
21/02/2022

Burun qonaganda birinchi tibbiy yordam ko'rsatish.

Faoliyati davomida tabiiy ravishda burni qonamagan odam bo'lmasa kerak. O'sha paytda ko'pchilik boshni ortga tashlashni maslaxat berishadi. Burundan qon ketganda boshni ortga tashlash mumkin emas! Aksincha, boshni va tanani biroz oldinga egish, burunni siqish kerak. Burun sohasiga muz bosish zarur.

Burundan qon ketishi shifokor kelgunga qadar to‘xtatsa ham bo‘ladi, uning uchun quyidagi manipulyatsiyalarni qadamma qadam bajarish kerak:

☑️Birinchi navbatda odamni o‘tqizish va boshini biroz oldinga egish kerak, shunda qon oqishini ta’minlaysiz. Agar bemor o‘tirishga holi bo‘lmasa, uni yotqizib boshini balandroq qilish va boshini yon tomonga qaratib qo‘yish zarur.

☑️Toza havo kirishini ta’minlash zarur (oynani ochish, yoqa tugmalarini bo‘shatish).

☑️Burun sohasiga muz solingan haltachalar qo‘yish, agar qon ketishi to‘xtamasa, yengilgina muz bilan burunni siqish (5-10 daqiqa davomida) kerak. Burunni qoqish mumkin emas. Og‘iz bo‘shlig‘iga tushgan qonni, shunchaki, tuflab tashlash lozim.

☑️Agar yuqorida sanab o‘tilgan chora tadbirlar yordam bermasa paxta yoki steril bint bilan tomponada qilish mumkin. Bintni 1,5 % li vodorod peroksidi eritmasiga shimdirish yoki qon tomirni toraytiruvchi preparatlar Sanorinom, Naftizin, Tizin bilan ho‘llab, uni qon to‘xtagunga qadar burunga joylashtirib qo‘yish kerak.

☑️Agar qon ketishi shilliq qavatlarning qurishi bilan kechayotgan bo‘lsa, tamponni vazilin bilan shimdirish kerak. Shilliq qavat yumshashi qon ketishini to‘xtatadi.

☑️Agar burundan qon ketishi issiq urishi bilan boshlangan bo‘lsa, bemorni salqin xonaga, shamol aylanishi yaxshi bo‘lgan joyga o‘tqizib, peshona, yuz sohalariga namlangan sochiqchalar qo‘yish, burunga esa muz bosish zarur.

Burunning shikastlanishidan anatomik tuzilishi buzilishi natijasida ko‘p qon yo‘qotganda, o‘zingiz to‘xtatishga harakat qilishingizga qaramay qon oqishda davom etaversa, zudlik bilan shifokorga murojaat qilish kerak. Burun sohasiga esa vaqtinchalik muz qo‘yish lozim.

☎️Ko'rikka yozilish uchun telefon: (61)524- 50-03; 55 103 50 03
📍 Manzil: Beruniy tumani, Kat ko'chasi
📌 Mo'ljal: Paxta tozalash zavodi ro'parasi.

Baland 🎧musiqa eshtish qobiliyati uchun xavflimi?Kattalar sizga 🎧"muzikang"ni pastroq qo'ygin, bo'masam, "garang" bo'lib...
19/02/2022

Baland 🎧musiqa eshtish qobiliyati uchun xavflimi?

Kattalar sizga 🎧"muzikang"ni pastroq qo'ygin, bo'masam, "garang" bo'lib qolasan, deyishsa ham e'tibor qilmagandirsiz. Bugun siz bilan baland 🎧musiqa 👂qulog'ingizga qanday ta'sir qilishi haqida aytmoqchimiz.

👂Quloqqa kuchli tebranishlar bosim o‘tkazadi!

