Pediatr Maftuna Hamidullayevna

Pediatr Maftuna Hamidullayevna Contact information, map and directions, contact form, opening hours, services, ratings, photos, videos and announcements from Pediatr Maftuna Hamidullayevna, Doctor, Tashkent.

Farzandlarimiz bilan bogʻliq boʻlgan narsalar har doyim eng aʼlo va sifatli boʻlishini hohlaymiz. U hoh kiyim kechak boʻ...
03/01/2023

Farzandlarimiz bilan bogʻliq boʻlgan narsalar har doyim eng aʼlo va sifatli boʻlishini hohlaymiz. U hoh kiyim kechak boʻlsin hoh oʻyinchogʻ-u, jihozlar  boʻlsin. Oziq ovqat mahsulotlari ham shu qatorda.

🙇 🍽️Yosh bolalar uchun tayyorlanadigan taomlar iloji boricha konservantlarsiz, toza va tabiiy mahsulotlardan boʻlishi, sabzavot va mevalar uzoq saqlanmagan iloji boʻlsa yangi uzulgan boʻlishi kerak. Shunda ular vitaminlarga boy boʻladi.

🥣Farzandingiz uchun pyure yoki shoʻrva qilayotgan boʻlsangiz mahsulotlrni suv qaynab chiqqach qozonga solsangiz sabzavotlarda vitaminlar koʻproq saqlanib qoladi. Tuzni ovqat tayyor boʻlgach solish kerak.

☝️Tez tayyorlanadigan kashalarni tayyorlashda qaynatib 40° darajagacha sotilgan suvdan foydalanish kerak.
❗️Qaynoq suv kasha va smeslar tarkibidagi bola uchun  foydali boʻlgan  mikroelementlar va ichak tizimini yaxshilovchi bifidumbakteriyalarni nobud qiladi, bunday kasha va smeslarni ozuqaviy qiymatini yoʻqoladi. 

☝️Hamma biladiki bolaga tayyorlangan taomlar bir martalik boʻlishi kerak. Ikkinchi kunga qoladigan taomlar tarkibida har hil zararli bakteriyalar koʻpayadi. Ayniqsa issiq kunda🌡️☀️.

Lekin bazida shunday hollar boʻladiki ovqatlarni isitishga toʻgʻri kelib qoladi.
🤷Ovqati qay yoʻl bilan isitish kerak?
Koʻpchilik bu borada milrotoʻlqinli pechlarni avzal biladi. Bu unchalik ham toʻgʻri tanlov emas ☝️ mikrotoʻlqinli pechda isitilgan ovqatlarni cheti isib oʻrtasi sovuq holicha qoladi. Bu esa ovqatda zararli bakteriyalarni koʻpayishiga olib keladi. Keyin mikrotoʻlqinlar ovqatdagi foydali vitaminlarni nobud qiladi.
💁Bolalar ovqati ni isitishda eng yaxshi usul bu  suv bugʻi yordamida isitishdir. Ham tabiiy, hech qanday zararli mikrotoʻlqinlarsiz.

‼️Esta tuging‼️ Agar zarurat boʻlsa  faqat oʻzingiz uy sharoitida tayyorlangan taomlaringizni isitib yedirishingiz mumkin. Uni ham faqat 1 marta isiting, ikkinchi marta isitilgan ovqatda ichak tayoqchasi bakteriyalari ikki hissa  koʻpayadi. Bunday ovqatni yegan bolada diyareya yuzaga kelishi mumkin.

🍼Tez tayyorlanadigan kasha va smeslarni bir martalik portsiyada tayyorlang. Chunki ularni qayta isitib bo’lmaydi. Isitilgani esa e’stemolga yaroqsiz hisoblanadi

SOG'LOM BOLALARDA HARAKAT AKTIVLIGI SHAKLLANISH BOSQICHLARI.1 oylikda:• Ushlab turganda qisqa vaqt boshinia tutadi•Atrof...
02/12/2022

SOG'LOM BOLALARDA HARAKAT AKTIVLIGI SHAKLLANISH BOSQICHLARI.

1 oylikda:
• Ushlab turganda qisqa vaqt boshinia tutadi
•Atrofni qisqa kuzatadi

2 oylikda:
•Boshini tutadi
•Ko'zlari bilan harakatlanayotgan narsalarni kuzatadi
•Jilmayadi, ovoz chiqara boshlaydi

3 oylikda:
•Qoringa yotqizilganda boshi va ko'kragini ko'taradi
•Yaqinlarini begonalardan farqlay boshlaydi

4 oylikda:
•Ag'dariladi
•Narsalarni ushlaydi
• Chinqirib kuladi
•O'ynashni yaxshi ko'radi

5-6oylikda:
• Yordam bilan o'tiradi
• Narsalarni og'ziga oboradi
• O'yinchoqlarini ikki qo'lida o'ynaydi
•Ayrim harflarni gapiradi

