Soliyev Sanjar Azimjonovich

Soliyev Sanjar Azimjonovich Buxoro shahar xalq ta'limi bo'limi mudiri Soliyev Sanjar Azimjonovichning rasmiy sahifasi.

Kunning ikkinchi yarmida tadbir ishtirokchilari Milliy Paralimpiya qo’mitasiga tashrif buyurishdi.Mazkur qo’mitada o’tka...
04/10/2024

Kunning ikkinchi yarmida tadbir ishtirokchilari Milliy Paralimpiya qo’mitasiga tashrif buyurishdi.

Mazkur qo’mitada o’tkazilgan taqdimotda paralimpiyachilarimiz erishayotgan natijalar viloyatlar va sport turlari bo’yicha tahlil qilinib, ushbu yo’nalishda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo’lgan vazifalar belgilab olindi.

Soha vakillari Olimpiya va Paralimpiya shon-shuhrati muzeyida bo'lishdi Mutasaddilar zamonaviy qiyofadagi muzey bilan ya...
04/10/2024

Soha vakillari Olimpiya va Paralimpiya shon-shuhrati muzeyida bo'lishdi

Mutasaddilar zamonaviy qiyofadagi muzey bilan yaqindan tanishishdi.

Tadbir ishtirokchilariga oʻzbek sportining shonli tarixi, shuningdek sportchilarimizning bugungi kundagi muvaffaqiyatlari haqida batafsil ma’lumot berildi.

Bugun, 4-oktabr kuni poytaxtimizdagi Yoshlar ijod saroyida O‘zbekiston shaxmat federatsiyasining navbatdan tashqari Konf...
04/10/2024

Bugun, 4-oktabr kuni poytaxtimizdagi Yoshlar ijod saroyida O‘zbekiston shaxmat federatsiyasining navbatdan tashqari Konferensiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda hududlardan saylangan delegatlar, Federatsiya a’zolari, vazirlik va idoralar rahbarlari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, shaxmat ustalari, murabbiylar hamda faxriylar ishtirok etdi.

Konferensiya kun tartibiga binoan O‘zbekiston shaxmat federatsiyasining yangi tahrirdagi ustavi tasdiqlandi va Federatsiyaning yangi rahbarlari saylandi.

Xususan, shaxmat faxriysi Sindarov Komil Oydinovich – O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi raisining o‘rinbosari, Yoshlar ishlari agentligi direktori Sa’dullayev Alisher Zafar o‘g‘li – O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Aripov Abdulla Nigmatovich – O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi raisi lavozimiga saylanishdi.

18/09/2024
Bugun Parij-2024 XVII yozgi Paralimpiya oʻyinlarining tantanali ochilish marosimi boʻladi Tadbir jarayonini Toshkent vaq...
28/08/2024

Bugun Parij-2024 XVII yozgi Paralimpiya oʻyinlarining tantanali ochilish marosimi boʻladi

Tadbir jarayonini Toshkent vaqti bilan 23:00da “Sport” telekanali orqali jonli kuzatishingiz mumkin.

🥇Медаллар жамғариш рейтинги💪Кучли ўнликдамиз
29/07/2024

🥇Медаллар жамғариш рейтинги

💪Кучли ўнликдамиз

⚡️Parij-2024 Olimpiada o‘yinlarida yurtimiz sharafini himoya qiladigan buxorolik bokschilarimizning ilk raqiblari ma’lum...
26/07/2024

⚡️Parij-2024 Olimpiada o‘yinlarida yurtimiz sharafini himoya qiladigan buxorolik bokschilarimizning ilk raqiblari ma’lum bo‘ldi. Qur’a natijalariga ko‘ra:

Ayollar:

-50 kg: Sabina Boboqulova-Chutamat Raksat (Tailand)


Erkaklar:

-57 kg: Abdumalik Xalokov - Nebil Ibrahim (Shvetsiya) va Vasim Abusal (Falastin) bahsi g‘olibiga qarshi

🇺🇿Buxorolik 7 nafar sportchilarimiz Parij-2024 Olimpiada va paralimpiada oʻyinlarida ishtirok etadi!👍⚡️Xabaringiz bor, b...
26/07/2024

🇺🇿Buxorolik 7 nafar sportchilarimiz Parij-2024 Olimpiada va paralimpiada oʻyinlarida ishtirok etadi!👍

⚡️Xabaringiz bor, boʻlajak Olimpiya oʻyinlari rasman 26-iyul – 11-avgust kunlari boʻlib oʻtadi.

⚡️Oʻzbekiston delegatsiyasi oʻz tarixida ilk bor 19 sport turida 90 nafar sportchi bilan 75 ta litsenziya qoʻlga kiritgan. Hamyurtlarimiz futbol, kamondan otish, suvga sakrash va ayollar kurashi dasturlarida Olimpiya oʻyinlarida debyut qiladi.

