Gippokamp

Gippokamp Gippokamp - Tibbiy platforma

To’g’ri javobni bilish uchun telegram sahifamizni kuzatib boring
27/05/2024

To’g’ri javobni bilish uchun telegram sahifamizni kuzatib boring

To’g’ri javobni bilish uchun telegram sahifamizni kuzatib boring.
24/05/2024

To’g’ri javobni bilish uchun telegram sahifamizni kuzatib boring.

«Medkomiks» kitobining mundarijasi.
27/05/2023

«Medkomiks» kitobining mundarijasi.

💥 Endilikda tibbiyotni yanada qiziqarli usulda o’rganishingiz mumkin. Ma’lumotlarni yanada qiziqarli tarzda eslab qoling...
27/05/2023

💥 Endilikda tibbiyotni yanada qiziqarli usulda o’rganishingiz mumkin. Ma’lumotlarni yanada qiziqarli tarzda eslab qoling!

💣 «Medkomiks» kitobidan lavhalar

Kitobda 170 dan ziyod illustrativ rasmlar va izohlar mavjud bo’lib, 16 xil turli yo'nalishlarni o’zida jamlagan.

Agarda siz uchun qiziqarli bo'lsa, hoziroq kitobga buyurtma bering! 🛍
Yaqinlaringizga sovg'a qilib ham bersangiz bo'ladi!🎁

Kitob narxi: 150.000 so’m 💵

👤 Buyurtma uchun telegram orqali ushbu profillarga murojaat:



Tibbiyotga qiziqadigan yaqinlarga ham ulashing…

Kanalga obuna bo’lish 👉 😃

  Eroziv ezofagit:Qizilo’ngach quyi sohasi hamda sfinkterining endoskopik ko’rinishi.Tasvirda bir qancha chiziqli va dum...
04/05/2023



Eroziv ezofagit:

Qizilo’ngach quyi sohasi hamda sfinkterining endoskopik ko’rinishi.

Tasvirda bir qancha chiziqli va dumaloq shakldagi yaralarni ko’rish mumkin (ba’zilari to’q qizil tusda bo’lsa, ba’zilarini yuza tomondan kulrang fibrinoz ekssudat qoplagan)

Gastroezofageal reflyuks kasalligiga shubha qilingan bemorda shu belgilarning bo’lishi eroziv ezofagit kasalligi mavjudligidan dalolat beradi.

Batafsil ma’lumot: 👉 «Gastroezofageal reflyuks kasalligi» (www.Gippokamp.uz) 😃
• Umumiy ma’lumot
• Etiologiyasi
• Klinik xususiyatlari
• Patologiyasi
• Differensial diagnoz
• Diagnostika
• Davolash
• Asoratlari

Kanalga obuna bo’ling 👉 😃

 Medkomiks kitobidan:Bakteriya, virus va boshqa mikroblar antibiotiklarga qarshi tez rivojlanuvchi chidamlilik (rezisten...
04/05/2023



Medkomiks kitobidan:

Bakteriya, virus va boshqa mikroblar antibiotiklarga qarshi tez rivojlanuvchi chidamlilik (rezistentlik) hosil qilish xususiyatiga ega.
Natijada antibiotiklarga rezistent infeksiyalar paydo boʻladi va sogʻliqni saqlash tizimidagi xarajatlarning ortishiga olib keladi (chunki taʼsiri yanada kuchliroq boʻlgan antibiotiklarga ehtiyoj tugʻiladi).

Antibiotiklarni toʻgʻri tanlash va buyurish – rezistent infeksiyalar tarqalishini oldini olishda muhim ahamiyatga ega boʻlib, antibiotiklarning samaradorligi va taʼsir kuchini saqlab qolishga yordam beradi.