7-8 oylikda:
• "Sensor nutq" rivojlanadi
• "ona", "baba" so'zlarini gapiradi
• Emaklaydi

12 oylikda:
• Tik turadi
• Narsalardan ushlab yuradi
• 8-10ta so'z aytadi
• So'raganda o'yinchoqlarini uzatadi
• Oddiy harakatlarni bajaradi
• Ovozni biladi
•So'zlarni takrorlaydi

18 oylikda:
• Yuguradi
• Zinapoyalardan ko'tarila oladi
• O'zi ovqatlanadi
• Oddiy gaplarni gapiradi

👉

"Bolalarga ota-onaga yaxshilik qilish savob, yomonlik qilish esa gunohligini go‘dakligidan tushuntirib borish kerak. Bu ...
02/12/2022

"Bolalarga ota-onaga yaxshilik qilish savob, yomonlik qilish esa gunohligini go‘dakligidan tushuntirib borish kerak. Bu bolaning vazifasi, burchi ekani anglatilishi shart. Ana shundagina "Men bular uchun unday qildim, bunday qildim, ular bo‘lsa..." kabi afsus-nadomatlarga g‘arq bo‘lmaysiz".

"Tarbiyaning oltin kaliti" kitobidan

👉

🍫Шоколаднинг  фойдалариШифокорлар кунига бир нечта қора шоколад истеъмол қилиш инсон саломатлигини сезиларли даражада ях...
02/12/2022

🍫Шоколаднинг  фойдалари

Шифокорлар кунига бир нечта қора шоколад истеъмол қилиш инсон саломатлигини сезиларли даражада яхшилашини исботладилар. Шундай қилиб, бу маҳсулот қон босимини пасайтиради, инсулт ва бошқа юрак-қон томир касалликлари хавфини камайтиради.
Шунингдек, шоколад кайфиятни яхшилайди - 2 ҳафта давомида кунига тахминан 35 г қора шоколад истеъмол қилсангиз, қондаги стресс гормонлари даражасини камайтиришингиз мумкин.

Буюк Британия олимларининг аниқлашича, қора шоколад истеъмол қилиш тери қаришини секинлаштирар экан.

Бундан ташқари қора шоколад хавфли саратон касаллиги бўлмиш меланома ривожланишини ҳам камайтиради.

👉

27-noyabr juda ko’plab davlatlarda “ONALAR KUNI” sifatida nishonlanar ekan!!!Barchangizni bugunki kun bilan tabriklayman...
27/11/2022

27-noyabr juda ko’plab davlatlarda “ONALAR KUNI” sifatida nishonlanar ekan!!!
Barchangizni bugunki kun bilan tabriklayman aziz onajonlar🤗🤗🤗🌺🌺🌺
Buning uchun sizga alohida kimningdir tabriklashi, qandaydir bayram tabrigini kimdandir kutib utirmasdan uzingizni xursand qiling va hayotdan zavqlaning🎉🎉🎉
Har qanday vaziyatda ham hayotingizda xursand bulishga arziydigan sabablarni topishingiz va bundan xursand bula olishingiz bu sizning baxtni his qilishingiz demakdir🌸🌸🌸

Hurmat bilan sizning shifokoringiz Maftuna Hamidullayevna👩🏻‍⚕️

Bolaning oyoq kafti 5-6 yoshiga qadar rivojlanadi. Aynan mana shu davr ichida sog`lom oyoqlarni «tarbiyalash» imkoniyati...
27/11/2022

Bolaning oyoq kafti 5-6 yoshiga qadar rivojlanadi. Aynan mana shu davr ichida sog`lom oyoqlarni «tarbiyalash» imkoniyati katta bo`ladi. Chunki vaqt o`tgani sari suyaklar mustahkamlanib, jiddiy davolash usullarini talab etadi.

Yassi oyoqlilik: qachon va qanday aniqlanadi?

Yassi oyoqlilik
👉 tug`ma (kam uchraydigan holat)
👉 raxitning asorati
👉falajlik
👉bolaning o`z tana og`irligini ko`tara olmasligi
👉erta yurish
👉jarohat oqibati bo`lishi mumkin. 

3-4 yoshgacha bo`lgan bolalarda yassi oyoqlilik fiziologik holat sanaladi. Bolaning yoshi kattalashgach, o`tib ketishi mumkin. Oyoq mushaklarini mustahkamlash va yassi oyoqlilikning oldini olish uchun ko`proq tuproq, qumda yalang oyoq yurish lozim.

☝️Bolalarga ortopedik poyabzalni faqat ortoped shifokorning tavsiyasi bilan maxsus tekshirish usullari, masalan, kompyuter-plantografiyasidan so`ng buyuriladi.

