Medicover

Medicover ООО «Medicover» является официальным дистрибьютором Компании "Medtronic" в Узбекистане

05/05/2026

🔥 Murakkab koronar amaliyotlar

🫀 Yurakning koronar arteriyalaridagi ko‘p tomirli zararlanishlar va surunkali to‘liq okklyuziyalar (CTO) bor bemorlarda endovaskulyar usulda stentlash amaliyotlari muvaffaqiyatli bajarildi.

⚡️Amaliyotlar Avstraliyadan🇦🇺 tashrif buyurgan xalqaro ekspert, interventsion kardiolog, The Prince Charles Hospital yurak kateterizatsiyasi bo‘limi direktori Rustem Dautov va Rossiyalik ekspert Anatolii Larionov hamda interventsion kardiolog Muzaffar Jo‘raliyev boshchiligidagi jamoa tomonidan amalga oshirildi.

🤝 Bu nafaqat amaliy muvaffaqiyat, balki tajriba almashinuvi va bilimlar integratsiyasining yorqin namunasi bo‘ldi.

30/04/2026

🔥 Murakkab koronar amaliyotlar

🫀 Respublika Shoshilinch Tibbiy Yordam Ilmiy Markazida yurakning koronar arteriyalaridagi ko‘p tomirli zararlanishlar va surunkali to‘liq okklyuziyalar (CTO)da endovaskulyar usulda stentlash amaliyotilari muvaffaqiyatli bajarildi.

⚡️Amaliyotlar Avstraliyadan🇦🇺 tashrif buyurgan xalqaro ekspert, interventsion kardiolog, The Prince Charles Hospital yurak kateterizatsiyasi bo‘limi direktori Rustem Dautov hamda T.F.N. Tursunov Sardor Baxtinurovich, PhD Alimxanov Bexzod Shuxratovich tomonidan muvaffaqiyatli amalga oshirildi.

27/04/2026

🧠 Murakkab neyrovaskulyar amaliyot — muvaffaqiyatli yakunlandi!

📍Ilk bor «Sinomed MD» klinikasida Endovaskulyar.uz jamoasi hamda Qozog‘istonlik oliy toifali neyrojarroh Berdixodjayev Minjilqi Saylauovich bilan hamkorlikda murakkab neyrovaskulyar jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli amalga oshirildi.

✅ Ayol bemorda Medtronic kompaniyasining Pipeline Shield oqimni yo‘naltiruvchi stenti yordamida bosh miya anevrizmasini endovaskulyar yo‘l bilan embolizatsiya qilish amaliyoti muvaffaqiyatli bajarildi.

☝🏼 Pipeline Shield — bu bosh miya anevrizmalarini davolashda zamonaviy yondashuv bo‘lib, u qon oqimini anevrizma bo‘shlig‘idan normal qon tomir yo‘liga yo‘naltiradi. Bu esa anevrizma ichidagi bosimni kamaytirib, uning tabiiy tarzda yopilishiga imkon yaratadi.



🧠 Сложная нейроваскулярная операция — успешно завершена!

📍Впервые в клинике «Sinomed MD» команда Endovaskulyar.uz в сотрудничестве с нейрохирургом высшей категории из Казахстана — Бердиходжаевым Мынжылкы Сайлауовичем — успешно провела сложное нейроваскулярное вмешательство.

✅ У пациентки успешно выполнена эндоваскулярная эмболизация аневризмы головного мозга с использованием потокоперенаправляющего стента Pipeline Shield компании Medtronic.

☝🏼 Pipeline Shield — это современный метод лечения аневризм головного мозга. Он перенаправляет кровоток из аневризмы в нормальное сосудистое русло, снижая давление внутри неё и способствуя её естественному закрытию.

20/04/2026

⚡️Stent-graft implantatsiyasi (EVAR) — bu kichik yo'l orqali, katta kesma va umumiy narkozsiz qorin aortasidagi anevrizmani tez va samarali yopishga imkon beruvchi jarrohlik amaliyotidir.

🗣 Videoda qorin aortasida katta anevrizma aniqlangan navbatdagi bemor operatsiya qilingan. Anevrizma har qanday vaqtda yorilib ketishi mumkin edi. Shu sababli Medtronic kompaniyasining protezi yordamida miniinvaziv endoprotezlash amaliyotini o‘tkazishga qaror qilindi.

🤝 Jarrohlar jamoasi t.f.n., endovaskulyar jarroh A. A. Xilchuk boshchiligida qorin aortasiga Endurant II stent-graftini muvaffaqiyatli implantatsiya qildi. Amaliyot umumiy narkozsiz, mahalliy anesteziya ostida bajarildi.

