Urolog_iskandar

  • Home
  • Urolog_iskandar

Urolog_iskandar Contact information, map and directions, contact form, opening hours, services, ratings, photos, videos and announcements from Urolog_iskandar, Medical and health, Paeonnis_medical_center, .

Alloh bergan dardiga, shifosini ham o’zi beradi🙌⠀Islombekdan fikr-mulohazalar🗣⠀Do'stlar allaqachon tushunganingizdek, me...
07/08/2022

Alloh bergan dardiga, shifosini ham o’zi beradi🙌

Islombekdan fikr-mulohazalar🗣

Do'stlar allaqachon tushunganingizdek, mening bemorim 3 yildan beri ota bo'lishni rejalashtirgan, ammo bu amalga oshmagan🙍🏻‍♂️

Albatta, bemor turli xil variantlarni sinab ko'rgan, lekin afsuski natija bo’lmagan.❌

Hammasi ular o’ylagandek yomon emas edi. Ba'zi tekshiruvlardan kegin, biz ularda varikosele borligini bilib oldik. Operatsiya shunga muvofiq amalga oshirildi.✅

Bir necha oydan keyin Islombek va uning oilasi yangi oila a’zosining kelishini kutishmoqda.🔅

Agar bularning barchasi oldindan amalga oshirilsa, sog'liq muammosini tez va oson hal qilish mumkin.♻️

Anchadan beri bola ko’rmoqchi bo’lgan tanishimgiz bormi❓

🇷🇺(текст на русском)
Отзыв от Исломбека.

Как вы уже поняли друзья, мой пациент уже на протяжении 3 лет планировал стать отцом, но никак не получалось.🙍🏻‍♂️

Конечно, же попробовал разные варианты, но они не помогли.

А все не так было плохо как оказалось. Сдав некоторые анализы, мы узнали, что у него варикацеле. Соответственно провели операцию.✅

Вот уже через несколько месяцев Исломбек и его семья ждут появления нового члена семьи.🔅

Проблему со здоровьем можно быстро и легко решить, если это все делать заранее🙌

А у вас есть знакомые,
которые уже давно планируют ребенка❓

✳️ Buyrak toshlari – bu tuzlarning to‘planishi bo‘lib, ular juda qattiq bo‘laklarga aylanadi. Ba’zi toshlar mayda bo‘lib...
12/07/2022

✳️ Buyrak toshlari – bu tuzlarning to‘planishi bo‘lib, ular juda qattiq bo‘laklarga aylanadi. Ba’zi toshlar mayda bo‘lib, tanani sezilarsiz darajada tark etishi mumkin, boshqa kattaroqlari va ularning harakatlari noqulaylik va qattiq og‘riqni keltirib chiqaradi.

🔻Ba’zida siydik yo‘lini to‘sib qo‘yishi mumkin, keyinchalik bu holat jarrohlik amaliyotini talab qiladi.

☝️Buyrak toshlarining paydo bo‘lishi:
Ovqatlanish xususiyatlari, irsiyat, odamning turmush tarzi va semirish bilan yuzaga kelishi mumkin.

🦠 Kasallikning belgilaridan:

• Biqindagi kuchli og‘riq
• Ko‘ngil aynishi yoki qayt qilish
• Peshob rangining o‘zgarishi
• Peshob vaqtida og‘riq
• Hojatxonadan tez-tez foydalanish istagi.

✅ Tosh paydo boʻlmasligi uchun doktor bilan maslahatlashish va tavsiyalariga amal qilish lozim. Bundan tashqari, ko‘proq suv ichish va suvli sabzavot-mevalarni iste’mol qilish va tuzni kam isteʼmol qilish lozim.

💡Bular, buyrakda tosh paydo bo‘lishini oldini olishga yordam beradi.
#камнивпочках #урология #ташкент

❇️ Vi**ra - jinsiy olatni qon oqimini oshirishga yordam beradigan, qon tomirlari devorlaridagi mushaklarni bo'shashtirib...
02/07/2022

❇️ Vi**ra - jinsiy olatni qon oqimini oshirishga yordam beradigan, qon tomirlari devorlaridagi mushaklarni bo'shashtirib, erektsiyani olish va saqlashni osonlashtiradi.
Vi**ra faqat jinsiy aloqada bo'lganida samarali bo'ladi.