🙅🏻‍♀️ Ortopedik poyabzalni sog`lom bolalarga shifokor tavsiyasisiz kiydirmagan ma`qul. Chunki u bolaning oyog`ini og`ritishi, kichkintoyga og`irlik qilish ehtimoli bor.

📍Фарзандингизга асло сақич олиб берманг!⭕️ Ҳозирги замонавий сақичлар ўзида жуда кўп миқдорда шакар ёки шакар ўрнини бос...
22/11/2022

📍Фарзандингизга асло сақич олиб берманг!

⭕️ Ҳозирги замонавий сақичлар ўзида жуда кўп миқдорда шакар ёки шакар ўрнини босувчи кимёвий моддалар сақлайди. Улардан бири ксилитол сийдик пуфаги саратонига сабаб бўлиши мумкин.

⭕️ Сақич турли хил бўёқлар билан бўялади. Бу эса болада аллергия ёки диареяга сабаб бўлади!

⭕️ Сақични оч қоринга чайнаш ошқозонда яра пайдо бўлишига имкон яратади!

⭕️ Кўп сақич чайнаш болада хотира пасайишига сабаб бўлиши мумкин.

⭕️ Сақич таъмини яхшилаш учун қўшиладиган глутамат моддаси асаб ҳужайраларини нобуд қилиши мумкин.

FARZAND TARBIYASIDA OTANING O'RNI👨‍👩‍👦‍👦 Oilada otaning bolalariga loqayd bo'lishi oxiri xunuk oqibatlarga sabab bo'ladi...
22/11/2022

FARZAND TARBIYASIDA OTANING O'RNI

👨‍👩‍👦‍👦 Oilada otaning bolalariga loqayd bo'lishi oxiri xunuk oqibatlarga sabab bo'ladi.

🔹 Loqaydlik yomon illat bo'lib, u bola tarbiyasining buzilishiga katta yo'l ochadi.

🔹 Ota sustkashlik qilib, burchini ado etmagani va manfaatli ilm hamda yaxshi amalni o'rgatmagani oqibatida o'z farzandidan zarur ijobiy hislatlarni shakllantira ololmaydi.

🔹 Farzand ham otasining yaxshi tarbiyasidan mahrum bo'lib o'sadi.

🔹 Keyingi davr esa bir oz talabchanlik va intizomni talab etadi.

🔹Bu davr o'smirlik payti bo'lib, bola oq-qorani ayni shu davrda ajratadi.

🔹 Yaxshilikka mukofot, yomonlikka jazo muqarrarligini shu bosqichdan o'rganadi.

✅ Bu davrda farzand to'g'ri yo'lga solinsa,  tarbiyali do'stlarga hamroh qilinsa, uning odobli bo'lib, yaxshi inson bo'lishi uchun muhim qadam qo'yiladi.

✅ Odatda onalar o'z bolalarining xato va kamchiliklarini otasidan yashirishga harakat qiladilar.

📌 Aytsam urishadi, bolamga qattiq tegadi deb, yo'l qo'ygan xatolari, qo'l urgan yomon ishlarini otaga aytmaydilar.

📌 Oqibatda bola o'z vaqtida tanbeh olmaganidan keyin bora-bora kattaroq jinoyatlarni ham qo'rqmasdan qilaverishi mumkin.

✔️ Tarbiyada eng muhim vosita bu mehr va shirinso'zlik bilan tarbiyalashdir.

☝️ Bu ikki vosita bir bo'lib, bolani shakllantiradi.

FARZAND TARBIYASIDA OTA - ONANING O'RNI☝️Albatta bola tarbiyasi o'ta murakkab va ma'suliyatlidir.🔊  Bu har bir ota-onada...
22/11/2022

FARZAND TARBIYASIDA OTA - ONANING O'RNI

☝️Albatta bola tarbiyasi o'ta murakkab va ma'suliyatlidir.

🔊  Bu har bir ota-onadan o'z ustida muntazam ishlashni, bolalar tarbiyasiga oid barcha ma'lumotlardan baxobar bo'lib borishni talab etadi.

✅ Farzand tarbiyasi bu shunchaki tajriba, oddiy ko'rsatma va bilimlar jamlanmasi emas, balki o'z ichiga diniy-axloqiy bilimlar, tibbiyot, etika, psixologiya, pedagogika kabi sohalariga oid bilimlarni ham qamrab oladigan murakkab jarayondir.

💯 Ta'lim-tarbiya, odob-axloq bolalikdan berilgani ma'qul. Rasululloh (a.s.): “Birontangiz o'z farzandlaringizni tartib-intizomga o'rgatsa, bu har kuni sadaqa bergandan yaxshiroqdir”, deya marhamat qilganlar.

👨‍👩‍👧‍👦 Bolalarni intizomga o'rgatish oila mustahkamligiga asos bo'ladi.