Bir necha mikrosiniyalar ichida tashqi 👂quloq tovush to‘lqinlarini tutib oladi, ular esh*tish kanali bo‘yicha yupqa membranadan iborat quloq pardasigacha yetib keladi. 🎧Musiqa qancha baland bo‘lsa, pardalar shuncha kuchli tebranadi.

Tovush to‘lqinlari ichkariroq kiradi!

Tebranuvchi pardalar o‘rta 👂quloqning esh*tish kanallariga bosim o‘tkazadi. Ular tebranishni nariroqqa uzatadi — maxsus suyuqlik ularni ichki 👂quloq ichida joylashgan tovush qabul qiluvchi qismga yetkazadi.

Elektr ishlab chiqariladi!

Sochli hujayralar ham tebrana boshlaydi. Ularning harakati yaqinidagi asab tolalarini o‘rab turadigan neyromediatorlarni ozod qiluvchi elektroimpulsga aylanadi.

📈Tizim haddan tashqari og‘irlikni his qiladi!

Sochli hujayralar to‘lqini ortishi natijasida paydo bo‘ladigan ortiqcha neyromediatorlar, asab to‘qimalarini bekitib qo‘yadi; oqibatda sochli hujayralar bir qismining impulsi chiqib keta olmaydi.

☎️Ko'rikka yozilish uchun telefon: (61)524- 50-03; 55 103 50 03
📍 Manzil: Beruniy tumani, Kat ko'chasi
📌 Mo'ljal: Paxta tozalash zavodi ro'parasi.

📣📣  🗓 16-17 fevral kunlari klinikamizga vitreoretinal oftalmoxirurg Nig'matov Baxodir Fayzullaevich tashrif buyurib     ...
16/02/2022

📣📣 🗓 16-17 fevral kunlari klinikamizga vitreoretinal oftalmoxirurg Nig'matov Baxodir Fayzullaevich tashrif buyurib 💥Kapsulotomiya (ikkilamchi kataraktani lazer nuri yordamida tozalash) 💥Lazer iridektomiya (glaukoma kasalliklarida ko'z ichki bosimini lazer nuri yordamida tushurish)
💥To'r parda perifik lazerkoagulyatsiyasi (miopiya yuqori darajakaruda to'r pardani lazer nuri yordamida mustahkamlash), diabetik retinopatiyalarda to'r parda lazerkoagulyatsiyasi bo'yicha bemorlarni qabul qiladi. ⚠️Unutmang o'z vaqtida aniq tashxis va davolashni o'tkazish ko'rish o'tkirligini saqlashda muhim ahamiyatga ega!

📍 Manzil" Beruniy tumani, Kat ko'chasi
📌 Mo'ljal: Paxta tozalash zavodi ro'parasi.
☎️ Murojaat uchun telefon: (61)524- 50-03

Quruq ko‘z sindromi qanday belgilar bilan namoyon bo'ladi?Quruq 👁👁ko‘z sindromining tipik simptomiga ko‘zlarning qurib q...
11/02/2022

Quruq ko‘z sindromi qanday belgilar bilan namoyon bo'ladi?

Quruq 👁👁ko‘z sindromining tipik simptomiga ko‘zlarning qurib qolishi, achishishi va ko‘zlarda “qum zarralari turgani” kabi noqulaylik sezish kiradi.
Belgilarni yana

☑️ko‘z qichishishi,
☑️tirnalgandagi his
☑️charchaganda

kelib chiqadigan ko‘z bilan bog‘liq holatlar kabi deb ta’riflasa ham bo‘ladi.

Qo‘shimcha ✡️ belgilar sifatida

☑️og‘riq,
☑️qizarish,
☑️ko‘zda bosim oshishini ham kiritish mumkin.

