
27/08/2025
#Жараён
Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand filialida Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan bayram tadbirlari boʻlib oʻtmoqda.
Tadbirning dastlabki qismida filial direktori Ойбек Маматкулов tomonidan Mustaqillik yillarida yurtimizda va xususan tibbiyot sohasida, jumladan tibbiyot markazimizda amalga oshirilgan islohotlar va ularning natijalari, soʻnggi yillarda qoʻlga kiritilgan yutuqlar toʻgʻrisida qisqa nutq soʻzlandi.
Markazning rivojiga ulkan hissa qoʻshgan va qoʻshib kelayotgan 82 nafar fidoiy xodimlarga bayram munosabati bilan pul mukofotlari va Filial direktori Tashakkurnomalari tarqatildi.
Bayram tadbiri davom etmoqda…