25/07/2025
📌 5-chi sabab — bu PTSR (post travmatik stress holati)
👉 PTSR — bu shunday holatki, inson boshidan o‘tkazgan og‘ir voqeani unutib yubora olmaydi: go‘yo o‘sha voqea o‘tib ketgan bo‘lsa ham, lekin uning taʼsiri hamon uning tanasi va ruhiyatida yashayotgan bo‘ladi.
👉 Insonda qo‘rquv, kuchli bezovtalik, ichki tortinchoqlik, o‘zini namoyon qila olmaslik kabi belgilar namoyon bo‘ladi.
Chuqurda yotgan sabablar:
✅ Inson hayotiga xavf solgan / yoki uni qalbini juda qattiq ranjitgan voqealar ro‘y bergani;
✅ Va o‘sha paytda u o‘zini himoya qila olmagani uchun ichida qolgan nochorlik hisi.
Bu nimaga olib keladi?
👉 Bunday inson haqiqiy yaqin munosabatlarda o‘zini himoyasiz va xavf ostida his qiladi — uning asab tizimi doimiy ravishda ogohlikda bo‘ladi, go‘yo yaqinlik — bu yangi xatardek.
👉 Shuning uchun ham u asosan Internetda munosabatlar qurishni xush ko‘radi.
👉 Chunki onlayn dunyodagi ishqiy munosabatlar bunday insonlar uchun — jonli kontaktdan himoyalanish va badansiz yaqinlikni boshdan kechirish usulidir.
💡 Agar bu taʼriflarda siz o‘zingizni yoki juftingizni tanigan bo‘lsangiz, biling-ki, internet orqali yuzaga kelgan maxfiy muhabbatlar— bu shunchaki “xiyonat” emas. Bu ko‘p hollarda yechilmagan ichki og‘riqning belgisidir.
👉 Bu – hukm emas, balki signal. Va bu signal - Psixoterapiyaga borishga vaqt keldi! Endilikda o‘zingizni chuqurroq tushunishingiz kerak! - degan maʼnoni o‘z ichiga oladi.💯
🧠 Mening konsultatsiyalarimda biz siz bilan shunchaki gaplashib o‘tirmaymiz — biz ichki tugunlaringizni yechamiz va bolalikdagi travmalaringizni qayta ishlab chiqamiz. Biz sizning hozirgi vaqtdagi hissiy jarohatlaringizni qayta ko‘rib chiqamiz va siz o‘z hislaringizni boshqarishni o‘rganasiz 👍
👉 Murojaat uchun direktga yozing.
❤️ Sizning shifo topish yo‘lingiz — anglashdan va professional psixologik yordamdan boshlanishi kerak! ❤️