♻️ Har qanday dori-darmonda bo'lgani kabi, vi**ra ham salbiy ta'sirga ega bo'lishi mumkin.
Vi**ra siz uchun mos dori ekanligini aniqlash uchun shifokor bilan suhbatlashing.
Vi**rada duch keladigan, keng tarqalgan salbiy ta'sirlardan ba'zilari quyidagilar:

— Bosh og'rig'i

— Orqadagi og'riq

— Burun bitishi

— Oshqozon buzilishi

🟢 Bu kamdan-kam bo'lsa-da, vi**ra ba'zida jiddiy ta'sirga olib kelishi mumkin. Agar quyidagi ta'sirlarga duch kelsangiz,
vi**ra iste'mol qilishni to'xtating va darhol shifokor bilan bog'laning!

• To'satdan ko'rish yoki esh*tish qobiliyatini yo'qotish

• To'rt soatdan ko'proq davom etadigan erektsiya

• Jinsiy faoliyat boshlanganda ko'krak qafasidagi og'riq

• Haddan tashqari holatlarda, Vi**ra yurak xastaligi bilan og'rigan odamlarda yurak xurujiga sabab bo'lishi mumkin.

❗️Vi**rani qabul qilish paytida ortiqcha miqdordagi spirtli ichimliklarni iste'mol qilish, yuqorida sanab o'tilgan salbiy ta'sirlarni boshdan kechirish xavfini sezilarli darajada oshirishi mumkin.

✅ Vi**ra salbiy ta'sirining to'liq ro'yxati uchun tibbiyot xodimi bilan suhbatlashing va vi**rani qabul qilish sizga mos keladimi yoki yo'qligi haqida ko'proq bilib oling.
**ra #виагра #ташкент

30/06/2022

🔵 Erkaklar bepushtligi hozirgi k***a eng katta muammolardan biri. Bepushtlikka erkaklarning sababchi bo'lish darajasi 40-45% ga ko'tarilgan.

🟢 Erkak bepushtligi deganda, uning oxirgi 12 oy ichida faol jinsiy aloqada bo'lib, kontraseptiv vositalardan foydalanmaganda, ayolning homilador bo'la olmasligiga aytiladi.

🦠 Kasallikning asosiy sabablari:

— Varikosele kasalligi;
— Jinsiy aʼzolardagi nuqsonlar;
— Infeksiyalar;
— Gormanal buzilishlar;
— Genetik anomaliyalar;
— Jinsiy zaiflik va boshqalar.

📌 Bepushtlikka olib keluvchi tashqi faktorlar:

• Spirtli ichimliklar ko'p ichish;
• Chekish;
• Narkotik vositalar;
• Issiq dush va saunalarda ko'p vaqt bo'lish;
• Haddan ortiq jismoniy zo'riqish;
• Og'ir metallar bilan surunkali zaharlanish.

✅ Kasallikni oldini olish yoki davolash uchun shifokorga murojaat qiling.
Kelajagingizga befarq boʻlmang!

#безплодие

❇️ Barvaqt urug' to'kilishi-ya'ni eyakulyatsiya inson nazoratidan tashqari sodir boʻladigan, olat qinga kirishidan oldin...
26/06/2022

❇️ Barvaqt urug' to'kilishi-ya'ni eyakulyatsiya inson nazoratidan tashqari sodir boʻladigan, olat qinga kirishidan oldin yoki jinsiy aloqa 2 minutgachа yetmay urug' to'kilishi hisoblanadi.

😔 Erta eyakulyatsiya erkak istagisiz sodir boʻladigan, nazorat qila olmaydigan, erkak va uning ayoliga kuchli bezovtalik, noqulaylik keltirib chiqaradigan urug' to'kilishidir.

🥺 Bunday holat erkakni bezovta qilib, ayolning
qoniqmasligiga va oilaviy munosabatlarga salbiy taʼsir qiladi.

☝️Birlamchi erta eyakulyatsiya sababi bosh miyada neyronlar funksional holati buzilishi sababli boʻladi.
Ikkilamchi erta eyakulyatsiya esa asosan surunkali prostatit, erektil disfunksiya va gipetireoz kasalliklari belgisidir.

#эякуляция

25/06/2022

Nega erta uylanish kerak?

☝️Ayniqsa, hozirgi k***a bunga yetarlicha sabablar bor.
Internetlar faxsh va buzuqliklarga toʻlib, ochiq-sochiq ayollar hayolimizni buzmay qolmayapti.

🟢 Erta oila qurilsa, jamiyatda zino kamayadi va bunda yomon kasalliklar ham sekin-asta yoʻqolib boradi.
Yigitlarda uylangandan keyingi jinsiy aloqa jismoniy va ruhiy muvozanat asosidir.

✅ Erta uylanishning foydalari:

➞ Yoshlikni uzaytiradi;
➞ Qon tomirlari va yurakni mustahkamlaydi;
➞ Immunitetni ko’taradi;
➞ Prostata kasalligini oldini oladi;
➞ Oʻziga bo’lgan ishonchni kuchaytirib, testosteron darajasini oshiradi.