👨‍🏫 Taniqli pedagog A.S.Makarenko besh yoshgacha bo'lgan tarbiya bolaning shaxsiyati shakllanishida o'ta muhim ahamiyatga ega ekanini qayd etib o'tgan.
Bu haqda u shunday deb yozgan: “...tarbiyaning bosh asosi besh yoshda nihoyasiga yetadi, demak, siz besh yoshgacha nima qilgan bo'lsangiz, bu tarbiyaviy jarayonning 90 foizini tashkil etadi, keyingi tarbiya esa qayta tarbiyalash negizida davom etadi”.

☝️  Mana shu jarayonda bola tarbiyasiga o'ta e'tiborli bo'lish lozim.

✔️ Buyuk mutafakkirlar farzand tarbiyasi, go'zal axloqning inson kamolotiga sabab bo'luvchi yuksak fazilat ekanini ta'kidlaganlar.

🌟Сизларга битта ажойиб техникани ўргатаман азиз, ОНАЖОНЛАР! 🌟Ўйлаб куринг! 👩‍👧‍👦👶👧🤱 болажонларимиз туғилиши билан «Д Вит...
20/11/2022

🌟Сизларга битта ажойиб техникани ўргатаман азиз, ОНАЖОНЛАР! 🌟

Ўйлаб куринг! 👩‍👧‍👦👶👧🤱 болажонларимиз туғилиши билан «Д Витамин» ни берамиз суяклари мустаҳкам кальций моддалари жойида бўлсин деб ҳатто, кундузи соат 9-10 атрофида қуёшга 🌞 ҳам олиб чиқиш эсимиздан чиқмайди, тўғрими? Албатта буларнинг барчаси
соғлом бўлиши учун...

✅ Хўш, бу ўхшатиш келтирилишининг сабаби шундаки, қалби, ички руҳияти ҳам соғлом бўлиши учун "Д" Витамини каби эсимиздан чиқмайдиган техника бу...

✨Витаминчалар...✨
Фарзандингизни чақирасиз, "-Кел, болажоним! Сен менинг энг суюклигимсан! 💞 Сен менинг пахлавонимсан! (маликамсан!) Сени жуда жуда яхши кўраман...❤️ борлигинг учун, бу дунега келганинг учун, айнан Аллох менга Сени бергани учун яхши кўраман" 💝деб ҳар куни худди витаминни қандай қолдирмай берсангиз, меҳр бериш практикасини ҳам одат тусига айлантирасиз...🧚‍♀

Бора-бора бунга ўзингиз ҳам, фарзандларингиз ҳам ўрганадилар.

🌟"Она витаминчалариздан беринг" деб қолишади. Ёки ўзингиз ҳазиллашиб "Келинглар, Витаминчалар бераман " деб номлаб олсангиз хам бўлади... фарзандингиз аччиқланган ва қайсарлик қилган пайтлари...
1-21ёшгача бўлган болаларга қўллаш мумкин.🌟

ШЎХЛИКМИ ЁКИ ЭЪТИБОРНИ ЖАЛБ ҚИЛИШ?⚡️Муаммо: Она уй ишлари билан банд, боласи эса унинг эътиборини тортиш учун шўхлик қил...
20/11/2022

ШЎХЛИКМИ ЁКИ ЭЪТИБОРНИ ЖАЛБ ҚИЛИШ?

⚡️Муаммо:
Она уй ишлари билан банд, боласи эса унинг эътиборини тортиш учун шўхлик қилмоқда. Бу ҳолда она ўзини қандай тутиши керак?

✅Ечим:

1. Она тезда эътиборини фарзандига қаратиб, қилмоқчи бўлган ишининг оқибатидан огоҳлантиради ва қўлларидан тутади.

2. Она боласининг қилаётган ишидан нима учун уни хафа бўлишини тушунтиради. Муҳими,  боласига у жалб қилишни истаган эътиборни беради.

3. Бола ўзи режалаштирган шўхлигидан воз кечиб, тезда бошқа нарсага чалғиб кетиши қийинлигини эсда тутиш лозим. Бу арзимас нарса туфайли тақиқлар қўйиб ташлаш шарт эмаслигини она тушунади, шунинг учун ҳам ҳаммасини ҳазилга буриб юборади.

4. Она боласини бир оз қувлайди, қитиқлайди ва кулдиради – натижада бола ўзига керакли бўлган барча  эътиборни олади. Эҳтимол шундан кейин у онасига хотиржам ишларини якунлаб  олишга имкон берар ва ўзи билан ўзи овора бўлар. Кейинги сафар, бола шўхлик қилишга  шайланганида она боласига шунчаки эътибор этишмаётганлигини фаҳмлайди ва чорасини кўради.

Address

Tashkent

Website

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Pediatr Maftuna Hamidullayevna posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Share

Category