dr.bahriddin_bahriyev

dr.bahriddin_bahriyev 𝐁𝐚𝐱𝐫𝐢𝐲𝐞𝐯 𝐁𝐚𝐡𝐫𝐢𝐝𝐝𝐢𝐧
Nevrolog/Neyroreabilitolog/Botulinoterapevt/Insultolog

🔴Mana bugun 05.11.2022 da navbatdagi AUREUS (Austrian rehabilitation exchange with Usbekistan) neyroreabilitatsiya treni...
05/11/2022

🔴Mana bugun 05.11.2022 da navbatdagi AUREUS (Austrian rehabilitation exchange with Usbekistan) neyroreabilitatsiya treningimizni tugattik. Treningimiz bu safar Prezident Admistratsiyasi qoshidagi 2-sonli shifoxonada o’tkazildi. Bu treningda trener va lektor sifatida tibbiyot xodimlarini insultdan keyingi neyroreabilitatsiya bo’yicha bilimlarini oshirishda ishtirok etdim. Bu kursdagi barcha trenerlar shu jumladan men ham Avstriya davlatida 1-oy davomida ixtisoslashtirilgan nevrologiya va neyroreabilitatsiya markazlarida malaka oshirib keldik. 3-yil davomida 2019-2022 yillar mobaynida 20 ga yaqin kurslarda 1200 nafar qatnashchilar, shu jumladan vrach nevrologlar, reanimatologlar, neyroreabilitologlar, umiy amaliyot shifokorlari va patronaj hamshiralariga trening o’tdim. Bu kursni bitirganlar Toshkent shahar, Toshkent viloyati, Sirdaryo viloyati, Xorazm viloyati tibbiyot hodimlari va ixtisoslashtirilgan gospitallar Ichki ishlar vazirligi markaziy gospitali, Mudofa vazirligi markaziy gospitali, Prezident Adminstratsiyasi qoshidagi 1- va 2- sonli shifoxonalari hodimlari hisoblanadi. Bu treningda qatnashganlar kaskad tizimi sifatida o’z hududlari yoki o’zlari bilan ishlaydigan hamkasblarini o’qitishdi. Bu treningdan maqsad xalqimiz orasida “Insult” kasalligini oldini olish va insultdan keyingi neyroreabilitatsiyani to’g’ri tashkil etish hisoblanadi. Bu kurslarni keyingi davom ettirish uchun navbatdagi mutaxasislarimiz Avstriya davlatiga borib malaka oshirib kelishi kutilmoqda. Aureus kursida qatnashib Vatanimiz tibbiyotining rivojlanishiga oz bo’lsada hissa qo’shganimdan mamnunman. Aureus kursini yanada rivojlanib tibbiyotimiz rivojlanishiga tilakdoshman. E’tiboringiz uchun rahmat!
, ,

27/05/2022

👨‍💻BOTULINOTERAPIYA
❗️Nevrologiyada botulinoterapiya mushaklarning spazmlari, og'riqlar, vegetativ funksiyalarning buzilishi bilan namoyon bo'ladigan kasalliklarni davolashda qo'llaniladigan usul hisoblanadi. Bu botulotoksinni organizmning kerakli sohalariga yuborishni o'z ichiga oladi.
Ko'pchilik botulotoksinni faqat kosmetologiyada, ajinlarni tekislash maqsadida ishlatiladi deb noto'g'ri mulohaza yuritishadi. Darhaqiqat, botulinotoksinni 20 yildan ortiq vaqt davomida nevrologik kasalliklarni davolashda muvaffaqiyatli qo'llanilgan. Bu vaqt ichida dori samarali va xavfsiz vosita sifatida amalda o'zini namoyon qildi.
Botulinoterapiyani o'tkazish uchun ko'rsatmalar
⚜Motor buzilishlar:
✅ yuz spazmi;
✅ yuqori va pastki bo'g'imlardagi spastik o'zgarishlar(shu jumladan: insultdan keyingi kontrakturalar, bolalar serebral falaji);
✅ blefarospazm;
✅ spastik bo'yin qiyshiqligi;
✅ tarqoq skleroz tufayli yuzaga keladigan harakat buzilishlari;
✅ yuz nervining neyropatiyasi.
⚜Vegetativ kasalliklar:
✅ gipergidroz yoki ko'p terlash (kaft, oyoq, qo'ltiq).
⚜Og'riq sindromlari:
✅ miofatsial va mushak-tonik sindromlari;
✅ nevropatik og'riqlar;
✅ zo'riqishdagi bosh og'rig'i;
✅ migren.

⚠️ Botulinoterapiyasining foydalari:
📌 yaxshi chidamlilik;
📌 xavfsizlik;
📌 tizimli nojo'ya ta'sirlar yo'q;
📌 harakat davomiyligi.

🌐 Jarayon qanday amalga oshiriladi?
Botulinoterapiyasi vaqtida spazmdagi mushaklarni bo'shatish maqsadida botulinotoksini kerakli muskullarga, zarur dozada yuboriladi. Ushbu manipulyatsiyani amalga oshirish uchun maxsus tayyorgarlikdan o'tgan shifokor tomonidan amalga oshiriladi. Preparatning qat'iy zarur va ruxsat etilgan dozasini hisoblash muhimdir.
⚠️ Bu vaqtda botulinotoksin ta'sirini yanada oshirish maqsadida siz intensiv ravishda kinezioterapiya (harakatni davolash) bilan shug'ullanishingiz mumkin.
‼️✅ Botulinoterapiya natijasidan qoniqish bemorlarning aksariyati tomonidan qayd etilgan. Xususan bizning klinkamizda ham ushbu amaliyot amalga oshiriladi va deyarli barcha bemorlarimizda ijobiy natija kuzatilgan.
Agarda sizda yuqorida qayd etilgan holatlar bezovta qilsa bemalol bizga murojaat qilishingiz mumkin.
📞 Murojaat uchun: +998912237250

14/05/2022

👨🏻‍⚕ Неврологга қандай шикоятлар билан мурожаат қилишади ?

