Liver transplantation

Liver transplantation Contact information, map and directions, contact form, opening hours, services, ratings, photos, videos and announcements from Liver transplantation, Medical and health, Bukhara.

Roppa rosa 1 yil o'tib jigar transplantatsiyasidan keyin bemorimiz Hushro'y opani yuzida tabassum bilan ko'rish bizga mo...
15/09/2023

Roppa rosa 1 yil o'tib jigar transplantatsiyasidan keyin bemorimiz Hushro'y opani yuzida tabassum bilan ko'rish bizga motivatsiya berdi. Rostini aytsam ancha to'lishib qolibdi😅😅

Bugungi postimizda navbatdagi omadli bemorimiz haqida so'z yuritamiz. Bemorimiz ham Jigar surunkali kasalligi. Jigar sir...
27/08/2023

Bugungi postimizda navbatdagi omadli bemorimiz haqida so'z yuritamiz. Bemorimiz ham Jigar surunkali kasalligi. Jigar sirrozi. Virus etiologiyali(HBV, HDV+). Dekompensatsiya bosqichi. Splenomegaliya. Jigar ensefalopatiyasi tashhisi bilan jigar transplantatsiyasiga tayyorlandi. Donor sifatida turmush o'rtog'i tanlab olindi. Muvaffaqiyatli o'tgan operatsiyadan keyin bemorga 10 k***a uyga qoniqarli holatda javob berildi.

Bugungi postimizda navbatdagi bemorimiz Musayeva Nargiza haqida soʻz yuritamiz. Nargiza opa ko'p marotaba Virusologiya i...
19/07/2023

Bugungi postimizda navbatdagi bemorimiz Musayeva Nargiza haqida soʻz yuritamiz. Nargiza opa ko'p marotaba Virusologiya institutida konservativ muolajalar olib kelgan. Virus etiologiyali (HBV+HDV) jigar surunkali kasalligi dekompensatsiya bosqichi bo'lganligi sababli bemorimizga jigar koʻchirib oʻtkazish amaliyoti amalga oshirildi. Operatsiya davomida jiddiy muammolarga duch kelindi, ammo muvaffaqiyatli yakun topdi. Operatsiyadan 10-sutkada bemor qoniqarli holatda uyga javob berildi.

Jigar transplantatsiyasiyasi - bu jigar surunkali kasalliklarining dekompensatsiya bosqichida amalga oshiriladigan murak...
12/06/2023

Jigar transplantatsiyasiyasi - bu jigar surunkali kasalliklarining dekompensatsiya bosqichida amalga oshiriladigan murakkab amaliyot sanaladi. Jigar surunkali kasalliklariga virus etiologiyali (HBV+HDV, HCV) surunkali gepatitlar, alkogolli gepatit, jigarning alkogolsiz steatogepatiti, autoimmun gepatit, Vilson-Konovalov kasalligi, gemoxromatoz va b.lar misol bo'ladi. Ushbu kasalliklarning birdan bir davosi sog'lom donordan jigar to'qimasining bir bo'lagini bemorga ko'chirib o'tkazish sanaladi. Ushbu amaliyotdan keyin bemorlar umr mobaynida immunosupressorlar qabul qilib transplantatning organizm immun tizimi tomonidan shikastlanishidan saqlanadi. Bugungi postimizda dekabr oyida operatsiya bo'lgan bemorimiz Vallamova Umida opa haqida gaplashamiz. Noyabr oyi oxirida yuqoridagi bemorlarga anologik tashhisda varikoz kengaygan venalardan asoratlangan qon ketishi tashhisi bilan shoshilinch tarzda bo'limga yotkizildi va Endoskopik yo'l bilan qon ketishi to'xtatildi. Konservativ muolajalar olib borilib donor sifatida o'g'li tanlab olindi. 14.12.2022-yil jigar ko'chirib o'tkazish amaliyoti o'tkazildi. Operatsiyadan keyingi davr kutilganidek asoratlarsiz o'tdi va bemor uyga qoniqarli holatda javob berildi. Operatsiyadan 6 oy o'tib bemorimiz navbatdagi tekshirishlardan o'tdi va tegishli tavsiyalarni olib ketdi.