———————

🇷🇺 Имплантация стент-графта (EVAR) - это минитравматичная операция, позволяющая быстро и без большого разреза и общего наркоза ЗАКРЫТЬ аневризму брюшной аорты.

🗣На видео прооперирована очередная пациентка с крупной и сложной АНЕВРИЗМОЙ в брюшной аорте. Аневризма могла разорваться в любую минуту! Было принято решение о выполнении миниинвазивного эндопротезирования с имплантацией протеза от Medtronic.

🤝 Команда хирургов .intervention во главе с к.м.н. эндоваскулярным хирургов Хильчуком А. А. .khilchuk имплантировали стент-графт в брюшную аорту, предварительно модифицировав под размеры аорты. Всё прошло без общего наркоза, под местной анестезией.

Подобные операции доступны в Ташкенте и Узбекистане и выполняются опытными хирургами из Узбекистана и зарубежья.

15/04/2026

⚡️ Qorin aortasini endovaskulyar protezlash amaliyoti (EVAR)

📍 Ezgu Niyat klinikasi

Minimal invaziv, katta kesmalarsiz, umumiy narkozsiz!

🩺 Stent-graft implantatsiyasi (EVAR) — qorin aortasidagi xavfli anevrizmalarni yopishda zamonaviy va xavfsiz yechim hisoblanadi. Ushbu usul orqali bemor tezroq sog‘ayadi va asoratlar xavfi kamayadi.

✅ Ushbu jarrohlik amaliyoti Rossiyalik mutaxassis Xafizov Timur va endovaskulyar jarroh Muzaffar Jo’raliyev boshchiligidagi jamoa tomonidan muvaffaqiyatli bajarildi.

02/04/2026

🔥 Uyqu arteriyalarini stentlash amaliyoti!

📌 Bemor: 58 yoshda

🩺 Ultratovush diagnostikasi: Chap uyqu arteriyasida 85-90% darajadagi stenoz aniqlandi, emboliya xavfi juda yuqori. Qon oqimi tezligi: 240 mm/s

📍 American Hospital

✅ Amaliyot: Унг uyqu arteriyasida Medtronic kompaniyasida (AQSH) ishlab chiqarilgan Protege RX karotid stenti (8х6–40 mm) va SpiderFX embolik himoya savatchasi (6 mm) yordamida stentlash amaliyoti muvaffaqiyatli bajarildi.

👍 Amaliyot interventsion kardiolog Shahzod Eshmurodov tomonidan bajarildi.

30/03/2026

🧠 Namanganda murakkab neyrovaskulyar jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli bajarildi!

🫀 Namangan shahri, Angiomed xususiy klinikasida neyrointerventsion jarroh Shavkat Rasulov hamda interventsion kardiolog Baxtiyor Kamoliddinov birgalikda murakkab neyrovaskulyar jarrohlik amaliyotini muvaffaqiyatli bajarishdi.

✅ Bemor bosh miyasida aniqlangan anevrizma endovaskulyar usulda mikrospirallar yordamida embolizatsiya qilindi.

27/03/2026

🫀 Endi bemor KAORKTATSIYAdan azob chekmaydi!

📍 Toshkent tibbiyot akademiyasida interventsion kardiolog Saburjon Rahmonov hamda Rossiya Tibbiyot akademiyasi oliy kasbiy ta'lim davlat ta'lim muassasasining rentgen-endovaskulyar diagnostika va davolash kafedrasi professori, Akademik B.V. Petrovskiy nomidagi Federal ilmiy muassasasining bosh ilmiy xodimi Polyakov Roman Sergeyevich hamkorligida bemorda aorta tomiriga stent-graft o‘rnatish amaliyoti muvaffaqiyatli amalga oshirildi.

Amaliyot davomida yurakdan chiqadigan asosiy tomir aortadagi torayish (kaorktatsiya)ni bartaraf etish maqsadida bemorning aortasiga maxsus aorta stent-grafti o‘rnatildi. Ushbu texnologiya tomir devoridagi xavfli torayish va zararlanishlarni ichki tomondan mustahkamlash hamda kengaytirish imkonini beradi.

⚡️ Amaliyot umumiy narkozsiz, katta kesmalarsiz va mini-invaziv endovaskulyar usulda bajarildi. Bu esa bemorning tezroq tiklanishi va asoratlar xavfini kamaytirishga xizmat qiladi.

24/03/2026

🔥 AutoLog IQ — bu autotransfuzion tizim (cell saver). Ya’ni jarrohlik paytida bemordan chiqqan qonni yig‘ib, tozalab, qayta bemorning o‘ziga quyish uchun ishlatiladi.