Odatda ikkala 👁👁ko‘z ham zararlanadi. Ko‘zda 💧quyuq ajralmalar ajralib to‘planib qolish ham kuzatiladi. Bunga sabab 👁👁ko‘zning o‘ta qo‘zg‘aluvchanligidir. Noodatiy ko‘rinsada quruq ko‘z sindromida hatto 💧yosh ajralib chiqishi ortib ketishi ham mumkin. Ba’zida 👁ko‘zga yot jismlar tushib qolsa, yosh bezlari kuchli ishlab yosh ajralib chiqishi ko‘payadi, lekin bunday yoshning tarkibida oddiy 💧suv ko‘proq bo‘ladi. Quruq ko‘z sindromida ajralayotgan yoshning tarkibi emotsional holatlarda ajraladigan 💧yoshdan farq qiladi.

Ko‘zni yumib ochganda ko‘z olmasi yosh bilan ho‘llanib turiladi, ko‘zni ochib yumishlar soni kamayganda ko‘zning ho‘llanishi buziladi. Bunday holatlar ko‘p

☑️kitob o‘qiganda
☑️kompyuter qarshisida uzoq muddat o‘tirganda
☑️uzoq muddat avtomobil boshqarganda
☑️televizor qarshisida ko‘p vaqt o‘tirganda kuzatiladi.

Ko'z 💧yoshlari ishlab chiqarish

☑️changli
☑️shamolli
☑️tutunli (tamaki mahsulotlari tutunlari ko‘p xonada)
☑️baland joylarda,
☑️samolyotda
☑️konditsioner ostida ko‘p vaqt o‘tirganda kuchayib ketadi.

Shuningdek

☑️sovuq havoda
☑️yomg‘irli
☑️tumanli vaqtda kamayadi.

Ko‘pchilik quruq 👁👁ko‘z sindromiga duchor bo‘lgan insonlar ko‘zlarida qo‘zg‘aluvchanlik hissini sezishadi, lekin bunday holat tez o‘tib ketadi. Biroq, kasallik davolanmasa og‘ir ko‘rinishlariga o‘tib ketadi va jiddiy asoratlarga olib kelishi mumkin, masalan ko‘ruv o‘tkirligining buzilishi yoki ba’zida umuman yo‘qolishi mumkin.

Yuqoridagi belgilarni o'zingizda sezsangiz darhol 👨‍⚕️shifokor ko'rigiga yozilish maqsadga muvofiqdir.

☎️Ko'rikka yozilish uchun telefon: (61)524- 50-03; 55 103 50 03
📍 Manzil: Beruniy tumani, Kat ko'chasi
📌 Mo'ljal: Paxta tozalash zavodi ro'parasi.

Ko‘z nurini yaxshilovchi 9 mahsulotIsmaloqning  muhim ustunligi - unda antioksidant lyuteinning mavjudligidir. Ushbu  mo...
03/09/2021

Ko‘z nurini yaxshilovchi 9 mahsulot

Ismaloqning muhim ustunligi - unda antioksidant lyuteinning mavjudligidir. Ushbu modda ko‘zlarni quyosh nurining zararli ta’siridan himoya qiladi. Shuningdek, ismaloq tarkibida foliy kislotasi, beta-karotin, C, K vitaminlari, B guruhi vitaminlari, magniy va kaliy ham mavjud.

Chernika antioksidantlar, A, C vitaminlari va ruxga boy, ular yorug‘lik past sharoitlarda ko‘rishni moslashtirishga yordam beradi. Bundan tashqari, rezavorda katarakta rivojlanishiga to‘sqinlik qiluvchi YE vitamini mavjud.

Tuxum sarig‘i ikki antioksidant- lyutein va zeaksantinlarning ajoyib manbasi. Ikkala pigment ham ko‘zlarni oziqlantirishga yordam beradi, shuningdek, to‘r pardasini shikastlanishdan himoya qiladi. Bundan tashqari, tuxumda A, B2, B5, B12 va YE vitaminlari, shuningdek foliy kislotasi, selen, kalsiy, temir, kaliy, rux, magniy, to‘liq proteinlar mavjud.

