Logo Academy

Logo Academy Contact information, map and directions, contact form, opening hours, services, ratings, photos, videos and announcements from Logo Academy, Speech Pathologist, Yunusobod, Tashkent.

Duduqlanish turlari❗️ Duduqlanish, tutilib gapirish — ko'pincha nutqning boshida (kam hollarda, o'rtasida) paydo bo'ladi...
19/01/2024

Duduqlanish turlari

❗️ Duduqlanish, tutilib gapirish — ko'pincha nutqning boshida (kam hollarda, o'rtasida) paydo bo'ladigan artikulyatsion va hiqildoq mushaklarining spazmatik (toritishishli) harakatlaridir, natijada bemor bir tovushda (yoki tovushlar guruhida) tutilib qolishga majbur bo'ladi va so'zlarni talaffuz qilishda qiyinchilikka duch keladi 👫

➡️ Duduqlanish davom etish holatiga ko'ra: doimiy, to'lqinsimon duduqlanish va qaytalanuvchi duduqlanish turlariga ajratiladi. Doimiy duduqlanish, nutq jarayonlarida bevosita va faol ko'rinish beradi. To'lqinsimon duduqlanishda, tutilishlar goh-gohida va tebranib, ya'ni ba'zida kuchli, ba'zida esa kam kuzatiladi. Qaytalanuvchi duduqlanish, takrorlanish chastotasi bilan kechadi.

😢 Duduqlanish sabab bola so'zlashishdan qochishga majbur qiladi, natijada uning muloqot doirasi va natijada umumiy rivojlanish darajasi qisqaradi. Shubha, ehtiyotkorlik, o'zi va tengdoshlari o'rtasidagi farq mavjudligi hissi yuzaga keladi. Bola va ota-onasi, shuningdek, sinfdoshlar hamda tengdoshlari o'rtasidagi tushunmovchilik tufayli, ajralganlik va kamsitilganlik hissi paydo bo'ladi.

🏥 Agarda, sizning farzandingizda duduqlanish bilan bog'liq muammolar mavjud bo'lsa, "Nevrologoped" klinikasiga murojaat qiling va malakali shifokorlardan davo muolajalarini oling.

Unutmang, bizning maqsad — farzandlaringiz salomatligi! 👨‍👩‍👧‍👦❤️

📍 Manzil: Yunusobod tumani, 19-kv. Dehqonobod ko’chasi 5

📱Batafsil ma’lumot olish uchun:
+998331132322

14-yanvar Vatan himoyachilari kuni🇺🇿 Vatanimiz sarhadlarini qo’riqlash eng sharafli va faxrli vazifadir. O’zbekiston Res...
14/01/2024

14-yanvar Vatan himoyachilari kuni

🇺🇿 Vatanimiz sarhadlarini qo’riqlash eng sharafli va faxrli vazifadir. O’zbekiston Respublikasi milliy manfaatlarini, suvereniteti, hududiy yaxlitligini hamda aholining tinch hayotini himoya qilish uchun intilish har bir navqiron insonning muqaddas burchi desak, yanglishmaymiz.

🏥 “Nevrologoped” klinikasi Vatanimiz posponlarini 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan tabriklaydi. Vatanimiz sarhadlarini qo’riqlash, yurtimiz tinchligi va xalqimiz farovonligi yo’lida mustahkam sog’lik va metin iroda tilaymiz.

🎉 Shuningdek, klinikamizda faoliyat yuritayotgan mehnatsevar, qat’iyatli, o’z ishining ustasi bo’lgan mard va jasur xodimlarimizga mustahkam sog’lik, yuksak muvaffaqiyat va oilaviy farovonlik tilab qolamiz.

Bolalarning nutqini rivojlantiruvchi mashqlar👫 Bola tilga kirgach, uning so’z boyligi jadal o’sadi hamda ota-ona, opa-uk...
27/12/2023

Bolalarning nutqini rivojlantiruvchi mashqlar

👫 Bola tilga kirgach, uning so’z boyligi jadal o’sadi hamda ota-ona, opa-ukalari o’rtasida diologik nutq paydo bo’ladi. Nutq paydo bo’lishidagi grammatik operatsiyalar birmuncha murakkab va bola aqliy rivojlanishini ham muhim ahamiyatga ega.

🧠 Shuni ta’kidlash kerakki, barmoqlarning harakatlari mahorati yuqori darajada rivojlangan bolalarda – nutq, fikrlash, xotira, e’tibor yaxshi bo‘ladi. Barmoqlarning harakatlari erkin bo’lmaguncha bola nutqining rivojlanishiga erishib bo’lmaydi.

🧩 Plastmassadan yasalgan o’yinchoqlar, xususan legodan uy, mashinalar yasash; mozaykalardan turli shakllarni yig’ish, artikulyatsiya mashqlari: sharlarni puflab shishirish, so’zlarni dona-dona talaffuz qilishga o’rgatish kabi o’yin va mashg’ulotlar bola nutqining rivojlanishida katta o’rin egallaydi.