🔹Quvonarlisi shundaki, Buxoro viloyatidan 7 nafar sportchilarimiz mazkur olimpiya va paralimpiada o'yinlarida viloyatimiz, mamlakatimiz sharafini himoya qilishadi.

⚡️Fursatdan foydalanib, oldinda turgan masʼuliyatli musobaqada Buxoro farzandlari va shu qatorda har bir sportchimizga omad va zafarlar yor boʻlsin deb, jonajon Vatanimizga tarixiy natijalar bilan qaytishlarini tilab qolamiz!

Olimpiada o'yinlaridagi O'zbekiston bayroqdorlariParij-2024 ###III yozgi Olimpiya oʻyinlarida O'zbekiston delegatsiyasi ...
20/07/2024

Olimpiada o'yinlaridagi O'zbekiston bayroqdorlari

Parij-2024 ###III yozgi Olimpiya oʻyinlarida O'zbekiston delegatsiyasi bayroqdorlari boks boʻyicha jahon chempioni Abdumalik Xalokov hamda qilichbozlik boʻyicha Xanchjou-2022 yozgi Osiyo oʻyinlarining oltin va bronza medallari sohibi Zaynab Dayibekovaga nasib qildi.

Ma’lumot uchun:
🇺🇿 Atlanta-1996 XXVI yozgi Olimpiya o‘yinlarida : Timur Ibragimov
🇺🇿 Sidney-2000 XXVII yozgi Olimpiya o‘yinlarida : Muhammadqodir Abdullayev
🇺🇿 Afina-2004 XXVIII yozgi Olimpiya o‘yinlarida : Abdullo Tangriyev
🇺🇿 Pekin-2008 XXIX yozgi Olimpiya o‘yinlarida : Dilshod Mahmudov
🇺🇿 London-2012 ### yozgi Olimpiya o‘yinlarida : Elshod Rasulov
🇺🇿 Rio-2016 ###I yozgi Olimpiya o‘yinlarida : Bahodir Jalolov
🇺🇿 Tokio-2020 ###II yozgi Olimpiya o‘yinlarida: Bahodir Jalolov va Nigora Tursunqulova bayroqdorlar bo'lishgan edi.

Ayni kunlarda Oʻzbekiston stol tennisi federatsiyasining mas’ul xodimlari respublikamiz boʻylab oʻrganish oʻtkazishmoqda...
11/07/2024

Ayni kunlarda Oʻzbekiston stol tennisi federatsiyasining mas’ul xodimlari respublikamiz boʻylab oʻrganish oʻtkazishmoqda.

Bugun mas'ullar Buxoroda boʻlib, viloyatning shahar va tumanlaridagi stol tennisi murabbiylari bilan uchrashib, ularning ayni paytdagi taklif va muammolari bilan tanishdilar.

Uchrashuvda Federatsiya rahbariyati tomonidan belgilab berilgan topshiriqlarni oʻz vaqtida va sifatli bajarish, stol tennisini mahallalardagi yoshlar orasida yanada ommalashtirish, iqtidorli sportchilarni aniqlab ularni katta musobaqalarga jalb etish va tayyorlash kabi masalalarda murabbiylarga alohida koʻrsatmalar berildi.

Gimnastika sport turlarini rivojlantirish bo'yicha yig'ilish o'tkazildiBugun, viloyat hokimi o'rinbosari Mirali Hamrayev...
28/05/2024

Gimnastika sport turlarini rivojlantirish bo'yicha yig'ilish o'tkazildi

Bugun, viloyat hokimi o'rinbosari Mirali Hamrayev boshchiligida viloyat badiiy gimnastika va sport gimnastikasi federatsiyalari mas'ullari ishtirokida yig'ilish bo'lib o'tdi.

Yig'ilishda viloyatda gimnastika sport turlarini yanada rivojlantirish, moddiy texnika bazasini mustahkamlash, malakali mutaxassislarni tayyorlash bo'yicha takliflar muhokama qilindi hamda zarur chora-tadbirlar belgilab olindi.

🏆 Gandbol bo‘yicha O‘zbekiston kubogi start oldiBuxoro shahrida gandbol bo‘yicha o‘gil bolalar va qizlar o‘rtasida U-18 ...
23/05/2024

🏆 Gandbol bo‘yicha O‘zbekiston kubogi start oldi

Buxoro shahrida gandbol bo‘yicha o‘gil bolalar va qizlar o‘rtasida
U-18 O‘zbekiston kubogi bahslariga start berildi. Musobaqada Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan jami 250 nafardan ortiq sportchilar bahslarda ishtirok etmoqda.

Address

Bukhara

Telephone

+998936223737

Website

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Soliyev Sanjar Azimjonovich posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The Practice

Send a message to Soliyev Sanjar Azimjonovich:

Share