merkaba_ruh

merkaba_ruh Contact information, map and directions, contact form, opening hours, services, ratings, photos, videos and announcements from merkaba_ruh, Psychologist, Tashkent.

13/02/2022
10/02/2022

🧠INSON NIMA UCHUN O'Z USTIDA TINIMSIZ ISHLASHI KERAK?👆👆👆

❗️Har birimizga berilgan xayot bu bizga berilgan chegaralangan vaqtimizdir!
Siz bu vaqtni o'z shaxsiyatingizni sayqallashga (go'zal qilishga), rivojlanishga sarflayabsizmi yoki vaqtimizni xayot yo'lingizdagi sizni chalg'ituvchi o'yinlarga sarflayabsizmi?...

♻️Siz bilan ro'y berayotgan hech bir vaziyat, dars, tajriba, sinovlar sizni to'xtatib qolmasligi kerak, siz ularga taslim bo'lmang.
Aksincha, ular sizni kuchli bo'lishingizga undayotganini minnatdorlik bilan qabul qiling.

ONG NIMA?Ong bu oddiy tilda kompyuter misolida tushuntiradigan boʻlsam maʼlumotlar bazasi hisoblanadi.Kompyuterda biron ...
10/02/2022

ONG NIMA?

Ong bu oddiy tilda kompyuter misolida tushuntiradigan boʻlsam maʼlumotlar bazasi hisoblanadi.

Kompyuterda biron bir maʼlumot yaratasiz va uni xotirasiga saqlab qoʻyasiz. Kun kelib oʻsha saqlab qoʻygan ma'lumotingizdan kerakli joyda kerakli ish uchun foydalanasiz.

Hayotingizda koʻrgan yaxshi- yomon vaziyatingiz, voqea- hodisalar, Hattoki televizorda koʻrgan film, serial, koʻrsatuv, klip va reklamalaringiz, esh*tgan har bir yaxshi yoki yomon gap soʻzlar, miyangizda aylangan har bir yaxshi, yomon, kerakli, keraksiz oʻy fikrlar, hayollar hammasi sizning ongingizga muhrlanib qoladi va kun kelib hayotingizda oʻz aksini koʻrsatadi.

Oʻz oʻrnida kompyuterga qancha koʻp maʼlumot saqlanganda virus tushib ishlashi qiyinlashadi. Xuddi shunday ongimizga ham kerakli, keraksiz, yaxshi, yomon har xil maʼlumotlarni saqlayversangiz ong ostingizga virus tushadi, ya'ni sizda blok paydo boʻladi.

Blokning turlari haqida koʻp gapirib oʻtdim. Yana bir bor sanab oʻtaman.

Qoʻrquv;
Qattiq hayajon;
Eshonchsizlik;
Dangasalik;
Qizgʻanchiqlik;
Koʻra olmaslik;
Nafrat;
Gʻazab;
Alam
Va shunga oʻxshash salbiy odatlar blok hisoblanadi.

Ong ostida qanday qilib blok paydo boʻladi?

Koʻrgan serialingizdagi esh*tgan biron bir habaringiz hayotingizda sodir boʻlgan noxush vaziyatingiz natijasida siz qattiq emotsiyaga berilasiz, yaʼni yoki qoʻrquv yoki nafratlanish, qizgʻanish va hokazo shunga oʻxshash emotsionalni holatga tushib qolishingiz natijasida ong ostingizda notoʻgʻri dastur paydo boʻladi.
Bu notoʻgʻri dastur butun umr sizning hayotingizni boshqarib keladi.
Toʻgʻrirogʻi ong ostingizdagi yashiringan toʻgʻri yoki notoʻgʻri dasturlar sizning hayotingiz pulti hisoblanadi.

Goʻyoki sizning ong osti dasturlaringiz pult, hayotingiz esa televizor misolida ham koʻrish mumkin.

BORLIQ QONUNLARIHar bir davlatning konstitutsiyasi va qonunlari boʻlgani kabi borliqning ham qonunlari bor, yaʼni yashas...
10/02/2022

BORLIQ QONUNLARI

Har bir davlatning konstitutsiyasi va qonunlari boʻlgani kabi borliqning ham qonunlari bor, yaʼni yashashning ham qonun qoidalari mavjud.

Din tomondan olib qaraganda ham qonunlar mavjud.
ISLOM dinining qonunlari muqaddas QURʼONI KARIM kitobida keltirib oʻtilgan.