👩‍⚕ Shu bilan birgalikda bola nutqiy rivojlanishi va nutq nuqsonlarining yo’qolishida logopedik mashg’ulotlar va ota-ona, tarbiyachilarning kompleks yondashuvi kerak bo’ladi. Bu borada farzandingizga “Nevrologoped” jamoasi eng to’g’ri tanlov bo’ladi.

Unutmang, bizning maqsad — farzandlaringiz salomatligi! 👨‍👩‍👧‍👦❤️

📍 Manzil: Yunusobod tumani, 19-kv. Dehqonobod ko’chasi 5

📱Batafsil ma’lumot olish uchun:
+998331132322

Defektolog kim?🧑‍💼 Defektolog — bu jismoniy yoki ruhiy rivojlanishda orqada qoladigan bolalar bilan ixtisoslashgan mashg...
25/12/2023

Defektolog kim?

🧑‍💼 Defektolog — bu jismoniy yoki ruhiy rivojlanishda orqada qoladigan bolalar bilan ixtisoslashgan mashg’ulotlar olib boruvchi mutaxassis. U bolalarda kuzatilayotgan nutq kamchiliklarini bartaraf etish va aqliy rivojlantirishga yordam beradi.

👫 Mutaxassis farzandingiz bilan olib borgan mashg’ulotlar asosida farzandingizning nutqi har tomonlama rivojlantiriladi, bu esa bolani har tomonlama uyg’un rivojlanishi uchun zamin yaratadi 🎈

🧸 Defektolog mashg’ulotlar davomida bolalar bilan ishlashi jarayonida bolaning nutqidagi kamchiliklar bartaraf etiladi, mazkur nutq nuqsonlari bilan bog’liq bilish jarayonidagi ikkilamchi kamchiliklar hamda psixologik muammolar ustida ishlanadi 💯

✅ “Nevrologoped” klinikasining tajribali shifokorlari esa farzandlaringiz salomatligi va ruhiy muammolari bilan ishlashga yordam beradi.

Unutmang, bizning maqsad — farzandlaringiz salomatligi! 👨‍👩‍👧‍👦❤️

📍 Manzil: Yunusobod tumani, 19-kv. Dehqonobod ko’chasi 5

📱Batafsil ma’lumot olish uchun:
+998331132322

Bolalarda qo’l motorikasini rivojlantirish usullari👫 Bolalarda qo’l motorikasini rivojlantirish ularda yozish va hisobla...
21/12/2023

Bolalarda qo’l motorikasini rivojlantirish usullari

👫 Bolalarda qo’l motorikasini rivojlantirish ularda yozish va hisoblash ko’nikmalarini shakllantiradi. Qo’l motorikasi orqali mantiqiy tafakkuri rivojlanib, bolaning individual sifatlari barqarorlashadi. “Savatchani yasatamiz”, “Rangli tomchilar”, “Munchoqlarni teramiz”, “Qaychi bilan rangli qog’ozlarni qirqamiz”, “Shakllarni joyiga to’g’ri qo’yish”, “o’yinchoqlar yordamida uy qurish” kabi mashqlar asosidagi o’yinlar bolalarning diqqatini jamlashga, aqliy qobiliyatlarini o’stirishga yordam beradi.

🧩 Qo’l motorikasi bola uchun dunyoni, atrof-olamni anglash kaliti hisoblanib, dunyo haqidagi tasavvurlarini tizimga solishga, uning xaotik va atrof-olam to’g’risidagi bilimlarini kengayishiga sabab bo‘ladi. Bular yordamida bolada dunyoqarash rivojlanadi. U o‘zining shaxsiy tajribasi asosida atrof-olam va tabiatda yuz beradigan hodisalarni tushunadi va anglay oladi.

Unutmang, bizning maqsad — farzandlaringiz salomatligi! 👨‍👩‍👧‍👦❤️

📍 Manzil: Yunusobod tumani, 19-kv. Dehqonobod ko’chasi 5

📱Batafsil ma’lumot olish uchun:
+998331132322

Elektronikalarni bola rivojlanishiga salbiy ta’siri⚡️ Atrof-muhitdagi har bir jarayon hamda narsa-buyumlarning bola rivo...
18/12/2023

Elektronikalarni bola rivojlanishiga salbiy ta’siri

⚡️ Atrof-muhitdagi har bir jarayon hamda narsa-buyumlarning bola rivojlanishida o’rni bor va ular bevosita ta’sir o’tkazadi. O’yinlar, multfilmlar, tele-ko’rsatuvlar, o’quv qurollari, o’yinchoqlar va uy anjomlari axborot saqlovchi psixologik omillar bo’lib, bola rivojlanishida muhim ahamiyatga ega.