Antibiotiklar haqida batafsil ma’lumot: 👉 «Antibiotik terapiya» (www.Gippokamp.uz) 😃
• Umumiy ma’lumot
• Umumiy tushuncha
• Antibiotik dori vositalar tasnifi
• Qarshi ko’rsatmalar
• Qo’shimcha tavsiyalar

Kanalga obuna bo’ling 👉 😃

 Probiotiklar inson organizmi uchun foydali boʻlgan tirik bakteriyalar bo’lib, ichak mikroflorasini tashkil etadi.Prebio...
04/05/2023



Probiotiklar inson organizmi uchun foydali boʻlgan tirik bakteriyalar bo’lib, ichak mikroflorasini tashkil etadi.
Prebiotiklar esa ichak mikroflorasi uchun ozuqa moddalaridir.

Probiotiklar quyidagi asosiy vazifalarni bajaradi:
• Immun tizim faoliyatini ragʻbatlantiradi
• Depressiya simptomlarini bartaraf etishda ishtirok etadi
• Semizlikni oldini oladi
• Vitamin K hamda qisqa zanjirli yogʻ kislotalarini ishlab chiqaradi

Prebiotiklar kletchatkaning maʼlum bir turi boʻlib, u ichakdagi mikroflora orqali hazm qilinadi. Foydali bakteriyalar bu moddalarni organizm uchun muhim ahamiyatga ega boʻlgan butiratga aylantiradi. Prebiotiklar ichak mikroflorasining normal faoliyat koʻrsatishini taʼminlaydi.

Antibiotiklar bilan davo o'tkazilganda antibiotikka bog'liq diareya yuzaga kelishini oldini olish maqsadida probiotik dori vositalari antibiotiklar bilan birgalikda qo'llaniladi.

Kanalga obuna bo’ling 👉 😃

 EKGda elektrodlar joylashuvi va tarmoqlarning anatomik bog’liqligi:Oyoq-qo’l tarmoqlari • I: Chap qorincha, lateral dev...
04/05/2023



EKGda elektrodlar joylashuvi va tarmoqlarning anatomik bog’liqligi:

Oyoq-qo’l tarmoqlari
• I: Chap qorincha, lateral devori
• II, III: Yurakning pastki yuzasi
• aVL: Chap qorincha, lateral devorining yuqori qismi
• aVR: Yurakning o’ng tomoni va bazal to’siq

Ko’krak tarmoqlari
• V1 va V2: Qorinchalararo to’siq va o’ng qorincha
• V3 va V4: Chap qorinchaning oldingi devori
• V5 va V6: Chap qorinchaning lateral devori va yurak cho’qqisi

EKG va uni tahlil qilish to’g’risida batafsil ma’lumot: 👉 «Elektrokardiogarfiya, Elektrokardiogramma» (www.Gippokamp.uz) 😃
• Interpretatsiya va natijalar
• Yurak qisqarishlar soni va ritmini anqilash
• Yurakning elektr o’qi
• EKG ning klinik qo’llanilishi
• Eng ko’p uchraydigan EKG o’zgarishlari

Kanalga obuna bo’ling 👉 😃

 Limfoadenopatiya - Ko’pincha xavfsiz o’smalarda, yallig’lanish jarayonlarida limfa tugunlarining kattalashuvi hisoblana...
04/05/2023



Limfoadenopatiya - Ko’pincha xavfsiz o’smalarda, yallig’lanish jarayonlarida limfa tugunlarining kattalashuvi hisoblanadi. Limfoadenopatiya bolalarda ko’pincha yuqori nafas yo’llari infeksiyalarida kuzatiladi. Kattalarda umumiy va mahalliy infeksiya bilan birga limfa tugunlarining og’riqli kattalashishi bakterial va virusli infeksiya natijasida bo’ladi. Agar infeksiya belgilarisiz, limfa tugunlarining og’riqsiz avj olib boruvchi kattalashishi kuzatilsa, bunday holatlarga xavfli o’sma sifatida qaraladi va tashxislash uchun diagnostik tekshiruvlar (Serologik, gistologik, radiologik tekshiruvlar va biopsiya) o’tkazilishi zarur bo’ladi.

