Sanepidqo‘mita Olmazor tuman bo‘limi

Sanepidqo‘mita Olmazor tuman bo‘limi Manzil: Toshkent shahar Olmazor tumani Talabalar ko‘chasi 54 uy

Somsaxona, nonvoyxona, umumiy ovqatlanish shaxobchalarida oʼrganish ishlari olib borildi🔹  Sanepidqo’mita Toshkent shaha...
26/06/2023

Somsaxona, nonvoyxona, umumiy ovqatlanish shaxobchalarida oʼrganish ishlari olib borildi

🔹 Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi Olmazor tuman bo’limi mutaxassislari tomonidan tuman hududida faoliyat olib borayotgan somsaxona, nonvoyxona, umumiy ovqatlanish shaxobchalarining umumiy sanitariya ahvoli, ta’mirlanganlik holati, ishchi xodimlarning tibbiy ko’rikdan o’tganligi yuzasidan oʼrganish ishlari olib borildi. Oʼrganish davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo’yicha kerakli tavsiyalar berildi. Tozalash ishlari o’tkazildi.

Eksport jarayonidagi muammolar o‘rganilmoqda🔹   Sanitariya epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi To...
26/06/2023

Eksport jarayonidagi muammolar o‘rganilmoqda

🔹 Sanitariya epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Toshkent shahar boshqarmasi Olmazor tuman bo’limi mutaxassislari tomonidan 2-sektor Ahmad Donish ko‘chasida joylashgan "ERMAK" korxonasida eksport salohiyatini oshirish bo‘yicha mavjud muammolar va uni yechimini aniqlash maqsadida O‘zbekiston 24 telekanali bilan hamkorlikda o‘rganish o‘tkazildi.

"Qurbon hayit" bayramini munosib tarzda kutib olish maqsadida tumanda joylashgan kushxonalarda o'rganish o'tkazilmoqda🔹 ...
26/06/2023

"Qurbon hayit" bayramini munosib tarzda kutib olish maqsadida tumanda joylashgan kushxonalarda o'rganish o'tkazilmoqda

🔹 Sanepidqo'mita Toshkеnt shahar boshqarmasi Olmazor tuman bo'limi mutaxassislari tomonidan tumanda joylashgan kushxonalarda sanitariya holati yuzasidan o'rganish o'tkazildi. O'rganish davomida kushxona xodimlari bilan zooantroponoz (kuydirgi, brusеllyoz) kasalliklari profilaktikasi bo'yicha tushuntirish ishlari olib borildi.

Somsaxona va novvoyxonalarda o’rganish ishlari olib borilmoqda🔷  Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi Olmazor tuma...
21/06/2023

Somsaxona va novvoyxonalarda o’rganish ishlari olib borilmoqda

🔷 Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi Olmazor tuman bo’limi mutaxassislari tomonidan 1-sektor Qoraqamish 2/4, 2-sektor Shimoliy Olmazor hududidagi somsaxona va novvoyxonalarda sanitariya qoidalariga rioya qilinishi, tozalash ishlarini sifatli olib borilganligi, xodimlarni tibbiy ko’rikdan o’tganligi yuzasidan o’rganish ishlari olib borilmoqda.

🔷 Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo’yicha tegishli ko’rsatma va tavsiyalar berilib, sanitariya talablari doirasida tushuntirish ishlari olib borildi.

172-sonli DMTT da rejali sanitariya nazorati o’tkazildi🔹  Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Olmazor tuman bo’li...
21/06/2023

172-sonli DMTT da rejali sanitariya nazorati o’tkazildi

🔹 Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Olmazor tuman bo’limi mutaxassislari tomonidan 4-sektor 172-DMTT da amaldagi sanitariya qoida va me’yorlari talablarining bajarilishi, xodimlarni tibbiy ko‘rikdan o‘z vaqtida o‘tganligi, tibbiyot xonasining zarur dori vositalari bilan ta’minlanganligi, jihozlanganlik holati, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlarni o’rganish maqsadida hamda parazitar kasalliklarni oldini olish bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan rejali sanitariya nazorati o‘tkazildi.

🔹 Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo’yicha tavsiyalar berildi. Berilgan tavsiyalarni bajarilishi nazoratga olindi, ma’lum muddat belgilandi.

🔹 Shuningdek, MTT hududida fizik va kimyoviy omillar bo’yicha laborator tahlillar o’tkazildi.

