07/10/2025
3–4 oktabr kunlari bo‘lib o‘tgan “Amaliy pediatriyaning dolzarb masalalari” 3-Xalqaro Kongressi o‘z nihoyasiga yetdi 🌐
Ushbu ikki kunlik ilmiy anjumanda dunyoning turli davlatlaridan kelgan yetakchi pediatrlar, reanimatologlar va intensiv terapiya bo‘yicha mutaxassislar ishtirok etib, bolalar salomatligi yo‘lida muhim ilmiy yondashuvlar va amaliy tajribalar bilan o‘rtoqlashdilar.
📌 1-kun (3-oktyabr) davomida asosan bolalar reanimatologiyasi va intensiv terapiyaning dolzarb muammolari yoritildi:
• Antibiotiklar chidamliligi,
• RSV infeksiyasi,
• Yurak-o‘pka reanimatsiyasi,
• CART CELL usuli,
• Onalik va bolalikni muhofaza qilish tizimlari tajribasi kabi masalalar muhokama qilindi.
📌 2-kun (4-oktyabr) esa kongressning yakuniy sessiyalariga bag‘ishlandi. Unda ishtirokchilar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha bahs-munozaralar olib borishdi:
• Neonatal davrda kechuvchi og‘ir holatlarning oldini olish,
• Pediatrik neyroreanimatsiya amaliyotidagi innovatsiyalar,
• Bolalarda surunkali kasalliklarni kompleks boshqarish,
• Reabilitatsiya va psixologik yondashuvlar.
Xalqaro hamkorlik, zamonaviy yondashuvlar va tajriba almashinuvi – Kongressning eng muhim yutuqlari bo‘ldi.
➖➖➖
3-4 октября завершился III Международный Конгресс по актуальным вопросам практической педиатрии 🌐
За два насыщенных дня участники обсудили широкий спектр актуальных тем, касающихся здоровья детей, обменялись международным опытом и представили новейшие научные подходы в области педиатрии, реаниматологии и интенсивной терапии.
📌 Первый день (3 октября) основное внимание было уделено:
• Антибиотикорезистентности в отделениях интенсивной терапии,
• RSV-инфекции у новорождённых и детей,
• Сердечно-лёгочной реанимации,
• Методике CART CELL в педиатрии,
• Международному опыту защиты материнства и детства.
📌 Второй день (4 октября) был посвящён заключительным научным сессиям по:
• Профилактике тяжёлых состояний у новорождённых,
• Инновациям в педиатрической нейрореанимации,
• Комплексному управлению хроническими заболеваниями у детей,
• Психологической и физической реабилитации.
Обмен опытом, глубокие научные дискуссии и международное сотрудничество стали важнейшими итогами Конгресса.