Zaytun moyi tarkibida foydali to‘yinmagan yog‘ kislotalarga qo‘shimcha ravishda A va YE vitaminlari mavjud. Birinchisi ko‘rishni yaxshilaydi, ikkinchisi ko‘zlarga foydali ta’sir ko‘rsatadi.

Yog‘li baliq, ayiqsa losos, tunes, skumbriya kabi baliqlar ko‘z to‘r pardasi uchun zarur bo‘lgan to‘yinmagan omega-3 yog‘ kislotalarining ajoyib manbaidir.

Bodom tarkibida E vitamini ko‘p miqdorda. Bu to‘r pardasi emirilishining oldini oladi.

Pomidor S vitamini va likopen manbai hisoblanib, keksalarda ko‘rish qobiliyati pasayishini to‘xtatadi.

Sabzi beta-karotinga eng boy sabzavotlardan. Uning tarkibidagi A vitamini alohida e’tiborga loyiq: u to‘r pardasi degenerasiyasi xavfini 50 foizga kamaytiradi va ko‘zlarni namlaydigan modda ishlab chiqarishni ko‘paytiradi.

Brokkoli ko‘z yaxshi ko‘rishi uchun zarur bo‘lgan barcha narsalarga - lyutein, zeaksantin, B2, C vitaminlariga, shuningdek kuchli antioksidant-sulfforafanga boy. Ushbu moddalar ko‘rish qobiliyatini yoshga bog‘liq kasalliklardan himoya qiladi.

Biz bilan aloqa: (61) 524 50 03

Xurmatli obunachilar! Qadrli do'stlar!Doktor Maksudova klinikasi sizni O'zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yill...
03/09/2021

Xurmatli obunachilar! Qadrli do'stlar!

Doktor Maksudova klinikasi sizni O'zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi bilan tabriklaydi!

Sizga sihat-salomatlik, ilhom va muvaffaqiyat, oilalaringizga tinchlik, hamjihatlik, farovonlik va yaxshilik tilaymiz!
Har kuningiz quvonch va yangi yutuqlarga to'lsin va sizning xayrli ishlaringiz Vatanimiz shon-sharafini oshirsin!

Biz bilan aloqa: (61) 524 50 03

#30

Maksudova Zulfiya RuzmetovnaDMC innovatsion klinikasi asoschisi. Oftalmolog. Tibbiyot fanlari nomzodi. O’zbekiston Respu...
31/08/2021

Maksudova Zulfiya Ruzmetovna

DMC innovatsion klinikasi asoschisi. Oftalmolog. Tibbiyot fanlari nomzodi. O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan sog’liqni saqlash xodimi. Oliy toifali shifokori.

Mutaxassisligi: Oliy toifali oftalmolog
Ish tajribasi: 40 yildan ortiq
Malaka: Oliy toifali shifokori, tibbiyot fanlari nomzodi
Tahsil olgan: Toshkent davlat tibbiyot instituti

Zulfiya Ruzmetovna, 1976 yilda O’rta Osiyo tibbiyot pediatriya institutining pediatriya fakultetini pediatr mutaxassisligi bo’yicha tugatgan.

Toshkent tibbiyot malakasini oshirish instituti negizida 1980 yilda “Oftalmologiya” ixtisosligi.

1985 yil Kievdagi Respublika ko’z mikroxirurgiyasi markazida “ko’z mikroxirurgiyasi” ixtisosligi.

1990 yil “Ko’z mikroxirurgiyasi” MNTK qoshidagi “ko’z ichi linzalarini implantatsiya qilish” bo’yicha ilg’or kurslar, Moskva. Bundan tashqari, har yili MNTK malaka oshirish.

2008 yil Ufa shahrida refrakter jarrohlik bo’yicha trening (Rossiya)

2009 yil “Keratokonusni intrakorneal halqalarni kiritish bilan jarrohlik davolash”, Vena, Avstriya. U davolash usulini birinchi marta O’zbekistonda joriy etdi.

