Sitora Faxriddinovna

Sitora Faxriddinovna Oliy toifali psixolog;
9 yillik tajriba;
NLP terapevt;
Psixologik pedagog;

Bugungi mavzuimiz ko'pchilik ayollar uchun qiziq mavzu - "babnik" erkaklar haqida😉Xo'sh, bu "babnik" (ayolxo'r) erkak o'...
22/08/2023

Bugungi mavzuimiz ko'pchilik ayollar uchun qiziq mavzu - "babnik" erkaklar haqida😉

Xo'sh, bu "babnik" (ayolxo'r) erkak o'zi kim?

Bu shunchaki ko'p ayolga ega erkak emas, bunday erkaklar ko'pincha quvnoq, yorqin tabassumli, maftunkor, pulli, ayollarni o'ziga qarata oladigan erkaklar hisoblanadi v ayollar kamdan-kam hollarda bunday erkaklarni o'tkazib yuboradilar.

"Babnik"larning bir nechta toifasi bo'ladi:

1. Bo'ydoq "babnik"lar. Bunday toifadagilarga har qanday yoshdagi (20, 30, 40 va 50 yoshlardagi) erkaklar kiradi va ular ayollar ortidan yugurishda davom etadi. Ammo bunday hatti-harakatlarning asosida bolalik travmalari yotadi. Masalan, ona dominant bo'lib otasiga bosim o'tkazganini ko'rgan farzand o'zida ayoli tomonidan otasining taqdiri takrorlanishidan qo'rqadi. Shuning uchun u ayolning unga nisbatan ochilganini his qilishi bilanoq ayolni anglamagan holatga solib ko'zdan g'oyib bo'ladi. Agar bu toifadagi "babnik" lar ayolga bog'lanishga ulgurgan bo'lsa, qadrsizlantirish rejimini yoqadilar: figurasi unchalik emas, ko'rinishi yoki qaysidur gapi u xohlagandek ayol emasligini bahona qila boshlaydi va navbatdagi uni oloviga talpingan kapalakni topadi.

2. Ko'p uylanadigan "babnik"lar. Ular vaqti-vaqti bilan ayollarini almashtirib turadi. Bittasi bilan yashab ko'radi, keyin yana boshqasi... Ular chiroyli so'zlarni, chiroyli imo-ishoralarni qiladilar, xushmuomala bo'ladilar. Ayollar esa ularni oldida o'zlarini tutib tura olmaydilar. Natija esa - bitta: yangi xotin, yangi "o'ynash". Bunday erkaklarni ushlab qolish ilojsiz.

3. Ahloqiy "babnik". Bu toifa erkaklari zerikarli ayolga uylangan va tanlov ba'zi sabablarga ko'ra qilingan. Bu erkaklarning fikriga ko'ra, ayollardan faqat bir nechtasi yahshi uy bekasi, yahshi ona, yahshi oshpaz bo'lishga qodir. U bunday ayol bilan o'zini yahshi his qiladi. Ammo... eriga sodiq, fazilatli ayol, yahshi ona, yahshi uy bekasi, AMMO u bu ayoldan juda zerikadi. Va keyin u sarguzashtli ayolni qidiradi.

Nega erkaklar bunday harakatlar qilishadi? Ayoli uni desa ham va hatto o'zining sevimli ayoli yonida bo'lishiga qaramasdan, nega yangi aloqalarni izlaydilar? Nima deyishimizdan qat'iy nazar javob bitta, bu yerda biologiya ustunlik qiladi, undan keyin esa psixologik omillar ta'sir qiladi.

http://sitora-faxriddinovna.uz

Nima uchun ayollar eriga yoqmay qolishidan qo'rqadi bilasizmi?Birinchi navbatda, er-xotin munosabatlarining boshlanishid...
15/08/2023

Nima uchun ayollar eriga yoqmay qolishidan qo'rqadi bilasizmi?

Birinchi navbatda, er-xotin munosabatlarining boshlanishida o'zi uchun yashayotgan qiz erkak uchun yoqimli, baxtli, hissiyotlarga to'lib-toshgan, ilhom beruvchi ayol sifatida bo'ladi.

