Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filiali

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filiali Contact information, map and directions, contact form, opening hours, services, ratings, photos, videos and announcements from Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filiali, Al-Khorazmiy 110, Urgench.

Axborot texnologiyalari va telekommunkatsiya sohasi uchun kadr tayyorlash va malakasini oshirish, ilmiy-innovatsion tadqiqotlar amalga oshirish va tadbiq qilish.

 ✅TATU Urganch filiali  Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti bilan hamkorlikda  Yaponiyaning Asaka sh...
28/08/2025



✅TATU Urganch filiali  Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti bilan hamkorlikda Yaponiyaning Asaka shahrida
o'tkazilayotgan “EXPO 2025” Butunjahon ko‘rgazmasida ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Oybek Allamov hamda Urganch davlat universiteti Telekommunikatsiya texnologiyalari fakulteti 4-kurs talabasi Nodirbek Boltayev ishtirok etmoqda.

🔵 Tashrifning asosiy maqsadi – ilg‘or texnologiyalarni o‘rganish, innovatsion tajribalarni tahlil qilish va ularni mamlakatimizda qo‘llash imkoniyatlarini kengaytirishdan iborat.

 Hurmatli hamkasblar, ustozlar, talabalar va barcha do‘stlar!✅O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qaroriga ...
13/08/2025



Hurmatli hamkasblar, ustozlar, talabalar va barcha do‘stlar!

✅O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qaroriga muvofiq, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filiali 2025/2026 o‘quv yilidan boshlab Urganch davlat universiteti tarkibiga qo‘shiladi.

📌 Ayni paytda bu jarayon tizimli va bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda hamda 1 sentyabrga qadar to‘liq yakunlanishi belgilangan.

Shuni alohida ta’kidlamoqchiman-ki, ushbu institutsional o‘zgarish:

filialning barcha majburiyatlari va akademik vazifalarini UrDUga uzluksiz o‘tkazishni nazarda tutadi;
talabalar va xodimlar uchun huquqiy, akademik va ijtimoiy kafolatlarni ta’minlaydi;
xalqaro hamkorlikdagi barcha yo‘nalishlar (Erasmus+, ilmiy loyihalar) uzluksiz davom etadi.

Aksincha, ushbu yangilik — joylardagi salohiyatni birlashtirish orqali Xorazm mintaqasida axborot texnologiyalari sohasidagi ta’lim va ilmiy salohiyatni yanada mustahkamlash uchun katta imkoniyatlar yaratadi, degan umiddaman.

Hamkorlarimiz, talabalarimiz va jamoamiz bilan birgalikda bu yangi bosqichni muvaffaqiyatli boshlab, rivojlantirish uchun harakatda bo‘lamiz.

Siz bilan hamkorlikda ishlaganimdan xursandman!

Hurmat bilan,
Shukurulloh Ismoilov
TATU Urganch filiali direktori

Dear colleagues, students, and friends,

✅In accordance with the relevant decision of the President of the Republic of Uzbekistan, starting from the 2025/2026 academic year, the Urgench branch of Tashkent University of Information Technologies will be integrated into Urgench State University.

📌 At present, this process is being carried out in a systematic and gradual manner and is planned to be fully completed by September 1.

I would like to emphasize that this institutional change:

Provides for the seamless transfer of all obligations and academic responsibilities of the branch to UrSU;
Ensures legal, academic, and social guarantees for students and staff;
Guarantees the uninterrupted continuation of all areas of international cooperation (Erasmus+, scientific projects).

On the contrary, I believe that this development will create great opportunities to further strengthen the educational and scientific potential in the field of information technology in the Khorezm region by consolidating local capacities.

Together with our partners, students, and team, we will work to successfully launch and develop this new stage.

I am pleased to work in cooperation with you.

Sincerely,
Shukurulloh Ismoilov
Director, Urgench Branch of Tashkent University of Information Technologies

    ✅ Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Urganch filialida “INMACOM” loyihasi doirasida sanoat muhandislari va yosh o‘qi...
08/08/2025






✅ Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Urganch filialida “INMACOM” loyihasi doirasida sanoat muhandislari va yosh o‘qituvchilar uchun tashkil etilgan Optik aloqa bo‘yicha yozgi maktab dasturi o‘z yakuniga yetdi.

➡️Dasturda faol ishtirok etgan direktor o‘rinbosarlari, fakultet dekanlari, professor-o‘qituvchilar, bo‘lim xodimlari va boshqa ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi.

        ✅ Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Urganch filialida “INMACOM” loyihasi doirasida sanoat muhandislari va yosh ...
04/08/2025



✅ Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Urganch filialida “INMACOM” loyihasi doirasida sanoat muhandislari va yosh o‘qituvchilar uchun optik aloqa bo‘yicha yozgi maktab tashkil etilmoqda!

Ushbu loyihada filial rahbariyati – direktor o‘rinbosarlari, fakultet dekanlari, professor-o‘qituvchilar, bo‘lim xodimlari va boshqa faol ishtirokchilar qatnashdi.

Dasturda quyidagi mavzular qamrab olinadi:

🟢Fotonika va optik tolali texnologiyalar;
🟢Kremniy fotonikasi va kvant aloqa tizimlari;
🟢Mahalliy sanoatdagi amaliyotlar va hamkorlik imkoniyatlari;
🟢Interaktiv ta’lim va laboratoriya mashg‘ulotlari.