Kasbiy tajriba

1977-1981, Toshkent shahar tez tibbiy yordam klinik statsionar bo’limining bolalar bo’limi boshlig’i (GKBSMP).

1981-1985 yillarda Toshkent shahridagi GKBSMP shoshilinch oftalmologiya va ko’z travmatologiyasi bo’limida oftalmolog.

1985-2016 yillarda GKBSMP shoshilinch oftalmologiya va ko’z travması bo’limi uchun mas’ul, Toshkent shahri.

1983-2016 yillarda Toshkent shahar bosh oftalmologi

2008-2018 yy. BL LAZEROPTICA MChJ klinikasi direktori,

2018 yil mart oyidan hozirgi kungacha u asos solgan “DM Clinic” ko’p tarmoqli klinikasining direktori

Biz bilan aloqa: (61) 524 50 03

Sabzining ko'zga foydasi bor degan gap rostmi?Xalqimizda sabzining ko'zga foydasi bor degan gaplarni ko'p esh*tganmiz. Q...
31/08/2021

Sabzining ko'zga foydasi bor degan gap rostmi?

Xalqimizda sabzining ko'zga foydasi bor degan gaplarni ko'p esh*tganmiz. Quyida shu jumlaga aniqlik kiritamiz:

“Sabzidagi beta-karotin — karotinoid ko‘rish qobiliyati uchun juda foydali modda hisoblanadi. U organizm tomonidan A vitamini tarkibida ishlab chiqiladi, — deb tushuntiradi AQShdagi Milliy ko‘z instituti tadqiqotchisi Maykl Redmond. — Bu vitamin ko‘zning orqa qismidagi opsin va rodopsin oqsillari ishlab chiqarilishini ta’minlaydi. Opsinlar kunduzgi yorug‘likka, rodopsinlar esa xira yorug‘likka sezuvchan bo‘ladi”.

A vitamini yetishmasligi niktalopiya — g‘ira-shira yorug‘likda ko‘ra olmaslik bilan kechadigan ko‘rish qobiliyatining buzilishiga olib kelishi mumkin.

Shunga qaramasdan, bu faqat sabziga zo‘r berish kerak degani emas. A vitamini nafaqat uning tarkibida bor. Masalan, batat yoki bargli ko‘katlar (ismaloq, jimjimali karam)da u hatto ko‘proq. Bundan tashqari, sabzining ko‘rish qobiliyatini yaxshilashga yordam berishini kutib o‘tirish kerak emas.

“A vitamini ko‘z uchun foydali, lekin u sizning ko‘rish qobiliyatingizni to‘liq tuzata olmaydi, — deydi Amerika oftalmologiya akademiyasi vakili Rebekka Teylor. — Agar siz ko‘zoynak yoki linza taqsangiz, ulardan voz kechishning iloji yo‘q”.

Yana bitta lekini bor. A vitamini — yog‘da eriydigan vitamin, shuning uchun u organizmga yog‘lar bilan birga kelib tushishi kerak. Faqat shundagina u to‘liq singdiriladi. Agar xom sabzining faqat o‘zi iste’mol qilinsa, organizm hech qanday foyda olmaydi.

Rebekka Teylor ko‘zning sog‘lig‘i uchun ismaloq va jimjimali karamdan, qizil shirin qalampirdan, bodom va sabzidan salatlar tayyorlashni tavsiya qiladi. Bularning hammasi ko‘z uchun zarur bo‘lgan A, E va C vitaminlarining muhim manbai hisoblanadi. Agar bunday salatlarga yog‘ qo‘shilsa, yog‘da eriydigan A va E vitaminlari yaxshi singdiriladi.

