Kardiologiya Markazi

Kardiologiya Markazi Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi

17/11/2025

Плохой холестерин — скрытая угроза для сосудов!
Сегодняшнее видео посвящено одной из актуальных проблем современной медицины — содержанию липопротеинов низкой плотности (ЛПНП) в крови, которые принято называть «плохим» холестерином.
Почему ЛПНП так опасны?
Именно этот тип холестерина способствует патологическим изменениям в стенках сосудов, что приводит к развитию атеросклероза и сердечно-сосудистых заболеваний.
Нормы ЛПНП:
Для здорового человека: ниже 3 ммоль/л (или ниже 100 мг/дл)
Для пациентов с сердечно-сосудистыми заболеваниями: ниже 1,4 ммоль/л (или ниже 55 мг/дл)
Даже если показатель в норме, важно регулярно контролировать уровень холестерина, особенно при наличии факторов риска. Лечение препаратами, влияющими на липидный обмен, должно быть пожизненным, а лабораторная оценка — не реже двух раз в год.
Как снизить ЛПНП?
Изменение образа жизни и физическая активность важны, но часто недостаточны. Основные препараты — статины, при необходимости
— комбинированная терапия с эзетимибом или современными ингибиторами PCSK9. Берегите своё сердце — контролируйте холестерин и следуйте рекомендациям врача!

#Атеросклероз #Холестерин #ЗдоровьеСердца #Профилактика #Кардиология

UZ/11553851/INC/DIG/11.25/0

Источники:
Всемирная организация здравоохранения (ВОЗ)
https://www.who.int/news-room/fact-sheets/detail/cardiovascular-diseases-(cvds)
Европейское кардиологическое общество (ESC) Guidelines on cardiovascular disease prevention in clinical practice, 2021 CDC - Centers for Disease Control and Prevention.
https://www.cdc.gov/heartdisease/prevention.htm

“Shuhrat” medali muborak bo’lsin!Mamlakatimizda sog‘liqni saqlash tizimi va farmatsevtika sohasini rivojlantirish, tibbi...
11/11/2025

“Shuhrat” medali muborak bo’lsin!

Mamlakatimizda sog‘liqni saqlash tizimi va farmatsevtika sohasini rivojlantirish, tibbiy xizmatlar sifatini oshirish hamda sohani tubdan isloh etishga qaratilgan davlat dasturlarini samarali amalga oshirish yo‘lidagi ko‘p yillik fidokorona mehnati uchun, shuningdek, o‘zining chuqur bilim va tajribasi, professional mahorati bilan diagnostika va davolash amaliyotida zamonaviy, yuqori texnologik usullarni keng joriy etgani, aholi salomatligini ishonchli muhofaza qilish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish hamda yuqori malakali kadrlar tayyorlashdagi faol ishtiroki uchun

Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining reanimatsiya va intensiv terapiya bo‘limi mudiri
Esonov Aziz Raximberdiyevich

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga muvofiq “Shuhrat” medali bilan mukofotlandi.

Bu yuksak e’tirof bilan chin dildan tabriklaymiz!

Sizga mustahkam sog‘lik, yangi zafarlar va kasbiy faoliyatingizda yanada ulkan yutuqlar tilaymiz!

09/11/2025

"Tibbiyot xodimlari kuni" muborak bo'lsin, aziz hamkasblar!

08/11/2025

“Tibbiyot xodimlari kuni” munosabati bilan Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida t...
08/11/2025

“Tibbiyot xodimlari kuni” munosabati bilan Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi

Tadbirni markaz direktori, tibbiyot fanlari doktori Xurshid Fozilov ochib berdi. U o‘z tabrik so‘zida yurtimiz sog‘liqni saqlash tizimi rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan fidoyi shifokor va hamshiralarni bayram bilan samimiy muborakbod etdi.

Shuningdek, Prezidentimiz tomonidan keyingi yillarda tibbiyot sohasiga qaratilayotgan e’tibor va yaratilgan sharoitlar tufayli sohada erishilayotgan natijalarni alohida ta’kidlab, tibbiyot xodimlariga mas’uliyatli va sharafli faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tiladi.

Ko‘tarinki ruhda o‘tgan tadbirda sohaga qo‘shgan xizmatlari va fidokorona mehnatlari uchun bir qator xodimlar mukofotlar bilan taqdirlandi. Jumladan, qabul-diagnostika bo‘limi shifokori Normamad Tursunqulov hamda funksional diagnostika bo‘limi shifokori Shuxratjon Doniyorovlarga “O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash a’lochisi” ko‘krak nishoni tantanali ravishda topshirildi.

Tadbir so‘nggida xushovoz xonandalar tomonidan kuy qo‘shiqlar yangradi.

06/11/2025

Ko‘p yillik tajriba, ilg‘or tibbiy texnologiyalar va yuqori malakali mutaxassislar jamoasi

04/11/2025

Yurakni asrovchi zamonaviy usul: bemorga muvaffaqiyatli stent o‘rnatildi

So‘nggi yillarda mamlakatimizda yurak-qon tomir kasalliklarini aniqlash va davolashda ilg‘or texnologiyalar joriy etilmoqda. Bemorlar uchun sifatli va xavfsiz xizmat ko‘rsatish imkoniyatlari sezilarli darajada kengaydi.

Bu borada Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi mamlakatimizdagi yetakchi tibbiyot maskanlaridan hisoblanadi.

