02/01/2021
Yer sharining 85-86% aholisida burun to’sig’ining turli xil darajadagi qiyshiqligi uchraydi.
Burun to’sig’ining qiyshiqligi turlari:
Fiziologik turi-o’smirlik paytida burun to’sig’I va atrofidagi to’qimalarning nomutanosib o’sishi.
Travmatik turi-travma natijasida
Kompensator turi- burun bo’shlig’idagi polip, turli o’sma kasalliklar, burunga yod jismlar kirib qolishi.
Nega 85-86% odamda uchraydi-ku lekin kimningdur hayot sifatiga ta’sir ko’rsatadi, kimlardur butun umur burun to’sig’ini qiyshiqligini bilmasdan umr o’tkazadi. Shunga ko’ra biz lor shifokorlar ikki xil diagnoz qo’yamiz:
Burun to’sig’ining qiyshiqligi nafas olish qiyinligi bilan
Burun to’sig’ining qiyshiqligi nafas olishga ta’sir etmasligi bilan
Agar lor-shifokor bemorga “Burun to’sig’ining qiyshiqligi nafas olish qiyinligi bilan” diagnozini qo’ysa, bemorda hayot sifatiga ta’sir ko’satib quyidagi asoratlarga olib kelishi mumkin:
Qaytalanuvchi sinusit(gaymorit, frontit, etmoidit,sfenoidit)
Burun qonashi kabi holatlar
Hid bilishning sustlasishi
Quloq bitishi va qaytalanuvchi quloq kasallikalari
Xurrak otish
Kislorod yetishmasligi sababli bosh og’riqlari
Yurakda muommolar
Surunkali charchash sindromi
Ish qobilyatining tushib ketishi
Operatsiya qilish kerakmi yoki yo’q???
Operatsiya zaruriyati va taktikasini bemor shikoyatlari bilan tekshiruv taxlillari( Rinomanometriya, kompyuter tomografiyasi, burun bo’shlig’I endoskopiyasi, burundagi yondosh kasalliklari aniqlanishi) jamlanib, shifokor- lor vrach tomonidan belgilaniladi. Operatsiyadan 100% yaxshi natija bormi?
Ko’p yilgi tekshiruvlar natijasi shuni ko’rsatadiki operatsiya qildirgan bemorlar 5 yil muddatdan so’ng operatsiyadan mamnun bo’lganlar aksariyatni tashkil etadi. Bu ko’rsatkich 100 foiz emasligi sababi bemorlarda boshqa burundagi yondosh kasalliklari( allergik rinit, Vazomotor rinit,Medikamentoz rinit, gastroezofagial reflyuks, arterial gipertenziya va turli gormonal o’zgarishlar) uchrashidur.