Biz bilan aloqa: (61) 524 50 03

Matkarimov Akmal Karimovich Mutaxassisligi: Oftalmolog, oftalmologik jarrohIsh tajribasi: 11 yilMalaka: 1-toifali shifok...
30/08/2021

Matkarimov Akmal Karimovich


Mutaxassisligi: Oftalmolog, oftalmologik jarroh
Ish tajribasi: 11 yil
Malaka: 1-toifali shifokor
Ta'lim: Toshkent tibbiyot akademiyasi

Malaka oshirish:

– kataraktaning fakoemulsifikatsiyasi. Mahatma ko’z klinikasi, Nagpur, Hindiston, 2015 yil

– lazerli oftalmosurgiya. RSTSMG, Toshkent, 2017 yil

– to’r pardasi va glokomning qon tomir kasalliklari. Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti, 2014 yil

– NeyroOftalmologiya. Toshkent tibbiyot malakasini oshirish instituti, 2013 y

Faoliyati:

2010-2018 Toshkent shahridagi shoshilinch klinik statsionar bo’limining shoshilinch mikroxirurgiyasi va ko’z jarohatlari bo’limi.

2018 yil – hozirgi kungacha Doktor Maksudova innovatsion klinikasi.

Biz bilan aloqa: (61) 524 50 03

Ko‘zlarimiz nima uchun qizaradi?Agar ko‘zlar qizarib ketsa va qovoqlar bir-biriga yopisha boshlasa nima qilish kerak? Bu...
30/08/2021

Ko‘zlarimiz nima uchun qizaradi?

Agar ko‘zlar qizarib ketsa va qovoqlar bir-biriga yopisha boshlasa nima qilish kerak? Bu qanday kasallikdan darak beradi?

Kon’yunktivit — bu ko‘zlarni qoplab turuvchi yupqa pardaning yallig‘lanishi. Yupqa to‘qima — kon’yunktiva — qovoqlarni va ko‘zning o‘zini qoplab turadi, uning nam va toza bo‘lib turishiga yordam beradi.

Kon’yunktivitning alomatlari:
• Qizarish.
• Qichishish.
• Yosh oqib turishi.
• Kipriklarda yopishqoq yumaloqchalar va pardachalarning paydo bo‘lishi, ayniqsa ertalabki paytlar.

Kon’yunktivitni qanday davolash kerak?
Davolash tarzi uning sabablariga bog‘liq. Ko‘p hollarda maxsus davolash talab qilinmaydi, kon’yunktivit 1-2 haftada o‘z-o‘zidan o‘tib ketadi: viruslar chekinadi, pardalar va kipriklar ko‘z yoshi suyuqligi yordamida tozalanadi.

Bakteriyali infeksiyalarni antibiotik tomchilar va malham dorilar yordamida davolashadi. Lekin bunday dorilarni o‘zboshimchalik bilan qo‘llash mumkin emas, antibiotiklardan faqat shifokor tavsiyasi asosida foydalanish lozim. Allergiyaga esa antigistaminli vositalar va tomchilar yaxshi samara beradi.

Shifokorga qachon murojaat qilish kerak?
Odatda kon’yunktivitning asorati bo‘lmaydi, lekin uning shifokorga borishga sabab bo‘ladigan tahlikali alomatlari bor:

Ko‘zlardagi og‘riq.
Yoruqqa qaray olmaslik.
Ko‘zning xiralashishi.
Yiring.
Kasal bo‘lmaslik uchun nima qilish kerak?
Ko‘zga teginishdan oldin qo‘llarni yuvish.
Birovning sochig‘ini ishlatmaslik va ularni tez-tez almashtirish.
Yostiq jildlarini o‘z vaqtida almashtirish.
Muddati o‘tgan kosmetika vositalaridan foydalanmaslik.
Birovning kosmetika vositalaridan foydalanmaslik.

Biz bilan aloqa: (61) 524 50 03

Address

Улица Кат, г. Беруний, Каракалпакстан
Узбекистан
230200

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when dmclinicberuniy posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Share

Share on Facebook Share on Twitter Share on LinkedIn
Share on Pinterest Share on Reddit Share via Email
Share on WhatsApp Share on Instagram Share on Telegram

Category