16/05/2024
👨🏻⚕️ Bugun ahil jamoa bo'lib ishlaydigan bo'lim shifokorlari bilan tanishtiramiz.
Babadjanov A'zam Xasanovich - 2-sonli Gepatobiliar xirurgiya va jigar transplantatsiyasi bo'limi rahbari bo'lib, tibbiyot fanlari doktori, professor, oliy toifali shifokor hamda jigar va oshqozon osti bezi xirurgiyasi sohasida yuqori malakali 20 yillik ish stajiga ega bo'lgan mutaxassis sanaladi.
🩺 Babadjanov A'zam Xasanovich gepatobiliar xirurgiya yo'nalishida ko'p yillik tajribaga ega bo'lib, bu sohaning murakkab operatsiyalari, xususan jigar rezeksiyasi va transplantatsiyasi, laparoskopik operatsiyalar, portal gipertenziya sindromida bajariladigan turli xil shuntlash operatsiyalari va b. bilan shug'ullanadi.
Har yili uning rahbarligi ostida 500 dan ortiq operatsiyalar amalga oshiriladi.
Hamda u ilmiy faoliyatni ham tinimsiz olib boradi. 2014-yilda "Jigar sirrozi bilan og'rigan bemorlarda hayot prognozini integral baholash bilan portosistem shuntlashning kontseptual asoslari" mavzusida doktorlik dissertatsiyasini yoqlagan.
MDH davlatlari Gepat**ankreatobiliar xirurgiyasi xirurglari assotsiatsiyasi a'zosi hisoblanib, har yili xalqaro kongress va konferensiyalarda ishtirok etadi va 10 dan ortiq ixtirolarni hamda 100 dan ortiq maqolalarning hammuallifi sanaladi. Shu kunga qadar jigar va oshqozon osti bezi xirurgiyasi va jigar transplantatsiyasi yo'nalishida MDH davlatlarining yetakchi markazlarida malaka oshirgan