
02/06/2025
"Dorilarni qanday to‘g‘ri saqlash kerak"
💊 Samaradorlik va xavfsizlikni ta’minlaymiz
Dorilarni noto‘g‘ri saqlash ularning ta’sirini pasaytirishi yoki hatto zararli qilishi mumkin. Quyidagi oddiy qoidalarga rioya qiling:
✅ Quruq va salqin joyda saqlang
Ko‘pchilik dorilar xona haroratida (15–25°C), namlikdan uzoqda (vannaxonada emas!) va quyosh nurlaridan himoyalangan joyda saqlanishi lozim.
❄️ Muzlatgichda saqlanadigan dorilar
Ayrim dorilar (masalan, insulin, ba’zi antibiotiklar) +2...+8°C haroratda saqlanishi kerak. Doim yo‘riqnomani tekshiring!
⚠️ Xavfli joylar
— Isitgich yoki plitaga yaqin (haddan tashqari isib ketadi).
— Avtomobilda (harorat tez-tez o‘zgaradi).
— Bolalar va hayvonlar yeta oladigan joylarda.
📆 Yaroqlilik muddatini nazorat qiling
Vaqti-vaqti bilan uyingizdagi dori qutisini tekshirib turing, muddati o‘tgan dorilarni tashlab yuboring.
«Как правильно хранить лекарства?»
💊 Сохраняем эффективность и безопасность
Неправильное хранение лекарств может снизить их эффективность или даже сделать опасными. Вот несколько простых правил:
✅ Сухость и прохлада
Большинство препаратов нужно хранить при комнатной температуре (15–25°C), вдали от влаги (не в ванной!) и солнечных лучей.
❄️ Что убирать в холодильник?
Некоторые лекарства (например, инсулин, отдельные антибиотики) требуют хранения при +2…+8°C. Проверяйте инструкцию!
⚠️ Опасные места
— Близко к батарее или плите (перегрев).
— В машине (температурные перепады).
— В доступе детей и животных.
📆 Следите за сроком годности
Периодически проверяйте домашнюю аптечку, утилизируйте просроченные препараты.