Simptom haqida batafsil ma’lumot: 👉 «Limfoadenopatiya» (www.Gippokamp.uz) 😃
• Etiologiyasi
• Patofiziologiyasi
• Diagnostikasi
• Differensial diagnostikasi

Kanalga obuna bo’ling 👉 😃

  Mushak tipdagi arteriya devori quyidagi uch qavatdan tashkil topgan:  • Ichki qavat (tunica intima): bir qavatli endot...
03/05/2023



Mushak tipdagi arteriya devori quyidagi uch qavatdan tashkil topgan:
• Ichki qavat (tunica intima): bir qavatli endoteliy hujayralari, endoteliy osti (aterosklerozga moyil) qavati va ichki elastik membranadan tashkil topgan.
• Oʻrta qavat (tunica media): elastik tipdagi arteriyalarga qaraganda koʻproq miqdorda silliq mushak hujayralaridan tashkil topadi. Elastik tipdagi arteriyalarning oʻrta qavati esa asosan elastindan iboratdir. Tashqi elastik membrana oʻrta qavatni tashqi qavatdan ajratib turadi.
• Tashqi qavat (tunica adventitia): siyrak biriktiruvchi toʻqimadan tashkil topgan boʻlib, (yirik arteriyalardagi) vasa vasorum hamda nervi vasorum (silliq mushak qavatini qisqarishi va kengayishini boshqaruvchi vegetativ nervlar)ni oʻz ichiga oladi.

Batafsil ma’lumotlar: 👉 «Qon tomirlar»
(www.Gippokamp.uz) 😃
• Umumiy ma’lumot
• Yirik qon tomirlar
• Mayda qon tomirlar
• Klinik ahamiyati

Kanalga obuna bo’ling 👉 😃

 Taloqning mikroskopik va makroskopik tuzilishini ko’rsatuvchi kesmalar:Taloq oq pulpa va qizil pulpadan tashkil topgan ...
03/05/2023



Taloqning mikroskopik va makroskopik tuzilishini ko’rsatuvchi kesmalar:

Taloq oq pulpa va qizil pulpadan tashkil topgan va bu qismlar zona marginalis orqali ajralib turadi.

Taloqsiz (asplenik) bemorlar kapsulali mikroorganizmlarga qarshi vaksina olishlari shart!

Batafsil ma’lumotlar: 👉 «Taloq»
(www.Gippokamp.uz) 😃
• Umumiy ma’lumot
• Anatomiyasi
• Gistologiyasi
• Vazifasi
• Embriologiyasi
• Kilinik ahamiyati

Kanalga obuna bo’ling 👉 😃

  Renin-angiotenzin-aldosteron sistemasi (RAAS) ingibitorlarining ta’sir mexanizmi:Glomerulyar filtratsiya tezligi va qa...
03/05/2023



Renin-angiotenzin-aldosteron sistemasi (RAAS) ingibitorlarining ta’sir mexanizmi:

Glomerulyar filtratsiya tezligi va qaondagi erigan moddalar o’zgarishiga javoban renin ajralib chiqadi. Renin angiotenzinogenni angiotenzin I ga aylantiradi, angiotenzin I esa o’pkadagi angiotenzin-o’zgartiruvchi ferment (AO’F) ta’sirida angiotenzin II ga aylanadi. Angiotenzin II vazokstriksiya chaqiradi, natriy reabsorbsiyasi va ADG sintezini kuchaytiradi va natijada qon bosimi ortishiga olib keladi.

RAAS ingibitorlari spetsifik ta’sir nuqtalari qizil bilan ajratilgan.

Batafsil ma’lumotlar: 👉 «Renin-angiotenzin-aldosteron sistemasi ingibitorlari»
(www.Gippokamp.uz) 😃
• Umumiy ma’lumot
• Umumiy tushuncha
• Farmakodinamika
• Nojo’ya ta’sirlari
• Qarshi ko’rsatmalar
• Dorilar bilan o’zaro ta’siri
• Qo’shimcha tavsiyalar

Kanalga obuna bo’ling 👉 😃

Address

Lutfiy Ko'Chasi, Toshkent, O'zbekiston
Tashkent

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Gippokamp posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The Practice

Send a message to Gippokamp:

Share