Psixologiyada 150dan ortiq borliq qonunlari mavjud boʻlib, ularning 7tasi asosiy qonunlar hisoblanadi.

BORLIQ QONUNLARI:

1. TANLOV QONUNI

2. OLISH BERISH QONUNI

3. TORTISHISH QONUNI

4. AKS ETTIRISH QONUNI

5. BALANS QONUNI

6. BUMERANG QONUNI

7. ZANJIR QONUNI

Bunda siz eng avvalo tanlaysiz.

Oddiy misol bozorga tushganda ham avvalo siz biron bir buyumni
1)Tanlov qonuni asosida tanlaysiz,
2)OLISH BERISH qonuni asosida toʻlov qilasiz, yaʼni siz oʻzingizdan maʼlum bir summani sotuvchiga berasiz va sotuvchi sizga buyumni beradi. 3)TORTISHISH QONUNI asosida siz oʻzingizga tanlagan buyumingizni olish berish qonuni orqali tortib oldingiz.
4) AKS ETTIRISH qonuni siz tortishish qonuni orqali oʻzingizga tortib olgan buyumingiz sizda aks etdi.
5) Sizda hammasi balans holatiga keldi. Chunki OLISH BERISH qonuni asosida siz oʻzingizdan berdingiz va hamkoringiz evaziga siz tanlagan buyumni berdi. Agar siz oʻzingizdan bermasangiz oʻgʻirlab yoki majburan tortib olsangiz, bunda siz balansni buzgan boʻlasiz va kun kelib siz balki yoqtirgan balki sevgan oʻzingizga yaqin boʻlgan biron bir buyumingizni yoʻqotishingiz yoki shunga oʻxshash nimadir vaziyatga uchrashingiz ehtimoli yuqori boʻladi.
6) BUMERANG (QAYTISH) QONUNI ham huddi OLISH BERISH qonuniga oʻxshab ketadi, lekin bunda siz borliqqa qanday energiya yuborsangiz sizga ham shunday javob qaytadi. Oʻzbekchilikda QAYTAR DUNYO degan gap bor. BUMERANG (QAYTISH) qonuni siz nimanidir oʻgʻirlasangiz yoki kimningdir haqqiga xiyonat qilsangiz, siz ham kun kelib aynan oʻsha vaziyatga tushib qolishingiz tabiiy.
7) ZANJIR QONUNI siz ertalab qanday kayfiyatda uygʻonasiz yoki kunni qanday kayfiyatda boshlaysiz. Kun davomida sizni oʻsha kayfiyat hech qachon tark etmaydi. Kunni a'lo kayfiyatda boshlasangiz kun davomida kayfiyatingiz aʼlo boʻladi. Kimdir jahlingizni chiqarib kayfiyatingizni tushirsa, kun davomida kayfiyatingiz hech qachon yaxshilanmaydi

BIZ INSONMIZMI YOKI RUH?Insoniyatning dunyoga kelishi haqida psixologik faktlar.Avvalo ruh bu hayotdagi vazifalarini tan...
10/02/2022

BIZ INSONMIZMI YOKI RUH?

Insoniyatning dunyoga kelishi haqida psixologik faktlar.

Avvalo ruh bu hayotdagi vazifalarini tanlab olgan holda yaratgan bilan kelishuv asosida inson qiyofasida bu dunyoga keladi.

Ruhning vazifasi oʻsib-ulgʻayish va rivojlanishdir.

Hayotingizga kirgan har bir inson har bir vaziyat sizning ruhingizning tanlovi.

Hech qachon hayotingizga kirgan insonlardan nafratlatmang gʻazablanmang.
Ulardan minnatdor boʻling sizni oʻstirish ulgʻaytirish uchun hayotingizga kirgani uchun.

Har bir vaziyatdan minnatdor boʻling, chunki hayotingizdagi har bir vaziyat siz uchun dars vazifasini bajaradi. Sizning oʻsib rivojlanishingizga sababchi boʻlib xizmat qiladi.

Hech kimdan nafratlanman. NAFRAT BU- yuragimgizdagi eng katta ogʻriq, bu ogʻriq sizning blokingiz. Sizda qancha koʻp blok boʻlsa sizni shuncha orqaga tortadi va oldinga ketishingizni toʻsib turadi.