Turmush qurishgandan so'ng farzandli bo'lishadi va bu hissiyotlar so'na boshlaydi. Farzandni dunyoga keltirgan ayol tug'ruq oldi va tug'ruqdan keyingi stresslarni, ba'zan esa depressiyalarni boshidan kechirishi, bu tabiiy holat.

Farzand tug'ilgandan so'ng barchamizga ma'lum, ayol kishining o'zi uchun shaxsiy vaqti deyarli bo'lmaydi, kun bo'yi bola bilan ovora bo'ladi. Erkak ham o'z navbatida buni his qiladi va ayoli bilan kamroq munosabatda bo'lishga majbur bo'ladi.

Shu paytgacha bo'lgan hayot tarzi o'zgaradi, oldingidek sevishganlarga o'xshab yura olishmaydi. Bularning barchasini erkak qanday qabul qiladi bilasizmi? Endi ayol erkak uchun "ilhom beruvchi ayol" emas, shunchaki "xotin" obrazida aks etadi.

Ayolning o'ziga bo'lgan bahosi tushib ketadi, o'zini oldingi davri bilan hozirgi davrini taqqoslay boshlaydi va eng achinarlisi, mehr yetishmagani sabab eridan mehrni majburiy talab qiladi: "manga e'tibor bermayapsiz, qaramayapsiz, oldin unaqa edingiz, hozir bunaqa bo'lib qolgansiz" va hokazo.

Eri haftada ikki marta restoranga olib borsa ham, ayolga bularning barchasi kam. Bilasizmi nega? Chunki, erkak atrofidagi insonlar bilan muloqot qiladi, u esa har kuni 24 soat farzand bilan ovora. Va buning natijasida ayolda kerak-kerakmas fikrlar ko'paya boshlaydi: " man semirib ketdim, o'zimga qaray olmayapman, faqat bola bilan ovoraman, erimga ko'chada o'ziga qarab yurgan ayollar qaraydi, erim o'ziga qarab yurgan ayollarga e'tibor berib yurgan bo'lsa-chi" kabi salbiy fikrlar ichida qoladi.

Va bu holatda ayol eriga g'amxo'rlik qilib, unga yaqin bo'lishni o'rniga, erini nazorat qila boshlaydi: "Qayerdasiz? Nima qilyapsiz? Kim bilansiz?" kabi tergashlar bilan erini joniga tegadi va endi erini haqiqatdan ham o'zidan "sovutadi".

Bugungi hikoyamiz qahramoni - turmushga chiqmagan, O'zbekistondagi eng dong'i baland universitetlarning birida tahsil ol...
14/08/2023

Bugungi hikoyamiz qahramoni - turmushga chiqmagan, O'zbekistondagi eng dong'i baland universitetlarning birida tahsil olayotgan qiz.

O'qishga kirgani uchun otasi mashina sovg'a qildi, o'zi o'qiyotgan sohaga esa umuman qiziqishi yo'q, onasining istagi bilan shu yo'nalishni tanlagan.

Har kuni o'qishga keladi, dugonalari bilan auditoriyaning orqa partalarida o'tirib, vaqtini ijtimoiy tarmoqlarda o'tkazadi.

Bu orada talabalarga seminar-trening o'tkazib berish uchun shu universitetdan iltimos bo'ldi va tasodif bilan aynan o'sha qiz o'qiyotgan guruhga kirdim va seminarni boshladim.

Auditoriyadagi barcha talabalar seminar mavzusi qiziq bo'lganligi sababli qiziqib tinglashardi. Faqat o'sha saqich chaynab bee'tibor o'tirgan qiz diqqatimni tortdi.
Qizni oldiga borib, tabassum bilan: "Man berayotgan ma'lumotlar sizga qiziqmasmi?" deb so'radim. U esa: "Yo'q. Manga sizni sohangiz ham, o'zimni soham ham umuman yoqmaydi, qiziqmas manga" deb javob berdi.