Bugungi postimizda Jigar chap bo'lagi exinokokkozi tashhisi bilan operatsiya bo'lgan bemorimiz haqida gaplashamiz. Bemor...
27/05/2023

Bugungi postimizda Jigar chap bo'lagi exinokokkozi tashhisi bilan operatsiya bo'lgan bemorimiz haqida gaplashamiz. Bemorni anamnezida 3 oydan beri qorin yuqori qismida tortishish, diskomfort, simillovchi og'riq, ko'ngil aynishi va holsizlik bezovta qilgan. Konsultativ poliklinikamizga ambulator ravishda murojaat etganda qorin bo'shlig'i MSKT tekshiruvi amalga oshirildi va jigarning II III segmentlarida 10x8 sm lik o'lchamda kistasimon hosila (parazitar genezli) aniqlandi. Bemorga operativ muolaja taklif etildi. Operatsiya vaqtida exinokokk kistasining faqat chap bo'lakda joylashganligi va qulayligi tufayli jigar chap bo'lagi rezeksiyasi amalga oshirildi. Operatsiyadan keyingi davr silliq o'tdi va bemor qoniqarli holatda 6-sutkada uyga javob berildi.

Ushbu postimizda yuqorida aytib o'tilgan bemorimizda 2 oy o'tib qayta ERPXG amaliyoti o'tkazilganligini ko'rishingiz mum...
23/04/2023

Ushbu postimizda yuqorida aytib o'tilgan bemorimizda 2 oy o'tib qayta ERPXG amaliyoti o'tkazilganligini ko'rishingiz mumkin. Strelka bilan ekstraduksiyani kamayligini va anastomozning asta sekinlik bilan tiklanayotganlagini ko'rish mumkin. Biliar stent detritlar bilan to'lib qolishi natijasida bemorda o't suyuqligining passaji sekinlik bilan davom etyapti va bu reabilitatsiyaga mutanosib ravishda uzoq muddat talab etadi.

Bugungi postimizda yanvar oyida operatsiya qilingan bemorimiz haqida gaplashamiz. Bemor yuqoridagi postlarimizga analogi...
23/04/2023

Bugungi postimizda yanvar oyida operatsiya qilingan bemorimiz haqida gaplashamiz. Bemor yuqoridagi postlarimizga analogik tarzda jigar sirrozi dekompensatsiya bosqichida jigar transplantatsiyasi amaliyoti bajarilgan. Operatsiya vaqtida donor graftida bitta o't yoli bo'lganligi sababli retsipientning umumiy o't yo'li bilio-biliar anastomoz qo'yilgan. Operatsiyadan keyingi erta davrda anastomoz chokining yetishmovchiligi sababli ekstraduksiya bo'lib o't oqmasi rivojlandi. Buni bartaraf etish maqsadida Endoskopik retrograd pankreatoxolangiografiya (ERPXG) va Endoskopik papillosfinkterotomiya (EPST) amaliyoti bajarilib umumiy o't yo'li va jigar o't yo'liga biliar stent o'rnatildi. Quyidagi rasmda strelka bilan ko'rsatilgan ekstraduksiyani ko'rinshingiz mumkin.

Qarindoshlar orasida jigar ko'chirib o'tkazish murakkab operativ amaliyot sanaladi va buni amalga oshirish metin iroda, ...
28/03/2023

Qarindoshlar orasida jigar ko'chirib o'tkazish murakkab operativ amaliyot sanaladi va buni amalga oshirish metin iroda, sabr-toqat, tajriba va bilimni talab etadi. Navbatdagi bemorimiz Abdulhamidova Xursandoy opa ana shunday sabr-toqat talab etilgan operatsiya egasi. Bemor 7 yillik kasallik tarixiga ega. Shu yillar mobaynida bir necha marotaba mahalliy shifoxona va Virusologiya institutida davolangan va oxirgi 1 yil davomida jigar sirrozi dekompensatsiya bosqichida og'ir ahvolda konservativ muolajalarning effektsizligi natijasida bizga murojaat qildi. Bemor umumiy ahvoli og'ir holatda shifoxonaga yotkizildi va to'liq tekshirishlar o'tkazilgandan keyin jigar ko'chirib o'tkazish amaliyotiga tayyorlandi. Bemorimizga uning 19 yoshli qizi donor sifatida tanlab olindi va ikki etapda amalga oshirilgan jigar ko'chirib o'tkazish amaliyotidan keyin bemorimizga 13 sutkada qoniqarli ahvolda uyiga javob berdik.

Address

Bukhara

Opening Hours

Monday 09:00 - 15:00
Tuesday 08:00 - 15:00
Wednesday 08:00 - 15:00
Thursday 08:00 - 15:00
Friday 08:00 - 15:00
Saturday 08:00 - 14:00

Telephone

+998919229993

Website

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Liver transplantation posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The Practice

Send a message to Liver transplantation:

Share