23/05/2026
Odontogen gaymorit — bu yuqori jag' tishlarining kasalliklari (kariyes, periodontit, pulpit va boshqa kasalliklar) yoki ularni davolashdagi asoratlar oqibatida yuzaga keladigan yuqori jag' (gaymor) bo'shlig'ining yallig'lanishi. Infeksiya ildiz uchidan to'g'ridan-to'g'ri burun yon bo'shlig'iga o'tadi. Odontogen gaymoritga ko’p hollarda tish kariyesi sababchi bo’ladi.