Man u qizga yana savol berdim: "Hayotingiz-chi, yoqadimi?" dedim. U esa: "Ha, xohlaganimni kiyaman, xohlaganimni yeyman, pulim bor, mashinam bor, hayotim o'zimga yoqadi" dedi.
"Demak, siz baxtli insonsiz, to'g'rimi?" deganimda, qiz ikkilanmay: "HA!" dedi. Lekin ming afsuski, qiz baxtli emas edi.
Tushunchasi noto'g'ri ekanligini anglashi va o'z ustida ishlashi uchun, gaplarim shunchaki nasihat bo'lib qolmasligi uchun boshqa hech narsa demadim.

O'sha payt berayotgan ma'lumotlarimni to'xtatib, talabalarga o'yin o'ynashimizni aytdim va u qizga qarab shu o'yinda ishtirok etib berishini va xohlasa o'yindan keyin yana ikkita dugonasiga ham ruxsat berishimni taklif qildim, u rozi bo'ldi.

Xonadagi hamma stollarni chetga surdik. Bitta stol va bitta stul qoldirdim. Stolni ustiga stulni qo'ydik va o'sha qizdan tepaga stulga chiqib, ko'zlarini yumgan holatda, mani tinglab o'tirishini so'radim.

U qiz shunaqa balandlikda o'tirar edi, biz undan ancha pastda edik va psixologik holatlar va jarayonlar haqida gapira boshladim:
"Tasavvur qiling, sizda hamma narsa bor, qo'lingizdan hamma narsa keladi, lekin oldingizda HECH KIM yo'q." deb uni NLP holatiga tushirdim (psixologiyaga qiziqqanlar tushunadi). Bu holatni his qilgan qizni ko'zlari pirpirab, yoshlana boshladi. Gapimni davom ettirib:
"Ammo shu payt oldingizda sizga sevgi, mehr bera oladigan inson paydo bo'lsa-chi" deb, u qizning orqasiga shu guruhdagi bir yigitni qo'yib, qizni ikkita yelkasidan qattiqroq siqib qo'yishini iltimos qildim. Qiz esa ho'ngrab yig'lab yubordi...

Bilasizmi, qiz nega bunchalik ho'ngrab yig'lab yubordi? Sababi, qizning ota-onasi unga faqat pul orqali mehr berishgan, ya'ni unda hamma narsa bor, ammo insonga suv va havo kabi muhim bo'lgan E'TIBOR VA MEHR yo'q edi. Bu e'tibor va mehr aynan ota tarafdan yetishmasdi.

Ko'pchilik o'ylashi mumkin, seminar-trening shunchaki nazariyani tushuntirib, qanaqadir qiziqarli mashg'ulot bilan tugaydi. YO'Q! Seminar-trening bu- insonlarning muammosini chuqurroq terapiya, ya'ni oddiy konsultatsiyaga qaraganda muammoni tezroq anglab, bu muammoni tezroq bartaraf etishga yo'naltiruvchi mashg'ulot hisoblanadi.

13/08/2023

📌Xiyonatni kechirish qanchalik to’g’ri ?

10/08/2023

📌Ayollik kuchi doim ham bo’lmaydi bu tabiiy holatmi?

09/08/2023

📌O’z chegarasini bilmaydigan ayollar…

07/08/2023

📌Ayollar nega doimo his-tuyg’ular bilan qaror qabul qilishadi?

O'ziga ishongan ayolning 20 ta xususiyatlari: O'ziga ishongan ayol va o'ziga to'q ayol degani, moda bilan hamnafas, mash...
04/08/2023

O'ziga ishongan ayolning 20 ta xususiyatlari:

O'ziga ishongan ayol va o'ziga to'q ayol degani, moda bilan hamnafas, mashinasining shinalarini o'zi almashtiradi, ro'zg'orni o'zi ta'minlaydi, uyni ta'mir qiladi va o'ziga yangi iPhone sotib oladi deb o'ylasangiz xato qilasiz. Demak, bu unday emas👆

O'ziga ishonch - ko'proq o'zingiz va dunyo bilan munosabatlaringizga tegishli. Quyida man o'ziga ishongan ayolning 20 ta sifatini beraman va siz ulardan qanchasi o'zingizda borligini sanashga harakat qilasiz.