BLOKni ijobiy tomondan ta'riflaydigan boʻlsak oldinga ketishingizdan oʻsib rivojlanishingizdan ximoya qilib turgan boʻladi yani bu bilan shuni tushunishimiz mumkinki, blok ximoyachi vazifasini bajaradi. U ma'joziy ma'noda bizning do‘stimizdir.

Blokning turlari koʻp:
Qoʻrquv
Nafrat
Alam
Gʻazab
Qizgʻanchiqlik
Xasislik
Koʻra olmaslik
Kibr
Dangasalik
Ishonchsizlik
Manmanlik
Bular hammasi blok hisoblanadi.

Insonda mana shu salbiy hissiyotlar mavjud boʻlsa u rivojlana olmaydi.
Ruh bu hayotga inson qiyofasida kelgan boʻladi.
Ruhning vazifasi doimo oʻsib rivojlanishdir.
Rivojlana olmayotgan ruh hayotda doim qiyinchilikka ogʻir vaziyatlarga duchor boʻlaveradi.

Ruh hayotda oʻsib rivojlanishi uchun oldinga ketishi va koʻtarilishi uchun borliq qonunlariga asosan yashash kerak boʻladi.

Borliq qonunlari asosida yashash uchun avvalo borliq qonunlarini bilishi, oʻrganishi va ularga ishonishi zarur.

Borliq qonunlariga asosan yashagan inson, yaʼni ruh hayotda doim oʻsib rivojlanib oldinga intilib boraveradi. Hayoti toʻla toʻkis baxtli va farovonlikda oʻtadi.

PSIXOLOGIYA NIMA?PSIXOLOGIYA NIMANI OʻRGATADI?Psixologiya-bu dunyoviy bilimlarni oʻz ichiga olgan juda katta fan hisobla...
10/02/2022

PSIXOLOGIYA NIMA?

PSIXOLOGIYA NIMANI OʻRGATADI?

Psixologiya-bu dunyoviy bilimlarni oʻz ichiga olgan juda katta fan hisoblanadi.

Psixologiyada inson oʻzini oʻzligini anglaydi, asl "men"ini tushunib yetadi. Hayotning mazmun mohiyatini anglab yetadi.
Hayotdagi oʻrnini hayotdagi vazifasini anglab yetadi.

Yashashdan hayotdagi asosiy maqsadi nima ekanligini, hozir qaysi yoʻlda ekanligini tushuna boshlaydi.

Ollohni tanitadi va unga yaqinlashtiradi. Dunyo qanday yaralgan, insoniyat qanday yaratilingan va nima maqsadda insoniyat yaratilingan?
Insoniyatning hayotdagi vazifasi nimalardan iborat?
Qaysi vazifalarini toʻgʻri yoki notoʻgʻri bajarganligi sababli hozirgi hayotini yaratgan va rivojlantirgan?
Insoniyat aslida nimalardan tarkib topgan?
Inson tana, rux, qalb va aql mavjudligini anglaydi. Ollox va ruxning kelishuvi asosida inson dunyoga kelishini anglaydi.
Borliq qonunlari nima?
Borliq qonunlari qanchalik ishlaydi?
Borliq qonunlari qanday ishlaydi?
Borliq qonunlari nechta va ularning nomlari qanday?
Borliq qonunlari nima vazifalarni bajaradi?

Ong nima?
Ong osti nima?
Aura nima?
Energetik tana nima?
Energiya nima?
Rux nima vazifani bajaradi?
Qalb nima vazifani bajaradi?
Ong va ong osti nima, ular nima vazifalarni bajaradi?
Konsultatsiya nima?
Rasskopka nima?
Sessiya nima va uning foydali jihatlari qanday?
Ular bizga nima uchun kerak?
Ong osti bloklari nima, uning nomlari va turlari qanday?
Ong osti bloklari qachon qayerda qanday va nima sababdan paydo boʻladi?
Ong osti bloklari qanday olib tashlanadi?
Ishonch eʼtiqod nima, u qachon va qanday paydo boʻladi?
Depressiya va stressning farqi nima?
Depressiyadan qanday qutulish mumkin?
Stressdan qanday chiqish mumkin?
Shu va shunga oʻxshash yana koʻplab savollarga javob beradigan kotta va moʻjizaviy fan psixologiya hisoblanadi.

22/01/2022

Address

Tashkent

Website

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when merkaba_ruh posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Share

Category