✅ Бош оғриқлари
✅ Бел , бўйин ,кўкрак қафаси, қўл ва оёқдаги оғриқлар
✅ Бош айланиши
✅ Қулоқда шовқин
✅ Қўл қалтираши
✅ Қўл ва оёқда увишишлар
✅ Уйқу бузилиши
✅ Нутқ бузилиши
✅ Асабийлик
✅ Юздаги оғриқлар
✅ Кўздаги ғилайлик
✅ Тутқаноқ
✅ Хотира пасайиши, паришонхотирлик
✅ Ютинишдаги бузилишлар
✅ Юз қийшайиши
✅ Қўл ва оёқ харакати бузилишлари
✅ Чақалоқларда профилактик эмлашларни олишдан олдин.

🆘 Юқоридаги ҳолатдан сизни безовта қилса, албатта неврологга мурожаат қилинг!!!

, , , , , , .

29/04/2022

Результаты ботулинотерапии!!!

#невролог, #ботекс, #ботулинотерапия, #крывошея, #спастиккрывошея, #спастика. bahriddin_bahriyev

24/04/2022

🔴Бемор А.Ю. 2-марта ўтказилган инсульт касаллиги натижасида бемор ўнг тарафлама қўл ва оёқ гемиплегияси (ҳаракат йўқлиги) ривожланган. Касалликнинг ўткир ва эрта тикланиш даврида тўғри ўтказилган реабилитация муолажалари натижасида бемор қўл ва оёғида ҳаракатлар қисман тикланди. Бемор хасса ёрдамида юришни бошлади.

🔴Больной А.Ю. В результате повторного инсульта у больного развилась правосторонняя гемиплегия рук и ног (отсутствие движений). В результате правильно проведенных реабилитационных мероприятий в остром и раннем восстановительном периодах заболевания у больного частично восстановились движения рук и ног. Больной начал ходить с помощью трост.
, , , #инсульт, #неврология, #нейрореабилитация.

18/04/2022

✳️ Юз нерви фалажлиги.
⚡️Юз нерви зарарланиши оқибатида юз қийшайиши билан кечувчи касаллик.

👉 Сабаблари
💥 Бактериялар
💥 Вируслар
💥 Яллиғланиш касалликлари
💥 Ўсма касалликлари
💥Аутоиммун касалликлар
💥Қон-томир ва эндокрин касалликлари

Симптомлари👉
Бемор қошларини кўтариш ,кўзларини чирт юмиш, лунжни хавога тўлдириш каби машқларни ассиметрик бажаради.

💊 Дaволаш
👉 Касалликни даволашда биринчи кунлар жуда хам мухим. Касалликни ўткир даврида тўғри даволанса юзда хеч қандай дефектлар қолмайди!

🔴Медикаментоз даво, касалликнинг ўткир даврида:
💊 Кортикостероидлар
💊 Қон айланишни яхшиловчи препаратлар
💊 Витаминлар
💊 Сийдик хайдовчи воситалар

🔴Тикланиш даврида:
💉 Массаж
💉 ИРТ
💉 Физиотерапия
#лицевойневрит, #ботулинотерапия, #невролог, , , .

03/04/2022

👨🏻‍⚕Transkranial mikropolyarizatsiya nutq rivojlanishining buzilishi, aqliy zaiflik va СДВГ kasalligini davolashda faol qo'llaniladigan nevrologiyaning zamonaviy usullaridan biri hisoblanadi..
👨‍⚕TKMP muolajasi - bosh miyani ma'lum bir sohalariga mikro-to'lqinlarni kiritish yo'li bilan amalga oshiriladi.
Mikropolyarizatsiya nutq terapiyasi mashg'ulotlari bilan birgalikda buyuriladi, chunki u tezda kerakli natijaga erishishga yordam beradi!

🧑‍💻 Mikropolyarizatsiya muolajasi asosan quyidagi holatlarda qo'llaniladi:

👧 Bolalarda asosan:
✅ miyaning kognitiv funktsiyasi buzilishi;
✅ diqqatni jamlash buzilishi;
✅ xotira susayishi;
✅ bolalarning hissiy holat o'zgarishlarida;
✅ uyqu jarayonlarini normallashtirish;
✅ nutq funktsiyalarini rivojlantirishga;
✅ bolalar serebral falajligini (ДЦП) davolashda;
✅ bolalarda tungi enurez kasalligini davolashda;
✅ bolalarda ixtiyorsiz xarakatlarni kamaytirishda;
✅ giperaktivlik va impulsivlikni pasaytirishda yordam beradi.

👨Kattalarda asosan:
✅ Neyrosirkulyator distoniya kasalligi;
✅ Insultdan keyingi asoratlarni oldini olish maqsadida;
✅ Kognituv funksiyaning ya'ni nutq, xotira buzilishi, diqqat yetishmovchiligida;
✅ Travmadan keyingi asoratlarni oldini olish maqsadida foydalaniladi.
, , . .bahriddin_bahriyev

Address

Mirzo Ulugbek 12/32
Tashkent
100007

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when dr.bahriddin_bahriyev posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Share

Category