♻️ Hozirgi k***a shunday ta’sir etuvchi muhim omillar orasida gadjetlar va internet tarmog’ining o’rni katta. Informatsion oqimlar ta’sirida o’sayotgan bolalar taqdiri esa ota-ona va o’z ishiga mas’uliyat bilan yondashadigan ustozlarga bog’liq bo’lib qolmoqda.

👫 Elektronikalar bolalarni harakatsiz, dangasa, qaysar, urushqoq, qahri qattiq bo’lib qolishiga sabab bo’lib, atrofidagi insonlar va o’rtoqlari bilan muloqotga kirishishining qiyinlashishi kabi salbiy oqibatlarga sabab bo’lmoqda.

🌐 Globallashuv jarayonida farzandlarimiz tarbiyasiga ta’sir etuvchi informatsion oqimlardan ogoh bo’lishimiz, bolalar uchun yaratiladigan barcha mahsulotlarni psixologik ta’sir quroli sifatida ko‘rishni yoddan chiqarmasligimiz kerak. “Nevrologoped” klinikasi esa farzandingiz salomatligi va ruhiy muammolari bilan ishlashga yordam beradi.

Unutmang, bizning maqsad — farzandlaringiz salomatligi! 👨‍👩‍👧‍👦❤️

📍 Manzil: Yunusobod tumani, 19-kv. Dehqonobod ko’chasi 5

📱Batafsil ma’lumot olish uchun:
+998331132322

Nutq nuqsonlarini keltirib chiqaruvchi sabablar❗️ Homiladorlikning dastlabki uch oyda onaning virusli kasalliklar bilan ...
13/12/2023

Nutq nuqsonlarini keltirib chiqaruvchi sabablar

❗️ Homiladorlikning dastlabki uch oyda onaning virusli kasalliklar bilan qattiq shamollashi, ularni davolamasdan oyoqda o’tkazishi, o’zboshimchalik bilan turli dori-darmonlarni qabul qilishi, ota yoki onaning giyohvand moddalar, alkogol va tamaki mahsulotlarini iste’mol qilishi, bolada nutqiy nuqsonlar kelib chiqishiga sabab bo’ladi. Shuningdek, bola nutqidagi o’zgarishlarga oilaviy nosog’lom muhit va hozirgi davrda aktual bo’lgan smartfonlarning ham o’rni katta!

🏥 Sog’lom nutq — sog’lom kelajak! Sizning farzandingiz bu sizning kelajagingiz, shunday ekan kelajagingizga befarq bo’lmang! Bolalarda uchraydigan tug’ma va orttirilgan nutq nuqsonlari va kamchiliklari sabab defektolog maxsus mashg’ulotlar o’tkazadi. “Nevrologoped” klinikasining tajribali mutaxassislari esa farzandingiz bilan individual logopedik davolash mashg’ulotlarini olib boradi.

Unutmang, bizning maqsad — farzandlaringiz salomatligi! 👨‍👩‍👧‍👦❤️

📍 Manzil: Yunusobod tumani, 19-kv. Dehqonobod ko’chasi 5

📱Batafsil ma’lumot olish uchun:
+998331132322

8-dekabr — O’zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilingan kun🇺🇿 Konstitutsiya davlatning asosiy hujjati bo’lib, davlat boshq...
08/12/2023

8-dekabr — O’zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilingan kun

🇺🇿 Konstitutsiya davlatning asosiy hujjati bo’lib, davlat boshqaruvi, hukumat organlari faoliyatining tartibi va tamoyillari, davlat, jamiyat, fuqarolarning huquq hamda majburiyatlari u bilan belgilanadi.

🏥 Nevrologoped klinikasi xalqimizning orzu-istaklarini jamlanmasi, fuqarolarning huquq hamda erkinliklari kaliti O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun bilan samimiy qutlaydi.

——————-

8 декабря – день принятия Конституции Узбекистана.

🇺🇿 Конституция является основным документом государства и определяет порядок и принципы государственного управления, органов государственной власти, права и обязанности государства, общества и граждан.

🏥Клиника Nevrologoped от всей души поздравляет с днем принятия Конституции Республики Узбекистан, залога прав и свобод нашего народа.

Farzandingiz nutqidagi nuqsonlar nimadan kelib chiqadi?
02/12/2023

Farzandingiz nutqidagi nuqsonlar nimadan kelib chiqadi?

Nevropsixolog bola bilan qanday ishlaydi?
27/11/2023

Nevropsixolog bola bilan qanday ishlaydi?

Bolalarga massaj mashg’ulotlari qay darajada muhim?
23/11/2023

Bolalarga massaj mashg’ulotlari qay darajada muhim?

Nega farzandingiz Defektolog bilan ishlashi kerak.
23/11/2023

Nega farzandingiz Defektolog bilan ishlashi kerak.

Address

Yunusobod
Tashkent
10012

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Logo Academy posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Share

Share on Facebook Share on Twitter Share on LinkedIn
Share on Pinterest Share on Reddit Share via Email
Share on WhatsApp Share on Instagram Share on Telegram