Ayni paytda markazda koronar arteriyalar torayishi, yurak klapanlari muammolari, yurak yetishmovchiligi va aritmiyalar kabi kasalliklar bo‘yicha zamonaviy kam invaziv jarrohlik usullari orqali samarali davolanmoqda. Bunday amaliyotning afzalligi shundaki bemorlar tezroq sog‘ayadi va k***alik hayotga qaytadi.

Avvallari bunday jarrohlik usullari katta kesma bilan qilinar, bemorni tiklanishi uchun uzoq vaqt talab qilinardi. Bugungi k***a esa markazda kam invaziv amaliyotlar – stent o‘rnatish, angioplastika, klapanlarni almashtirish va kateter ablatsiyasi – keng qo‘llanilmoqda.

Markazga yaqinda 65 yoshli bemor murojaat qildi. Uning yurak qon tomirlarida kalsiy to‘planib, qon oqimi deyarli to‘liq yopilib qolgan. Markaz mutaxassislari tomonidan bemorga zamonaviy stent o‘rnatildi. Stent toraygan qon tomirni kengaytiradi, yurakka qon oqimini tiklaydi va yurak xuruji xavfini sezilarli darajada kamaytiradi.

Jarayon markaz direktori, tibbiyot fanlari doktori Xurshid Fozilov boshchiligida amalga oshirildi. Hozirda bemorning holati barqaror.

Yurak uchun 3 ta k***alik odat!
24/10/2025

Yurak uchun 3 ta k***alik odat!

🇺🇿 Til – har bir millatning g‘ururi, mustaqillik belgisi, kelajagi. Tilsiz hech bir millat to‘laqonli xalq bo‘la olmaydi...
21/10/2025

🇺🇿 Til – har bir millatning g‘ururi, mustaqillik belgisi, kelajagi. Tilsiz hech bir millat to‘laqonli xalq bo‘la olmaydi. Usiz Vatanning erki yo‘q. Bu yorug‘ olamda o‘zbek tili ham millatimizning faxri, dunyo tan olishiga hissa qo‘shgan ijtimoiy aloqa vositasidir.

Prezidentimiz tomonidan 21-oktabr sanasining “O‘zbek tili bayrami kuni” deb e’lon qilinishi Yangi O‘zbekistonning yangi tarixi, yangi taraqqiyot yo‘lini jahonga bor bo‘y-basti bilan baralla so‘zlamoqda.

Qadrli yurtdoshlar!

O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 36 yilligi munosabati bilan Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining ahil jamoasi Siz azizlarni samimiy muborakbod etadi!

Bayramingiz qutlug‘ bo‘lsin!

18/10/2025

O‘zbekiston va Qozog‘iston kardiologlarining amaliy muloqoti

Joriy yilning 13–17-oktyabr kunlari poytaxtimiz Toshkent shahrida O‘zbekiston–Qozog‘iston tibbiyot kunlari o‘tkazilmoqda.

Uning doirasida Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi. Tadbirda ikki mamlakatning yetakchi kardiologlari qatnashdilar.

Anjumanda yurak qon-tomir kasalliklarini erta aniqlash, zamonaviy diagnostika va davolash usullari, zamonaviy texnologiyalarga asoslangan kardioxirurgiya yo‘nalishidagi ilg‘or tajribalar haqida fikr almashildi. Shuningdek, ikki davlat mutaxassislari qo‘shma ilmiy loyihalar va o‘zaro malaka oshirish dasturlarini amalga oshirish borasida kelishuvlarga erishdilar.

Aytish kerakki, bunday hamkorlik tadbirlari nafaqat tibbiyot sohasidagi o‘zaro aloqalarni kuchaytiradi, balki qardosh xalqlar o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

🩺 ОБЪЯВЛЕНИЕРеспубликанский специализированный научно-практический медицинский центр кардиологии (РИКИАТМ) объявляет при...
13/10/2025

🩺 ОБЪЯВЛЕНИЕ

Республиканский специализированный научно-практический медицинский центр кардиологии (РИКИАТМ) объявляет приём на программы доктора философии (PhD) и доктора наук (DSc) на 2026 год.

🎓 Количество мест:
• Базовая докторантура (PhD): 14.00.06 – Кардиология — 6 мест
• Докторантура (DSc): 14.00.06 – Кардиология — 1 место

📑 Соискатели представляют следующие документы:
1. 🔹 Заявление на имя директора РИКИАТМ
2. 🔹 Биографические сведения (по форме 3.5, заверенные отделом кадров)
3. 🔹 Заверенная копия трудовой книжки
4. 🔹 Копия диплома магистра или диплома о высшем образовании (по специальности)
5. 🔹 Список опубликованных научных работ (по форме 3.4, с заверением) и их копии
(не менее 1 статьи и 2 тезисов)
6. 🔹 Копия паспорта
7. 🔹 Сертификат по языку уровня “B1” (обязательное требование)

📅 Все документы предоставляются в формате pdf через DARAJA.ILMIY.UZ с 5 октября по 5 ноября.

⚠️ Важно:
• Все документы должны быть загружены строго в установленные сроки и в правильной форме. Несоответствующие заявки рассматриваться не будут.
• Наличие языкового сертификата обязательно для поступающих в докторантуру и базовую докторантуру.
• Представленные документы рассматриваются научными или образовательными организациями и могут быть приняты либо отклонены.

Address

Toshkent Shahar Mirzo-Ulug'bek Tumani Osiyo Ko'chasi 4
Tashkent
100052

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Kardiologiya Markazi posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The Practice

Send a message to Kardiologiya Markazi:

Share

Share on Facebook Share on Twitter Share on LinkedIn
Share on Pinterest Share on Reddit Share via Email
Share on WhatsApp Share on Instagram Share on Telegram

Category