
23/10/2024
Samarkand viloyati OITSga qarshi kurash markazi mutaxassislari (B.Temurov, O.Ruziboev, N.Eshkuvvatova, G.Yakubova, J.Shirinboev, G.Botirova, G.Mingboeva, X.Ravshanova) tomonidan 2024 yil 27 sentyabr' kuni viloyatning Bulung‘ur tumanida “OIV/OITSsiz yashash o‘z qo‘lingda” shiori ostida keng qamrovli profilaktik tadbir – aksiya o‘tkazildi. Tadbirni o‘tkazishda hamkor tashkilotalar, ya'ni Bulung‘ur tuman hokimligi “Oila va xotin qizlar bo‘limi”, Bulung‘ur tuman prokuraturasi, Bulung‘ur tuman IIB, Bulung‘ur tuman sanitariya epidemilogik osoyishtalik va jamoat salomatligi markazi mutaxassislari yaqindan yordam berib, faol ishtirok etishdi. Tadbir davomida mutaxassislar tomonidan aholiga OIV/OITS xaqida, jumladan infeksiyaning yuqish yo‘llari, yuqmaslik holatlari, OIVga tekshiruvdan o‘tishning ahamiyati, ARVT samarasi borasida targ‘ibot ishlari o‘tkazildi. Bulung‘ur dexqon bozori, Bulung‘ur buyumlar bozori, yoshlar istirohat bog‘i va tuman markaziy ko‘chalarida aholiga axborot tarqatma materiallari tarqatildi. Shuningdek “Bulung‘ur dehqon bozori” hududida 100 nafar fuqaro ko‘ngilli ravishda tezkor test usulida OIV infeksiyasiga tekshirildi. Ushbu fuqarolar bilan testdan oldingi va testdan keyingi maslahatlar o‘tkazildi.