29/05/2022
Homilador ayol organizmi kun sayin o’zgaradi va bolaning rivojlanishi organizmning salomatlik holatiga bog’liq.
Homilador ayollar har oy qon tahlillarini o'tkazadilar. Bu nima uchun kerak?
▫️ Umimiy qon tahlili - yallig'lanish jarayonlari bor yoki yo'qligini va qon tarkibiy qismlarining tartibda ekanligini ko'rsatadi. Homiladorlik davrida to'rt marta - 12, 20, 28 haftalarda va tug'ishdan oldin amalga oshirilishi kerak.
▫️Biokimyoviy - buyraklar, jigar, oshqozon osti bezi holatini baholash va ulardagi jarayoarni buzilishlarni aniqlash imkonini beradi. Ushbu tahlil,, tanada qanday elementlarning yetishmasligini ham ko'rsatadi. Bu ikki marta amalga oshiriladi - homilador ona ro'yxatga olinganda va homiladorlikning 30 - haftasida olinadi
▫️Qon guruhi va Rh omil. Agar homilador ayolda salbiy Rh bo'lsa va uning eri ijobiy bo'lsa, ayol bu tahlilni o'tkazish kerak: homiladorlikning 20-haftasigacha, oyda bir marta, keyin esa har ikki haftada bir marta o’tkaziladi.
▫️Gemostasiogramma - qonning ivish qobiliyatini aniqlaydi. Bu kelajakda tug'riq paytida juda muhimdir. Tahlil biokimyoviy tahlili bilan bir xil muntazamlikda amalga oshiriladi.
▫️Shakar. Oshqozon osti bezi kun sayin ortib borayotgan yukga bardosh bera olmay, qonda glyukoza darajasi ko'tarilishi mumkin. Tahlil yashirin diabetni aniqlab beradi. Odatda homiladorlikning boshida va 30 - haftasida amalga oshiriladi.
▫️ Infektsiyalar (OIV, gepatit va boshqalar) tahlili ikki marta - homilador ayol ro'yxatga olinganda va tug'ilishdan oldin o’tkaziladi.
▫️Gormonal tahlillar homiladorlikning 30-haftasidan keyin ayniqsa muhimdir.
Masalan: Estriol gormoni darajasining keskin pasayishi homilaning gipoksiyasiga (kislorod ochligi) olib kelishi mumkin. Ushbu jiddiy muammo simptomlar paydo bo'lishidan oldin qon testi bilan aniqlanishi mumkin.