🎓 Ma’ruzachilar qatorida Belgiyaning IMEC, Gent va Turin universitetlari hamda O‘zbekistonning yetakchi olimlari ishtirok etadi.

   ✅Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Urganch filialida   “Dolzarb 90 kunlik” tadbirlari doirasida mahalla yoshlari ham...
16/07/2025




✅Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Urganch filialida “Dolzarb 90 kunlik” tadbirlari doirasida mahalla yoshlari hamda talaba-yoshlar ishtirokida "Munozara" tadbiri o'tkazildi.

Mahalla bilan 90 kun davomida amalga oshirilishi lozim bo’lgan ishlar tizimli ravishda davom etadi.

  📚Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Urganch filialida   “Dolzarb 90 kunlik” tadbirlari doirasida mahalla yoshlari hamd...
10/07/2025




📚Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Urganch filialida “Dolzarb 90 kunlik” tadbirlari doirasida mahalla yoshlari hamda talaba-yoshlar ishtirokida mushoira klubi aʼzolari tomonidan " Zukko kitobxon " mashg'ulotlari tashkil etildi.

Mahalla bilan 90 kun davomida amalga oshirilishi lozim bo’lgan ishlar tizimli ravishda davom etadi.

  🔵Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Urganch filialida   “Dolzarb 90 kunlik” tadbirlar doirasida Zakovat  NNT klubi bos...
01/07/2025




🔵Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Urganch filialida “Dolzarb 90 kunlik” tadbirlar doirasida Zakovat NNT klubi boshligʻi A.Matkarimov bilan hamkorlikda mahalla yoshlari hamda talaba-yoshlar ishtirokida "Zakovat intellektual" o'yini o'tkazildi.

🔺Mahalla bilan 90 kun davomida amalga oshirilishi lozim bo’lgan ishlar tizimli ravishda davom etadi.

    🔺"Dolzarb 90 kunlik " loyiha doirasida TATU Urganch filiali o'qituvchilari F.Adamboyeva, F.Sapayeva  va R.Iskandarov...
24/06/2025




🔺"Dolzarb 90 kunlik " loyiha doirasida TATU Urganch filiali o'qituvchilari F.Adamboyeva, F.Sapayeva va R.Iskandarova tomonidan Yangiariq tumani joylashgan bir nechta maktablarda ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar, shashka shaxmat musobaqalari," Zakovat" intellektual o'yini tashkil etildi.

Bu kabi mashgʻulotlar yoshlarning bo'sh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish bilan birga ularning kasbga yoʻnaltirishga ham yordam beradi.

  ✅Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Urganch filialida   “Dolzarb 90 kunlik” tadbirlari doirasida mahalla yoshlari hamd...
24/06/2025




✅Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Urganch filialida “Dolzarb 90 kunlik” tadbirlari doirasida mahalla yoshlari hamda talaba-yoshlar ishtirokida "Animatsiya" bo'yicha dars mashgʻulotlari o'tkazildi.

Mahalla bilan 90 kun davomida amalga oshirilishi lozim bo’lgan ishlar tizimli ravishda davom etadi.

 ✅Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Farg‘ona viloyati hokimligi oliy ta’lim tashkilotlari talabalari o‘...
24/06/2025



✅Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Farg‘ona viloyati hokimligi oliy ta’lim tashkilotlari talabalari o‘rtasida “Talabalar kibersport oʻyinlari Fargʻona 2025” Respublika chempionatiga start berildi.

🔵 Chempionat “Dota2”, “CS2”, “FC25” o‘yinlari hamda “Just Dance” fijital raqs bo‘yicha 3 bosqichda tashkil etiladi.

➡️Ushbu musobaqada Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Urganch filiali jamoasi ham faol ishtirok etmoqda...

   🏛 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filialida “Dolzarb 90 kun” loyi...
20/06/2025




🏛 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filialida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida hamda filialimizning o'quv yilli yakuni munosabati bilan dam olish kunlarida talabalarning bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish maqsadida bayram tadbiri tashkil etildi.

🎉 Bayramona kayfiyat yaratish maqsadida milliy urf-odatlarimiz asosida mehmondo‘stlik muhitida milliy taomlar bilan bezatilgan dasturxon yozildi.

🤝 Tadbir davomida talabalar bir-birlari bilan samimiy suhbatlashib, bayramni ko‘tarinki ruhda nishonlashdi. Bu kabi tadbirlar yoshlarda birlik, mehr-oqibat va qadriyatlarimizga hurmat tuyg‘usini mustahkamlaydi.

✅O‘zbekistonda mehmon kelsa, pastga t**h, palov bermoq ahdga t**h, degan maqol mavjud. Palov – bu har bir O‘zbekiston aholisi pishirishni bilishi kerak bo‘lgan an’anaviy taomdir. Tabir doirasida milliy taomimiz tayyorlandi.

Address

Al-Khorazmiy 110
Urgench
220100

Opening Hours

Monday 09:00 - 17:00
Tuesday 09:00 - 17:00
Wednesday 09:00 - 17:00
Thursday 09:00 - 17:00
Friday 09:00 - 17:00
Saturday 09:00 - 12:00

Telephone

+998991812005

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filiali posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The Practice

Send a message to Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filiali:

Share

Share on Facebook Share on Twitter Share on LinkedIn
Share on Pinterest Share on Reddit Share via Email
Share on WhatsApp Share on Instagram Share on Telegram