Nafaqat kardiojarrohlik, balki akusherlik va ginekologiya jarrohligida ham ayrim operatsiyalar (masalan, kesarcha kesish, katta ginekologik operatsiyalar) davomida katta hajmda qon yo‘qotilishi mumkin. AutoLog IQ autotransfuziya tizimi operatsiya vaqtida yo‘qotilgan qonni yig‘ib, uni tozalab va qayta bemorning o‘ziga qaytarishga yordam beradi.

⚡️Bu esa quyidagi afzalliklarni beradi:

• donor qoniga ehtiyojni kamaytiradi
• qon yo‘qotish oqibatlarini kamaytiradi
• operatsiya xavfsizligini oshiradi
• shoshilinch vaziyatlarda hayotni saqlab qolishga yordam beradi

👍🏻 Bugungi k***a zamonaviy tibbiyot markazlarida qon menejmenti texnologiyalari muhim standartga aylanmoqda.

✅ Shu sabab har bir akusherlik va ginekologiya markazida bunday autotransfuziya tizimining mavjudligi — bemor xavfsizligi va yuqori sifatli tibbiy yordam uchun muhim omil hisoblanadi.

18/03/2026

🧠 O‘tkir insultni davolash va reperfuziya terapiyasi bo‘yicha qaror qabul qilish yuzasidan amaliy trening

📅 2026 yil 20-21 fevral
📍Samarqand

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 20 yanvardagi 20-sonli “O‘tkir yurak-qon tomir va serebrovaskulyar kasalliklarning oldini olish chora-tadbirlarini takomillashtirish” to‘g‘risidagi qarori ijrosi doirasida, xalqaro “Angels Initiative” tashabbusi bilan hamkorlikda insult markazlari mutaxassislari va tez tibbiy yordam xizmati xodimlari uchun amaliy trening o‘tkazildi. Trening davomida quyidagi yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratildi:

🚑 insultni erta aniqlash
⏱️ davolashni boshlash vaqtini qisqartirish
🏥 bemorlarni to‘g‘ri yo‘naltirish
🧠 reperfuziya terapiyasi bo‘yicha qaror qabul qilish
🤝 bosqichlararo samarali hamkorlik

Statsionar va tez tibbiy yordam xizmatining uyg‘un ishlashi insultdan o‘lim va nogironlikni kamaytirishning asosiy omilidir. Mazkur trening mamlakatimizda zamonaviy va samarali insult tizimini shakllantirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.

⚡️Xalqaro tajriba – mahalliy jarrohlik rivojiga xizmat qiladi.📅 Turkiyaning Istanbul🇹🇷 shahridagi Koç University Hospita...
12/03/2026

⚡️Xalqaro tajriba – mahalliy jarrohlik rivojiga xizmat qiladi.

📅 Turkiyaning Istanbul🇹🇷 shahridagi Koç University Hospital klinikasida "Colorectal Surgery Masterclass" (Kolorektal jarrohlik bo'ycha master klass) bo‘lib o‘tdi.

👨🏻‍⚕️Mazkur treningda O‘zbekistondan Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi jarrohi, t.f.d. Adilhodjaev Askar Anvarovich ham ishtirok etdilar.

Ushbu ikki kunlik intensiv trening zamonaviy kolorektal jarrohlik texnikalarini chuqur o‘rganish, nazariy bilimlarni mustahkamlash hamda amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirishga qaratildi. Dastur doirasida laparoskopik o‘ng va chap gemikolektomiya, To‘g‘ri ichak mezorektumini to‘liq eksiziyasi (TME) tamoyillari, anastomoz texnikalari, operatsiya vaqtida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan murakkab vaziyatlarni boshqarish kabi muhim mavzular ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, trening davomida xalqaro mutaxassislar rahbarligida kadavr laboratoriyasida amaliy "hands-on" mashg‘ulotlar tashkil etildi. Bu esa ishtirokchilarga zamonaviy jarrohlik usullarini xavfsiz muhitda amaliyotda sinab ko‘rish imkonini berdi.

😊 Tibbiyot rivoji yo‘lida xorijiy hamkasblar bilan tajriba almashish va hamkorlik uchun uchun Askar Anvarovichga minnatdorchilik bildiramiz.

Address

Улица 1-проезд Олмачи, д. 27
Tashkent
100060

Opening Hours

Monday 09:00 - 18:00
Tuesday 09:00 - 18:00
Wednesday 09:00 - 18:00
Thursday 09:00 - 18:00
Friday 09:00 - 18:00

Telephone

+998951466867

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Medicover posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The Practice

Send a message to Medicover:

Share