Respublika Ixtisoslashtirilgan Gematologiya Ilmiy Amaliy Tibbiyot Markazi

Respublika Ixtisoslashtirilgan Gematologiya Ilmiy Amaliy Tibbiyot Markazi Республиканский Специализированный Научно-Практический медицинский центр гематологии

11/04/2026

Gemofiliya

Bu — irsiy kasallik bo‘lib, qon ivish omillari yetishmovchiligi bilan bog’liq xastalikdir.

Natijada oddiy jarohatlar ham uzoq qon ketishiga yoki ichki qon quyilishlariga olib kelishi mumkin.

Zamonaviy tibbiyotda o‘rnini bosuvchi faktor terapiyasi yordamida bemorlar to‘laqonli hayot kechirishi mumkin.

Erta tashxis va doimiy nazorat asoratlarning oldini olishda muhim ahamiyatga ega.

Sportchilarni jarohatdan tiklash ishlari va mushak holati bo‘yicha tekshiruvlar asosan xorijda o‘tkazilyapti. Federatsiy...
08/04/2026

Sportchilarni jarohatdan tiklash ishlari va mushak holati bo‘yicha tekshiruvlar asosan xorijda o‘tkazilyapti. Federatsiyalar sport shifokori, farmakolog va dietologlarni yuqori maosh to‘lab, chetdan olib kelishga majbur bo‘lmoqda.

Sportchilardagi suyak sinishi, pay uzilishi kabi jarohatlar bo‘yicha zamonaviy protokollar o‘zimizda joriy etilmayotgani, Travmatologiya, Kardiologiya, Terapiya markazlari federatsiyalar bilan hamkorlik qilmasligi bo‘yicha e’tiroz bildirildi.

Endilikda har bir ixtisoslashgan tibbiyot markazlari sport federatsiyalari bilan hamkorlik qiladi. Har oyda terma jamoa a’zolarining sog‘lig‘ini diagnostika qiladi, jarohat olish xavfini baholaydi. Sportchining jismoniy yuklamasini ilmiy tahlil qilib, murabbiylarga tibbiy tavsiyalar beradi.

Yangi o‘quv yilidan Toshkent tibbiyot universitetida sport dietologi, fiziologiya, psixologiya bo‘yicha, Farmatsevtika institutida sog‘lom ovqatlanish bo‘yicha mutaxassis tayyorlash boshlanadi. Olimpiya shaharchasidagi Sport tibbiyoti ilmiy markazi talabalar uchun amaliyot bazasiga aylanadi.

Shuningdek, mutasaddilarga sport mahsulotlarini mahalliylashtirish dasturini o‘z ichiga olgan qaror loyihasini kiritish topshirildi.

08/04/2026

Эндиликда ҳар бир ихтисослашган тиббиёт маркази спорт федерациялари билан ҳамкорлик қилади

02/04/2026

Tarqoq skleroz nima?

Gematologiya markazi Urgut tumanida amaliy ishlarni davom ettirmoqdaAsosiy e’tibor — gematologik kasalliklarning oldini ...
28/03/2026

Gematologiya markazi Urgut tumanida amaliy ishlarni davom ettirmoqda

Asosiy e’tibor — gematologik kasalliklarning oldini olish, ularni erta aniqlash va bemorlarga o‘z vaqtida sifatli davolashni yo‘lga qo‘yishga qaratilgan.

Hududda leykozlar, aplastik anemiya va miyeloma kabi og‘ir kasalliklar bo‘yicha tashxis va davolash ishlari kuchaytirilgan.

Markaz bosh shifokori Abdurahmon Qayumov va vrach-gematolog Nasiba Qaxxorova tomonidan aholiga 6 yo‘nalishda tushuntirishlar berilib, amaliy ko‘nikmalar ulashilmoqda.

Qashqadaryo viloyat koʻp tarmoqli tibbiyot markazida ilmiy-amaliy seminar o‘tkazildiQashqadaryo viloyat ko‘p tarmoqli ti...
27/03/2026

Qashqadaryo viloyat koʻp tarmoqli tibbiyot markazida ilmiy-amaliy seminar o‘tkazildi

Qashqadaryo viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida Respublika ixtisoslashgan Gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi shifokori Abdurahmonova Nilufar Rustamovna ishtirokida “O‘tkir va surunkali leykozlar (gemoblastozlar)” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.

Seminar davomida:
- kasalliklarni erta aniqlash
- zamonaviy diagnostika va davolash usullari
- klinik holatlarni tahlil qilish bo‘yicha muhim ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, Respublika ixtisoslashgan Gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Qashqadaryo filialida davolanayotgan bemorlar ko‘rikdan o‘tkazilib, ularga individual tavsiyalar berildi.

Ushbu seminar hududda gematologik xizmat sifatini oshirish va shifokorlar malakasini yuksaltirishga xizmat qiladi.

24/03/2026

Homiladorlik va leykoz bir vaqtda bo‘lsa, qanday klinik yechim bor?

18/03/2026

Remissiyadagi bemorlarda uzoq muddatli kuzatuv strategiyasi

14/03/2026

Davlatimiz rahbarining sog‘liqni saqlash tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan farmon va qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida respublika tibbiyot markazlari hududiy tibbiyot muassasalari bilan yaqindan hamkorlikda ish olib bormoqda.

Ushbu jarayonda Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi mutaxassislari ham hududlarda faoliyat olib bormoqda.

Xususan, Qoraqalpog‘iston Respublikasida markaz gematologi Saidburxon Asilov tomonidan hududiy shifokorlar uchun o‘quv mashg‘ulotlari va amaliy seminarlar tashkil etilmoqda.

Unda gematologik kasalliklarni erta aniqlash, to‘g‘ri tashxis qo‘yish va zamonaviy davolash usullarini qo‘llash bo‘yicha muhim tavsiyalar berilmoqda.

10/03/2026

Molekulyar genetika sohasida amaliy tajriba

03/03/2026

Surunkali miyeloid leykoz nima?

27/02/2026

3-kun

Urgut tumanida o‘tkazilgan o‘rganishlar shunchaki tashrif emas, balki tizimli yondashuvning amaliy bosqichi bo‘ldi. Birlamchi bo‘g‘indan boshlab gematologik kasalliklarni erta aniqlash, laboratoriya imkoniyatlarini kengaytirish va bemorlarni to‘g‘ri yo‘naltirish mexanizmini mustahkamlash bo‘yicha aniq “yo‘l xaritalari” belgilandi.

Eng muhimi — chekka hududlarda yashovchi aholi uchun malakali gematologik yordam endi yanada yaqin va yanada tizimli bo‘ladi.

Address

Tashkent
100097

Opening Hours

Monday 09:00 - 17:00
Tuesday 09:00 - 17:00
Wednesday 09:00 - 17:00
Thursday 09:00 - 17:00
Friday 09:00 - 17:00
Saturday 09:00 - 17:00

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Respublika Ixtisoslashtirilgan Gematologiya Ilmiy Amaliy Tibbiyot Markazi posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Share