
14/02/2024
📍Taxlangan narsalar
Uyingizni tartibsiz ko’rinishiga ta’sir etuvchi omillardan biri bu yoyilib yotgan buyumlar, oshxonadagi, burchakdagi va yotoqxonalardagi to’plangan narsalardir. Siz kiyimni kresloga tashlamasligingiz , shunchaki javonga taxlab qo’yishingiz uchun ikki daqiqa ham ketmaydi. Faqat o’zingizdagi dangasalikni yengsangiz bas
📍 Minimalizm
Barcha keraksiz narsalardan xalos bo’ling! Xonangizga diqqat bilan qarang, shunda uzoq vaqt davomida ishlatmagan ko’plab keraksiz narsalar bilan to’ldirilganligini ko’rasiz. Ularni yashirish yoki butunlay tashlab yuborish haqida qaror qabul qiling.
📍Toza yostiqlar
Agar siz hamma joyni changini artib, polni, chiroqlarni yuvgan bo’lsangiz-u lekin yostiqlarni yaxshilab qoqib bir tekisda qo’ymagan bo’lsangiz bo’lsangiz, unda barcha ishlar kerakli natijani bermaydi. Divandagi tekis yoyilga yopinchiq va to’gri joylashtirilgan yostiqlar umuman changyutkich, supirgi va shvabraning hizmatiga muhtoj emas.