01/04/2022
Ramazon oyi dasturxonida asosan nimalar bo‘lishi kerak?
Bir kun qoldi, tayyorgarlik ko‘rishni boshlaymiz...
1. Xurmo (finik) — juda foydali bo‘lib, iftorlikda xurmo bilan og‘iz ochish sunnat!
2. Quruq mevalar (yong‘oq, mayiz, turshak) — quvvat beradi.
3. Mevalar (olma, nok, banan) — vitaminlar balansini saqlaydi.
4. Nisholda (nishallo) — oqsil va uglevod manbai.
5. Qaymoq, sariyog‘ — badanni qurishib ketishidan va yog‘da eruvchi vitaminlar yetishmovchiligidan himoya qiladi.
6. Pishloq — oqsil, pre- va probiotiklar manbai.
7. Tuxum — yengil hazm bo‘luvchi oqsilga boy.
8. Ko‘katlar (ukrop, kashnich, shavel, salat) — kletchatka manbai bo‘lib, qabziyatni bartaraf qiladi.
9. Baliq — yod, foydali minerallar va yengil hazm bo‘luvchi oqsil manbai.
10. Yog‘siz mol, qo‘y, tovuq go‘shti — oqsil manbai.
11. Sabzavotlar: lavlagi, sabzi, sholg‘om, rediska — vitamin va minerallarga boy.
12. Pomidor, bodring — yaxshi gazak.
P. S. Bozor yoki do‘konga borganingizda ushbu ro‘yxatni yoningizga olib oling.
"Karimbek" davolash va diagnostika markazi
Maznil: Chiroqchi MFY ko'chasi
Mo'ljal: Mehnat birja ro'parasi
Aloqa: +998 55 401 83 48
+998 90 342 76 69