❗️Diqqat!
Yuqoridagi foydalar uchun munosabatlar muntazam va bitta ayol bilan boʻlishi kerak.

❇️ Prostatit bu – prostata bezini yallig’lanishi. Erkaklar jinsiy a'zolarida eng ko'p uchraydigan kasallik bo'lib, bezli...
19/06/2022

❇️ Prostatit bu – prostata bezini yallig’lanishi. Erkaklar jinsiy a'zolarida eng ko'p uchraydigan kasallik bo'lib, bezli organ, u juft bo'lmagan, qovuq ostida joylashgan.

♻️ Prostata siydik chiqarish nayini o’rab turadi. Aynan shu sababli, prostata kattalashganida, siydik yo’llarini siqib qo’yadi va siydik o’tishiga to’sqinlik qiladi.

🔎 35 yoshdan oshgan erkaklarda prostata kattalashishi tez-tez kuzatiladi. Bu odatiy hodisa. 50 yoshdan katta erkaklarda kasallik, siydik-tanosil tizimi faoliyatining buzilishi oqibatida yuzaga keladi, ya’ni prostata bezining yallig’lanishi natijasida.

☝️Yodda tutish kerak-ki, prostata bezi qancha kattalashsa, siydik shuncha ko’proq to’siladi va shu tariqa surunkali siydik tutilishiga olib keladi.

📍Bu kasallikning rivojlanishiga sabab quyidagilardir:
➖ Sovqatish, alkogolizm;
➖ Uzoq vaqt jinsiy aloqadan tiyilish yoki aloqalar sonini ko'paytirish;
➖ Ich qotishi va doimiy kam harakatlilik;
➖ Kichik tozning venoz tomirlarida qon aylanish buzilishi.

❗️Unutmang!
Kasallikni davolagandan, uni oldini olish afzal.
Yuqoridagi holatlar sizda ham kuzatilsa, tezda shifokorga murojaat qiling.
#простатит

18/06/2022

❇️ Varikosele – urug‘ tizimchasidagi venalarning kengayishi bo‘lib, kasallikning o‘zi inson hayoti uchun xavf tug‘dirmaydi. Lekin uning oqibatida erkaklarda “og‘rimas dard” bepushtlik kelib chiqishi mumkin.

💡Varikosele kelib chiqishiga sabab vena qon tomirlarining klapanlari funksiyasi buzilishidir.
Varikoselening uchrash chastotasi erkaklarning yoshiga va yashash sharoitiga ham bog‘liq.

✅ Varikoselening oldini olish uchun:
➞ Jismoniy zo‘riqishni kamaytirish;
➞ Surunkali ich qotishini bartaraf qilish;
➞ Spirtli ichimlik ichish va tamaki mahsulotlar chekishni to‘xtatish;
➞ Jinsiy hayot bilan muntazam shug‘ullanish;
➞ Oʻz vaqtida dam olib turish kerak bo‘ladi.

📌 Varikoseleni o‘z vaqtida davolamasa, urug‘donlarning hajmi kichrayadi, spermatogenez jarayoni buziladi,
bepushtlikka va erkaklarda “erta klimaks”ga sababchi bo‘ladi.

#урология #варикоцеле

🤔 Ko‘pincha erkaklar yosh o‘tishi bilan jinsiy zaiflik paydo bo‘ladi deb o‘ylashadi. Ammo bu fikr ko‘pam to‘g‘ri emas. 💡...
17/06/2022

🤔 Ko‘pincha erkaklar yosh o‘tishi bilan jinsiy zaiflik paydo bo‘ladi deb o‘ylashadi.
Ammo bu fikr ko‘pam to‘g‘ri emas.

💡Chunki, yosh o‘tishi bilan kishida turli kasalliklarga uchrash ehtimoli ortadi, xolos.
Impotensiyaga olib keluvchi asosiy omillar sifatida, quyidagilarni ko‘rsatishimiz mumkin:

🔹 Ruhiy iztiroblar va tushkunlik;
🔹 Nevrologik –
umurtqalar­aro disk churrasi;
🔹 Semizlik, kamharakatlilik,
ichkilikbozlik;
🔹 Kichik chanoq sohasi a’zolarida o‘tkazilgan operatsiya;
🔹 Arterial gipertoniya, chekish,
qandli yoki qandsiz dia­bet;
🔹 Pastki siydik yoʻllarida shamollashlar – prostatit;
🔹 Dori-darmonlar ta’siri – qon
bosimini tushiradigan preparatlar,
antidepressantlar qabul qilish.

