
26/11/2023
Koʻpchilikni qiziqtirgan savol: vitiligo yuqishi yoki nasldan naslga oʻtishi mumkinmi?
😱 Xalq orasida "oq dogʻlar yuqadi" degan notoʻgʻri qarashlar mavjud.
Lekin vitiligo infeksion yoki allergik kasallik emas va unga duchor bo’lgan kishi kasallik yuqtirish jihatidan boshqalarga xavf tug’dirmaydi. Shuning uchun terisida bunday dog’lari bo’lgan odamlar bilan qo’rqmasdan muloqot qilish mumkin.
❓Kasallikning nasl surishi haqidagi savol esa bir necha bor turli olimlar tomonidan o’rganilgan, biroq hozirgacha aniq bir fikrga kelinmagan. Tadqiqotlarga koʻra, oq dogʻlarning nasldan-naslga o’tish xavfi 15 dan 40 foizgacha oraliqda bo’ladi.
❗️Ayniqsa, vitiligoga chalingan ikki insonning oila qurishi kasallikning nasldan naslga oʻtish xavfini yanada oshiradi.
☎️ +998712030408