26/10/2022
Psixosomatika -bu psixologik omillarning kasalliklarning paydo bo'lishi,kechishi va natijalariga ta'sirini o'rganadigan yo'nalish.
❤️ bosing va to'liq ma'lumotga ega bo'ling.
Psixosomatikada quloq kasalliklari-bu insonning birovlarni eshtish,tinglash va fikrlariga quloq tutishni istamasligini ko'rsatadi.
Quloqlardagi og'riqlar odamning tashqi dunyo bilan aloqasini yo'qotganligini ko'rsatadi. Ongli yoki ongsiz ravishda u haqiqatdan qochishga harakat qiladi. U boshqa odamlarning fikrlari, janjallari, haqoratlaridan charchagan🥺
Biroq, og'riq qaysi tomondan kelib chiqqaniga e'tibor qaratish lozim.
Otit psixosomatikasi:
🔴Agar o'ng quloq og'riyotgan bo'lsa, bu odam boshqalarning unga aytganlarini esh*tishni xohlamasligini ko'rsatadi. Shunday qilib, u nizolar va tanqidlardan mavhumlanadi.
🔵Chapdagi og'riq, odamning o'zini esh*tishni xohlamasligini ko'rsatadi. Bu o'zini noto'g'ri tushunish va rad etish, ortiqcha o'zini-o'zi tanqid qilish, ichki nizolar fonida sodir bo'ladi.
Psixosomatikaga ko'ra, turli xil psixologik sabablar fonida turli xil quloq muammolari paydo bo'ladi:
👂🏻Otit - bu muloqot qobiliyatlarining yomon rivojlanishi, g'azab, boshqa odamlarni tinglashni istamaslikning aksidir. Odam boshqa odamlar bilan aloqa o'rnatishda qiyinchiliklarga duch keladi.
🔊Shovqin- zaif o'zini tuta bilish va o'z harakatlarini tahlil qila olmaslik.
🧏🏻♀️Quloq og'rig'i - aybdorlik hissi, chunki siz kimnidir tinglashni xohlamaysiz.
🙅🏻♀️Karlik - boshqalarning fikridan qochish, o'jarlik, hatto konstruktiv tanqidni ham tinglay olmaslik.
👊🏻Mastoidit ortiqcha ish yoki kuchli zarba natijasidir.
Bolalardagi quloq bilan bog'liq muammolarning psixosomatikasi va o'z o'zini davolash meditatsiyalari haqida keyingi postda ma'lumot berib o'taman.
Sizning tajribangizda shunday holatlar kuzatilganmi ,ha bo'lsa kommentariyda biz bilan bo'lishing😊