Bolalar o‘rtasida parazitar kasalliklar tarqalishining oldini olish🔹  Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Olmazor...
21/06/2023

Bolalar o‘rtasida parazitar kasalliklar tarqalishining oldini olish

🔹 Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Olmazor tuman bo’limi mutaxassislari tomonidan 1-sektor 464-DMTT tarbiyalanuvchilaridan bolalar o‘rtasida parazitar kasalliklar tarqalishining oldini olish maqsadida laboratoriya tahlillari uchun qirindi usulda namunalar olindi.

Taraqqiyot MFY da sanitariya targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi🔹  Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Olmazor tuman bo’...
21/06/2023

Taraqqiyot MFY da sanitariya targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

🔹 Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Olmazor tuman bo’limi mutaxassislari tomonidan 2-sektor Taraqqiyot MFY da sog‘lom ovqatlanish tamoyillari, jismoniy faollik asoslari, shaxsiy gigiyenaning ahamiyati, zararli odatlarga berilmaslik, yuqumli kasalliklar va ovqatdan zaharlanish holatlarining oldini olish, sifatli oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

20/06/2023
Mahallalarda sanitariya targ’ibot ishlari olib borilib, eslatmalar tarqatilmoqda🔷  Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqa...
20/06/2023

Mahallalarda sanitariya targ’ibot ishlari olib borilib, eslatmalar tarqatilmoqda

🔷 Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi Olmazor tuman bo’limi mutaxassislari tomonidan 4-sektor Achaobod MFY da sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, turli yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini olish hamda aholi o’rtasida tibbiy madaniyatni rivojlantirish maqsadida targ’ibot ishlari olib borilib, eslatmalar tarqatilmoqda.

Kasallik o’chog’ida epidemiologik surishtiruv o’tkazildi🔹  Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Olmazor tuman bo’l...
20/06/2023

Kasallik o’chog’ida epidemiologik surishtiruv o’tkazildi

🔹 Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Olmazor tuman bo’limi mutaxassislari tomonidan 3-sektor Guzarboshi MFY Omonat ko’chasi o’tkir yuqumli ichak kasalligi o’chog’ida epidеmiologik surishtiruv ishlari olib borilib muloqotda bo’lgan xonadon egalari bilan yuqumli kasalliklarni oldini olish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi. Ichimlik suvidan laboratoriya tahlillariga namuna olindi.

Somsaxona va novvoyxonalarda o’rganish ishlari olib borilmoqda🔷  Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi Olmazor tuma...
20/06/2023

Somsaxona va novvoyxonalarda o’rganish ishlari olib borilmoqda

🔷 Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi Olmazor tuman bo’limi mutaxassislari tomonidan tuman hududidagi somsaxona va novvoyxonalarda sanitariya qoidalariga rioya qilinishi, tozalash ishlarini sifatli olib borilganligi, xodimlarni tibbiy ko’rikdan o’tganligi yuzasidan o’rganish ishlari olib borilmoqda.

🔷 Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo’yicha tegishli ko’rsatma va tavsiyalar berilib, sanitariya talablari doirasida tushuntirish ishlari olib borildi. Tozalash ishlari tashkil etildi.

Basseyn va ichimlik suv namunalarida fizik va kimyoviy tahlillar o’tkazilmoqda🔷  Biz ichish va foydalanish uchun foydala...
20/06/2023

Basseyn va ichimlik suv namunalarida fizik va kimyoviy tahlillar o’tkazilmoqda

🔷 Biz ichish va foydalanish uchun foydalanadigan suv muayyan standartlarga muvofiq tekshirilishi va tasdiqlanishi kerak. Suvning tozaligini va foydalanish yoki ichishga yaroqliligini aniqlash uchun u turli sinovlar, tahlillar va nazoratlardan o’tishi kerak.

🔷 Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi Olmazor tuman bo’limi mutaxassislari tomonidan basseyn hamda ichimlik suvi namunalarida fizik va kimyoviy tahlillar o’tkazilmoqda.

Address

Olmazor Tumani Talabalar Ko‘chasi 54 Uy
Tashkent
100095

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Sanepidqo‘mita Olmazor tuman bo‘limi posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Share

Share on Facebook Share on Twitter Share on LinkedIn
Share on Pinterest Share on Reddit Share via Email
Share on WhatsApp Share on Instagram Share on Telegram

Category