✅ Jinsiy muammolarga yo‘liqmaslik uchun sog‘lom turmush tarziga amal qilish va albatta shifokor nazoratida boʻlish tavsiya etiladi.
#импотенция #узбекистан #урология

16/06/2022

☝️Masturbatsiya (oʻzini qondirish) –
Dinimizning koʻplab katta olimlari masturbatsiya harom ekanligiga fatvo berishgan.

📌 Meditsina tarafdan esa zararlarini sanab oʻtamiz:

▪️Tanada jiddiy buzilishlarga sabab bo'lishi va erkak unga qaram bo'lib qolishi;
▪️ Masturbatsiya depressiyani, bezovtalikni keltirib chiqaradi;
▪️Muntazam va uzoq muddatli oʻzini qondirish tufayli olat boshining sezgirligi yo'qoladi;
▪️Normal jinsiy aloqada hislar spektrida o'zgarishlar yuz beradi;
▪️Jinsiy zaiflik va urugʻning tez tukilishiga sabab boʻladi;
▪️Jinsiy nevroz paydo bo'ladi (uretrada yonish hissi, qorinning pastki qismida og'riq);
▪️Ruhiy buzilishlar kuzatiladi (axloqiy zaiflik, asabiylashish, zulm va uyat hissi, uyqusizlik va boshqalar).

📍Aslida bu zararlarni davom ettirish mumkin.
Ammo shu muammolarning oʻzi yetarli deb oʻylaymiz.
Oʻz irodangizni ishga solib bu illatdan voz keching!

#ташкент

Kontraseptivlar nimaga kerak?🟢 Kontraseptiv vositalari homiladorlikni oldini olishda qulay yechim hisoblanadi.Tabletkala...
12/06/2022

Kontraseptivlar nimaga kerak?

🟢 Kontraseptiv vositalari homiladorlikni oldini olishda qulay yechim hisoblanadi.
Tabletkalar, prezervativ, bachadon ichi spirali va boshqalar.
Bu vositalar afzalliklari bilan bir qatorda, uchrashi mumkin boʻlgan salbiy oqibatlari ham bor.

✅ Erkaklarda prezervativlar jinsiy yo'llar bilan yuqadigan kasalliklardan yaxshi himoya qiladi, ammo sifilis ( zahm) va bir qator virusli kasalliklar yuqish xavfi bor ( teri kontakti orqali).

❇️ Homiladorlikdan saqlanishni ahd qilgan erkak va ayol oʻzlari uchun beziyon boʻlgan kontratseptiv vositalardan foydalanishi va buning uchun albatta doimiy tibbiy koʻrigida boʻladigan oʻz shifokori bilan maslahatlashib olishi kerak.

Yanada koʻproq maʼlumotlar uchun sahifamizga aʼzo boʻling!

#контрацепция

12/06/2022

Koʻpchilik erkaklarda uchraydigan muammo

👨 Erkaklarda hojatga chiqganda peshob tomchilab qolishi kuzatilib,
bu muammo asosan surunkali prostatit kasaligidan kelib chiqadi.

🦠 Surunkali prostatit erkaklar orasida ko‘p uchraydigan kasallik hisoblanadi. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, bu kasallik 25 yoshdan keyin erkaklarning 25-80 % ida uchraydi.

♻️ Noregulyar jinsiy hayot kechirish, kam harakat turmush tarzi, spirtli ichimliklar, tamaki mahsulotlarini iste’mol qilish, sovqotish kabilar prostatit rivojlanishining asosiy sababchilaridir.

Kasallikning belgilari:
– Tez-tez siyish;
– Siydik chiqishida achishish;
– Zaif bosim bilan chiqishi;
– Siydikning boʻlinib-boʻlinib
chiqishi;
– Qoldiq siydik qolganlik hissi;
– Qovuq sohasida noxush ogʻriqlar.

☝️ Agar bu kasallikni vaqtida davolamasangiz,
Jo’shqin jinsiy faoliyatida tezda asabiy va jismoniy charchoq yuzaga keladi, gormonal tizim faoliyati, jinsiy bezlar sekretsiyasi buziladi, bu esa asta-sekin potentsiyaning pasayishiga olib keladi.

Yuqoridagi maʼlumotlar sizga foydali bo'lsa, yaqinlaringizga ulashing!

#простатит

Address

Paeonnis_medical_center

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Urolog_iskandar posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

  • Want your practice to be the top-listed Clinic?

Share

Share on Facebook Share on Twitter Share on LinkedIn
Share on Pinterest Share on Reddit Share via Email
Share on WhatsApp Share on Instagram Share on Telegram