1. O'zini o'z hayotining bekasi kabi his qiladi.
2. O'z qadriyatlaridan kelib chiqib qaror qabul qiladi. Shu bilan birga, u boshqalarning manfaatlarini ham hurmat qiladi.
3. Boshqalarni ham, o'zini ham tanqid qilmaydi, bahslashmaydi, hasad qilmaydi, xafa qilmaydi.
4. Hammani xursand qilishga intilmaydi. Hatto boshliqlar bilan munosabatlarda ham u o'zini tabiiy va erkin tutadi.
5. O'zining hissiy ehtiyojlarini tushunadi.
6. Boshqa odamlarning his-tuyg'ulari uchun javobgarlikni o'z zimmasiga olmaydi, manipulyatsiyaga duchor bo'lmaydi.
7. O‘z yutuqlarini boshqa odamlarning yutuqlari bilan solishtirmaydi.
8. O'zini barcha kamchiliklari bilan sevadi va qabul qiladi.
9. O‘zining ham, boshqalarning ham xatolari ustida to‘xtab o'tirmaydi. Bunday vaziyatlardan oson chiqib ketadi.
10. U nimani xohlashini aniq biladi - xoh bu global hayot maqsadi bo'lsin, xoh kechki ovqat uchun taom tanlash bo'lsin.
11. “Yo‘q” deyishni biladi va shu bilan birga rad javobini xotirjam qabul qiladi.
12. O'z iste'dodlarini biladi va amalga oshiradi, ruh va tanada uyg'unlikni his qiladi.
13. Shaxsiy chegaralarni qanday belgilashni biladi, noqulay bo'lishdan qo'rqmaydi.
14. O'zining o'ziga xosligini tushunadi, boshqalarga o'xshab ko'rinishga harakat qilmaydi.
15. Yolg'izlikdan siqilmaydi, o'zini o'zi jalb qilishni va to'ldirishni biladi.
16. Aniq printsiplarga ega - o'ziga nima to'g'ri va nima noto'g'ri ekanligini aniq biladi.
17. Stressga chidamli va o'zgarishlarga oson moslashadi.
18. Nimadir qilishni va qiziqqan narsalarini o'rganishni yaxshi ko'radi.
19. Yangi odamlar bilan oson umumiy til topadi, suhbatni davom ettira oladi.
20. Ishlarni bajarishni birinchi o'ringa qo'ya oladi va rejalashtira oladi.

Ro'yxat ta'sirli, lekin, to'liq emas. O'zingiz bilgan qo'shimcha xususiyatlarni komentariyada yozib qoldiring👇🏼

http://sitora-faxriddinovna.uz

30/07/2023

Otam bilan kelisha olmayapman

28/07/2023
26/07/2023

📌Hayotga nisbatan qiziqishim yo'q, degan savolga video orqali javob oling!

25/07/2023

Homiladorlik davrdagi dipressiya

24/07/2023

📌Asabiylikdan xotiram past nima qilsam bo'ladi?

08/07/2023

Uyqusizlikning zararli oqibatlari — siz o‘ylagandan jiddiyroq!

🥱 Odamlar muvaffaqiyat sari qadamni uyquni cheklashdan boshlashadi. Holbuki, kattalar uchun bir k***a 7-8 soat uyqu norma hisoblanadi. Agar doimiy kam uxlasangiz:
— charchoq;
— depressiya;
— oshqozon kasalliklari;
— faoliyatingizdagi qiyinchiliklar, diqqatni jamlay olmaslik kabi salbiy holatlar boshlanadi.

✅ Agar sizni uyqusizlik qiynayotgan bo‘lsa, videoda berilgan amaliyotni qo‘llang. Natijani 3-4 k***a sezasiz. To‘yimli uyqudan so‘ng yaxshi kayfiyat va faollik bilan har sohada muvaffaqiyatga erishish mumkin.

📌 Siz uchun normal uyqu nechi soat? Buni izohlarda yozib qoldiring!

Address

Toshkent Shahri, Suzuk Ota Mahallasi 30/kotej
Tashkent
100012

Telephone

+998900012788

Website

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Sitora Faxriddinovna posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The Practice

Send a message to Sitora Faxriddinovna:

Share

Share on Facebook Share on Twitter Share on LinkedIn
Share on Pinterest Share on Reddit Share via Email
Share on WhatsApp Share on Instagram Share on Telegram