25/04/2026
25 aprel Butunjahon bezgakka qarshi kurashish kuni
Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining 2007-yil may oyida boʻlib oʻtgan 60-sessiyasi qaroriga koʻra 25-aprel – Butunjahon bezgakka qarshi kurash kuni sifatida nishonlanadi. Mazkur sana bezgak kasalligini yuqtirish xavfi, bezgak boʻyicha noxush hududlarga chiqishda shaxsiy himoya choralari haqida xabardor qilish, bezgakni davolash mumkinligi va aholiga profilaktika choralarini koʻrish zarurligini tushuntirish maqsadida eʼlon qilingan.
❗️Bezgak kasalligini oldini olishda:
🔹Ekologik chora-tadbirlar:
Botqoqlik va ko'lmaklarni quritish, sug'orish ariqlari va irrigatsiya tarmoqlarini tozalash
🔹Entomologik chora-tadbirlar:
Anofeles chivini va lichinkalarini aniqlash va qirish
🔹Profilaktika chora-tadbirlari:
Bezgak xavfi yuqori bo'lgan hududlarga borishdan oldin va keyin shifokor maslahati bilan profilaktik dorilarni qabul qilish
🔹Chivinlardan himoyalanish:
Maxsus chivinga qarshi to'rlardan foydalanish, yopiq kiyim kiyish va chivinlarni haydovchi kremlardan (reppellent) foydalanish
🔹Sanitar-dezinseksion tadbirlar:
Ko‘p qavatli binolar yerto‘lalarining sanitariya-texnik holatini yaxshilash, dezinseksiya tadbirlarini o'tkazish
🔹Sanitariya-targ'ibot ishlari:
Aholini bezgak kasalligi bo'yicha sanitariya madaniyatini oshirish tadbirlari amalga oshiriladi.
Xorijiy davlatlarga sayohat va safarlar ommalashgan, aholi migratsiyasi jadallashgan hozirgi davrda bezgak kabi tropik kasalliklardan himoyalanish choralari haqida bilim va ko'nikmalarga ega bo'lish zarur.
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Sergeli tuman bo'limi